Konfutsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konfutsiy
Tavalludi mil. avv. 551
Vafoti mil. avv. 479 [1]
Fuqaroligi Lu
Otasi Shu-liang He
Onasi Yan Zhengzai

Konfutsiy ( xitoycha 孔子, Mil. av. 551 ? 479-yil ) ? Xitoy faylasufi , konfutsiychilik asoschisi va siyosiy arbob bo?lgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy , Koreya , Yaponiya va Vetnam xalqlarining o?y-fikri va hayotiga chuqur ta?sir ko?rsatgan.

Tarjimai holi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Konfutsiy miloddan avvalgi 551-yil 28-sentyabrda kambag?allashib qolgan zodagon va harbiylar oilasida tavallud topgan [2] [3] [4] . Konfutsiy zodagon Kun oilasining avlodidan edi. Uning nasl-nasabi Chjou sulolasi imperatori Chen-vanning sodiq izdoshi Vey-Tszuga borib taqaladi, unga sodiqligi va jasorati uchun Chjou Xou unvoni va Song merosi (shohligi) berilgan. Biroq avlodlar o?tishi bilan Konfutsiylar oilasi o?zining avvalgi ta?sirini yo?qotib, qashshoqlashdi. Uning ajdodlaridan biri Mu Jingfu ismli bir ona o?z knyazligidan begona yurtga qochib, Lu qirolligida yashab qolishga majbur bo?ldi [5] . Kichkina oila qashshoqlikda yashagani uchun Konfutsiy bolaligidanoq qattiq mehnat qildi. Biroq, uning onasi Yan Zhengzai ajdodlariga ibodat qilib (bu Xitoyda hamma joyda mavjud bo?lgan ajdodlar urf-odatlarga ega bo?lgan diniy tizimining zaruriy qismi edi) o?g?liga otasi va ajdodlarining buyuk ishlari haqida gapirib berardi. Shunday qilib, Konfutsiy o?z ajdodiga munosib avlod bo?lishi zarurligini yanada chuqurroq anglab yetdi, shuning uchun u o?zini o?zi tarbiyalashga, birinchi navbatda, o?sha davrda Xitoydagi har bir aristokratga zarur bo?lgan san?atni o?rganishga kirishdi. Kuchli mashg?ulotlar o?z samarasini berdi va Konfutsiy dastlab Lu qirolligining Ji urug?iga ( Sharqiy Xitoy , zamonaviy Shandun viloyati ) ombor mudiri (don qabul qilish va berish uchun mas’ul mansabdor shaxs), so?ngra chorvachilikka mas’ul amaldor etib tayinlandi [6] .

22 yoshida ta?lim berish bilan shug?ullanib, Xitoyning eng mashhur o?qituvchisi sifatida shuhrat qozondi. Konfutsiy o?zi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq , til , siyosat va adabiyot o?qitilgan. Konfutsiy 50 yoshida siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldori bo?lib xizmat qiladi. Fitnalar natijasida xizmat faoliyatidan ketadi, 13 yil mobaynida Xitoyning turli o?lkalariga boradi, biroq u joylarda o?z g?oyalarini qo?llay olmagach, miloddan avvalgi 484-yilda Luga qaytib keladi. Ta?lim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari ? ?Shudzin“ , ?Shidzin“ , ?Idzin“ , ?Yuedzin“ va ?Lidzi“larni to?plash, tahrir qilish, tarqatish bilan shug?ullanadi. Konfutsiy ta?limoti uning ?Lun yuy“ (?Suhbatlar va mulohazalar“) kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari, suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan. Konfutsiy o?zi, avlodlari va yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan qabristonga dafn etilgan. Uning uyi Konfutsiy ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh bo?lib qolgan [7] .

Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan o?rnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi o?rnigagina qiyoslash mumkin. Uning butun dunyoda mashhur bo?lgan nomi ?kun“ va ?futszi“ so?zlari asosida yasalgan ?Kun“ hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so?z bo?lsa, ?fu“ faylasuf , ?szi“ o?qituvchi ma?nolarini ifodalovchi so?zlardir. Ya?ni Konfutsiy ?falsafa o?qituvchisi“ degan so?zlarning familiya maqomini olgan shaklidir. Konfutsiy yashagan davrdan ?To?rt asos“ va ?Besh asos“ degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. ?Besh asos“ Konfutsiyga qadar yaratilgan ?Qo?shiqlar kitobi“, ?Taomillar kitobi“ (?Marosimlar kitobi“), ?Rivoyatlar kitobi“ va ?Folbinlik kitobi“ (?o?zgarishlar kitobi“) singari qismlardan iborat bo?lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta?limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta?limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. ?To?rt asos“ esa Konfutsiy ?Hikmatlar“ asaridan tashqari, ?Menzi“ (?Men-muallim“), ?Buyuk ta?limot“ va ?Oraliq haqidagi ta?limot“ singari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so?zlaridan tashkil topgan. Konfutsiy ta?limoti markazida ?Muruvvatli zot“ turadi. U hukmron tabaqaning ideal vakili bo?lib, Konfutsiy ta?limoti yordamida o?zida jamiyat farovonligini ta?minlaydigan va ma?naviy asoslarini ifodalay oladigan oliyjanob fazilatlarni o?zida shakllantirgan. Konfutsiyning ?Hikmatlar“ asari ?Muruvvatli zot“ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi. Aniqroq, bu zot oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa esa muruvvatli bo?luvchi, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an?analarning to?la-to?kis bajarilishini ta?minlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning uchun ham uning o?gitlari, pand-u nasihatlari Xitoyda hanuzga qadar e?zozlanib va qadrlanib keladi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. (unspecified title)
  2. Huang 2013 , s. 3.
  3. Creel 1949 , s. 25.
  4. Rainey 2010 , s. 16.
  5. Переломов Л.С. Конфуций 1993 .
  6. Dubs 1946 , s. 275?276.
  7. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]