한국   대만   중국   일본 
Komorlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Komorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Komorlar Federativ Islom Respublikasi
Union des Comores
Udzima wa Komori
????? ?????
Shior Unite, Justice, Progres
(Fransuzcha: Unity, justice, progress)
Madhiya :   Udzima wa ya Masiwa
(The Union of the Great Islands)
Location of Komorlar
Poytaxt Moroni
Rasmiy til(lar) Komoro tili
Arab tili
Fransuz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
Ahmed Abdallah Sambi
Mustaqillik ( Fransiyadan )
? Sana
6-iyul 1975-yil
Maydon
? Butun
2,170 km 2 ( 178-o?rin )
? Suv (%)
<1
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
671,247 ( 163-o?rin )
Zichlik 309/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 441 million ( 207-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 657
Pul birligi Comoro Franc ( KMF )
Vaqt mintaqasi UTC +3
? Yoz ( DST )
UTC +3
Qisqartma CN
Telefon prefiksi 269
Internet domeni .km

Komorlar (Comoros Federativ Islom Respublikasi) ? Hind okeanidagi Qamar orollarida joylashgan davlat. Qamar orollari tarkibiga Ngazija (avvalgi nomi GrandKomar), Nzvani (avvalgi nomi Anjuan), Mvali (avvalgi nomi Moxeli), Maore (avvalgi nomi Mayotta) orollari va bir qancha mayda orollar kiradi. Maydoni 2,170 ming km 2 . Aholisi 821 625 kishi (2021). Ma?muriy jihatdan 4 okrugga bo?linadi. Poytaxti ? Moroni shahri.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qamar orollari ? federal respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001-yil 23-dekabrda qabul qilingan. Davlat boshlig?i ? prezident, u umumiy to?g?ri ovoz berish yo?li bilan 4 yil muddatga saylanadi, hukumatga ham boshchilik qiladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament (ittifoq assambleyasi), ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Orollar vulkanlardan hosil bo?lgan, marjon qoyalar bilan o?ralgan. Harakatdagi vulkanlar bor. Balandligi 2560 m gacha (Ngazija oroldagi Qargala vulkani, mamlakatning eng yuqori nuqtasi). Iqlimi tropik, issiqva sernam. Sohilda o?rtacha temperatura 23?28°, tog?larda 18° ga yaqin. Yillik yog?in 1100? 3000 mm. Tog? yon bag?irlarida qalin tropik o?rmonlar, tog? etaklarida savanna va butazorlar bor.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisining 95% qamarlar yoki antaloatra xalqi. Ular arablarning malagasilar va Sharqiy Afrika sohilidagi xalklar bilan chatishuvi natijasida hosil bo?lgan. Bundan tashqari, bantu tillaridan birida so?zlashuvchi makualar hamda arab, malagasi va fransuzlar ham yashaydi. Hindiston va Pokistondan borib qolganlar ham bor. Rasmiy tillar ? qamar, fransuz va arab tillari. Aholisi, asosan, qamar tilida so?zlashadi. Qamarlarning aksariyati islom dinining sunniy mazhabida. Aholining 75% ga yaqini sohil bo?yidagi tekisliklarda va tog? yon bag?irlarida istiqomat qiladi. Asosiy shaharlari ? Moroni, Mutsamudu, Fomboni.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

