Kisangani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kisangani

Kisangani (1966-yil iyulgacha Stenlivil) ? Kongo Demokratik Respublikasidagi shahar. Yuqori Kongo provinsiyasining ma?muriy markazi. Aholisi 418 ming kishidan ziyod (1990-yillar o?rtalari). Kongo daryosi bo?yidagi port. Avtomobil yo?llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim savdo-taqsimot va sanoat markazi. Kisangani mahsulotlarini dastlabki ishlash (paxta tozalash, sholi oqlash va boshqalar), oziq-ovqat, to?qimachilik, kimyo, yog?ochsozlik lak-bo?yoq korxonalari, universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1883-yilda asos solingan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil