한국   대만   중국   일본 
Krit - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Krit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Krit
Geografiya
Maydoni 8335,88 km 2
Dengiz sathidan balandligi 2456 m.
Eng baland nuqtasi Mount Ida
Ma'muriyat
Davlat Yunoniston
Mintaqa Crete Region
Demografiya
Aholisi 623 065
Qo'shimcha ma'lumot

Krit  ? O?rta dengizning sharqiy qismidagi orol, Yunoniston hududi. Maydoni 8,3 ming km². Uzunligi g?arbdan sharqqa 260 km, eni 12 km dan 55 km gacha. Shimoliy qirg?oqlari qo?ltiqlar bilan parchalangan, jan. kam parchalangan, jarli. Relyefi tog?li. Tog? massivlari (eng baland joyi 2456 m, Ida tog?i) ohaktosh va slanetslardan tuzilgan, karst hodisasi keng tarqalgan. Iqlimi O?rta dengiz iqlimi, yozi quruq. Yanv.ning o?rtacha temperaturasi 12°, iyulniki 26°. Tog?larda qor may oyigacha saqlanadi. Yiliga 600 mm dan 1600 mm gacha (sohil qismida) yog?in yog?adi, asosan, qish oylarida. O?rta dengiz butalari (frigana) o?sadi, tog? tepalari yaylov. Tokzor va zaytunzorlar bor. Donli ekinlar, tamaki ekiladi. Aholi qo?ychilik, baliq ovlash bilan ham shug?ullanadi. Samariya milliy bog?i tashqil etilgan (tog? flora va fauvasi muhofaza qilinadi). Antik davr va o?rta asrlarda qurilgan ko?plab me?moriy yodgorliklar (qal?a, cherkovlar) saqlangan. Asosiy portlari: Iraqlion , Xanya .

Krit ? Yevropa madaniyatining eng qadimgi o?choqlaridan. Orolda miloddan avvalgi 3-ming yillikda ilk quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Miloddan avvalgi XX-XV asrlarda bu davlatlar juda rivojlangan. Miloddan avvalgi I asrda Krit Yunonistoning siyosiy va madaniy hayotida muhim o?rin tutgan. Miloddan avvalgi 67-yilda orolni rimliklar egallagan. Rim imperiyasi parchalanib ketgandan so?ng (395-yil) Krit Sharqiy Rim imperiyasi, 823?961- yillarda arablar qo?l ostida bo?ldi, 961 ? 1204-yillarda Vizantiya tarkibiga kirdi. 1669-yil dan Usmonli turk saltanati tasarrufida. Bolqon urushlarishn so?ng Yunoniston ? Turkiya shartnomasi bilan tasdiklangan 1913-yildagi London sulh shartnomasiga asosan, Krit Yunonistonga o?tdi [1] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent , 2000-yil