15?19-asrlarda orollarda musulmon sultonlari hukmronlik qilgan. Orollarga yevropaliklardan birinchi bo?lib 1598-yilda gollandlar borgan. 19-asrda Fransiya bu orollarni bosib olib, mustamlakaga aylantirgan. 1946-yil Qamar orollari Fransiyaning Madagaskar mustamlakasi tarkibidan mustaqil ma?muriy birlik sifatida ajratilgan. 1961-yilda Fransiyaning "dengiz orti \ududi"; 1968-yilda ichki o?zinio?zi boshqaruv maqomini oldi. 1975-yil 6-iyulda Qamar orollari deputatlar palatasi o?z tashabbusi bilan mamlakatni mustaqil deb e?lon qildi. 1978-yil 1-oktabrgacha mamlakat Qamar orollari Respublikasi, so?ngra Qamar orollari Federal Islom Respublikasi deb ataddi; 2002-yildan hozirgi nomda. 1999-yil 30-aprelda polkovnik Azali Assumani rahbarligidagi harbiy to?ntarish natijasida prezident Tojiddin bin Said Massunde hokimiyatdan chetlashtirildi, 1996-yilgi konstitutsiya bekor qilindi, barcha davlat muassasalari tarqatib yuborildi. Muvaqqat konstitutsiya amal qila boshladi. 1999-yil 6-mayda Azali Assumani o?zini prezident deb e?lon qildi. Qamar orollari ? 1975-yildan BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 6-iyul ? Mustaqillik e?lon qilingan kun (1975).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yangilanish va demokratik harakat partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Taraqqiyot uchun milliy birlashma partiyasi, 1996-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va taraqqiyot uchun harakat partiyasi. Qamar orollari muxtor kasaba uyushmalari ittifoqi, 1996-yil tuzilgan.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qamar orollari qoloqagrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini eksportga ixtisoslashtirilgan qishloq xo?jaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo?jaligi, o?rmon xo?jaligi va baliq ovlash ulushi 40%, sanoatniki 14%, xizmat ko?rsatish tarmog?iniki 46%. Asosiy qishloq xo?jaligi ekinlari: vanil, chinnigul, ilang-ilang (gulidan essensiya va parfyumeriya sanoati uchun moy olinadigan da; raxt), kokos palmasi, dolchin, kofe. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajo?xori, maniok, yams, batat, shakarqamish, banan yetishtiriladi. Qoramol, echki va qo?y boqiladi, baliq ovlanadi. Urmonlarda yog?och tayyorlanadi. Sanoati, asosan, qishloq xo?jaligi mahsulotini qayta ishlash, sovun, spirtsiz ichimliklar, ro?zg?or asboblari ishlab chiqaruvchi korxonalaridan iborat. Putssolan (yo?l qurish va sement ishlab chiqarish uchun kerakli xom ashyo) qazib olinadi. Yiliga 31 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (teri, yog?ochni qayta ishlash, savat to?qish) keng yoyilgan. Avtomobil yo?llari uzunligi ? 875 km (76% qattiqqoplamali). Asosiy dengiz porti ? Mutsamudu shahri Chetga vanil (eksport bo?yicha dunyoda 2-o?rinda), essensiya, chinnigul, kokos palmasi yong?og?i va mag?zi chiqaradi, chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashinauskuna oladi. Tashqi savdoda Fransiya, AQSH, Germaniya, Madagaskar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi ? qamar franki.

Maorifi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mustaqillik e?lon qilinishi arafasida (1975) 6 yoshdan 15 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun majburiy ta?lim joriy etilgan edi, ammo bu ish amalga oshmadi. Davlat maktablari bilan bir qatorda musulmon ruhoniylariga qarashli diniy maktablar ham bo?lgan. Darslar fransuz tilida, diniy maktablarda arab tilida o?tilgan. Mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin bolalar 4 yoshdan madrasaga qatnab, 2 yilda davomida Qur?onni o?rgana boshlaydilar. Boshlang?ich maktab 6 yillik, to?liqsiz o?rta maktab 4 yillik, to?liq o?rta maktab (litsey) 7 yillik. Mahalliy tilda o?qitish joriy etilgan.

An?anaviy boshlang?ich diniy maktablarda arab alifbosidan tashqari, qishloq xo?jaligi bilimlari va gigiyena o?rgatiladi. Kasbhunar ta?limi boshlang?ich maktab negizida amalga oshiriladi. Ped. bilim yurtlarida o?qituvchilar tayyorlanadi. Oliy o?quv yurtlari yo?q. Yoshlar oliy ta?limni xorijda oladilar.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mamlakatda "AlVatvon" ("Vatan") hukumat haftalik gazeta (1985-yildan), fransuz tilida haftalik "Qamar Orollari gazetasi" chiqadi. Qamar matbuot agentligi hamda 1975-yilda tashkil etilgan va hukumat tomonidan nazorat qilinadigan Qamar radiosi faoliyat yuritadi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil