Jibuti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jibuti Respublikasi
Shior Djibouti by Choice
Madhiya :   Djibouti
Location of Jibuti
Poytaxt Jibuti shahar
Rasmiy til(lar) Fransuz tili
Arab tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
Ismail Omar Guelleh
Dileita Mohamed Dileita
Mustaqillik ( Fransiyadan )
? Sana
27-iyun 1977
Maydon
? Butun
23,000 km 2 ( 150-o?rin )
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
476,703 ( 167-o?rin )
Zichlik 20/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 619 mil. ( 203-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 1,299
Pul birligi Djibouti Franc ( DJF )
Vaqt mintaqasi UTC +3
? Yoz ( DST )
UTC +3
Qisqartma DJ
Telefon prefiksi 253
Internet domeni .dj


Jibuti , Jibuti Respublikasi (Republigue de Djibouti) ? Afrikaning shimoli-sharqidagi davlat. Maydon 23,4 ming km 2 . Aholisi 988 ming kishi (2020). Poytaxti ? Jibuti shahri. Ma?muriy jihatdan Jibuti tumani va 4 okrugga bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

J. ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 15 sentabrda kuchga kirgan. Davlat boshlig?i ? prezident (1999-yildan Ismoil Umar Gellex). Qonun chiqaruvchi hokimiyati ? bir palatali parlament ? Millat majlisi. Ijroiya hokimiyati ? prezident va hukumat (Vazirlar kengashi).

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

J. hududi shimoli-g?arbda Adan qo?ltig?iga tutash, qirg?oqlari unchalik parchalanmagan. Birdan bir yirik qo?ltig?i ? Tajura mamlakat hududiga 58 km kirib boradi. Yer yuzasida keng tog?li joylar va lavaizlari qolgan past platolar uchrab turadi, o?chgan vulqonlarning konuslari ko?zga tashlanadi. Shimoli-sharqda Danakil tog? tizmasining etaklari (Muso Ali cho?qqisi, 2022 m ? mamlakatning eng baland nuqtasi) joylashgan; J. hududining Tajura qo?ltig?idan g?arb va janubidagi qismi Afar botig?i doirasida. Mamlakatning markaziy qismini toshloq, qumloq yoki tuproqli vodiylar egallaydi, ularning pastkam joylarida sho?r ko?l ko?p. Bu ko?llarning eng kattasi dengiz sathidan 153 m pastdagi As-sal ko?lidir. Iqlimi tropik, quruq, iqlim. Yanvarning o?rtacha temperaturasi 27°, iyulniki 35°. Yog?in juda kam yog?adi: yiliga Assal ko?li sohilida 45 mm dan Jibuti shahri atrofida 130 mm gacha. Doimiy oqadigan daryolari yo?q. O?simlik qoplami cho?l va yarim cho?lga xos o?t-o?lan va butalardan iborat. Danakil tizmasi cho?qqilarida va shamolga ro?para yon bag?irlarida qora archa, zaytun daraxtlari, mimoza va akas o?sadigan siyrak o?rmonlar, vohalarda palmalar uchraydi. Hayvonot dunyosi nochor: voxalar atrofida yirik sut emizuvchilardan oriks kiyiklari, sirtlon, chiyabo?ri, o?rmonlarda maymunlar yashaydi. Qirg?oqqa yaqin suvlarida baliq ko?p. Milliy bog?lari: Day, Maskali-Mussha.

Aholisining 90% ga yaqini kushit tillarida so?zlashuvchi xalqlardan: shimoliy va shimoli-g?arbda afarlardan, janubida va janubi-sharqda issa, ishaq va gadaburslardan iborat. Poytaxtda asosan issalar, yevropalik (fransuz, italyan, grek)lar va arablar yashaydi. Rasmiy tili ? arab va fransuz tillari. Tub joy aholining aksariyati islomning sunniy mazhabiga, yevropaliklar xristian diniga, afarlarning bir qismi mahalliy an?-anaviy dinga e?tiqod qiladi. Shahar aholisi ? 81%. Yirik shaharlari: Jibuti, Dikkil, Ali-Sabiye, Tajura, Obok.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

J. hududida saqlanib qolgan irrigatsiya inshootlarining qoldiqlariga qaraganda, aholi qadim zamonlarda dehqonchilik bilan shug?ullangan. Mil. av. 3-asrda bu yerga hind, yunon, fors savdogarlari va Janubiy Arabiston arablari kela boshlagan. 7-asr islom dini tarqalishi munosabati bilan J. arab musulmon sultonlariga qaram bo?lib qolgan. 16-asrda Somali yarim orol portugal, turk va mahalliy aholi o?rtasidagi shiddatli urushlar maydoniga aylangan paytda J. portugallar hokimiyati izmiga o?tdi. 17-asrda yana arablar xukmronligi o?rnatildi. Tub joy aholi ko?chmanchi hayot kechirgan. Boshqaruvchilar va savdo-sotiq tabaqasi arablar bo?lgan.

19-asr o?rtalarida Suvaysh kanali qurilishi munosabati bilan Yevropa davlatlari J.ni qo?lga kiritishga intildilar. 1832-yilda Fransiya J. hududining bir qismini egallab oldi. Kanal ochilgach (1869), J.ning ahamiyati yanada oshdi. 1881?85 yillarda Fransiya asta-sekin butun J.ni o?z izmiga o?tkazdi va hozirgi Jibuti sh.ni qura boshladi. 1887-yilda Fransiya mahalliy sultonlar bilan bir qancha shartnomalar tuzish orqali bu yerni o?z mustamlakasiga aylantirdi va uning boyliklarini o?zlashtirishga kirishdi, Jibuti sh.ni Qizil dengiz bo?yidagi muhim savdo portiga aylantirdi. Bu yerda yirik harbiy-dengiz bazasi barpo etildi. 1896?1946-yillarda mamlakat Fransiya Somalisi nomi bilan atalib keldi. 1946-yilda u Fransiyaning "dengiz orti hududi" deb e?lon qilindi. 1967-yilda Fransiyaning Afar va issalar hududi nomini oldi. J. aholisi mustaqillik uchun zo?r berib kurashdi. Bu kurashda aholining barcha tabaqalari birlashdi. J. ozodligi harakati deb atalgan yashirin tashkilot tuzildi. 1975-yilda issa va afar xalqlarining siyosiy tashkilotlari o?zaro ittifoq tuzib, haqiqiy mustaqillik uchun kurashni kuchaytirdilar. Nihoyat, Fransiya 1977-yilda J.ga mustaqillik berishga majbur bo?ldi va u J. Respublikasi deb ataldi. J. ? 1977-yildan BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 27 iyun ? Mustaqillik kuni (1977).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Taraqqiyot uchun xalq birligi, hukmron partiya, 1979-yilda tuzilgan; Demokratax yangilanish partiyasi, 1992-yildan oshkora faoliyat olib boradi; Birlik va demokratiyani tiklash fronti, 1991-yil asos solingan. Kasaba uyushmalari markazi ? Mehnat umumiy birlashmasi 1992-yil J. mehnatkashlari umumiy birlashmasi o?rnida tashkil etilgan.

Iqtisodi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

J. chetdan oziq-ovqat, sanoat mollari, asbob-uskuna va boshqalar oladi. Chetga go?sht, tirik qoramol, charm va xom teri chiqaradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Efiopiya, Italiya, Yaponiya, Keniya. Pul birligi ? J. franki.

Xo?jaligi va sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

BMT tasnifiga binoan J. ? iqtisodiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi milliy mahsulotda xizmat ko?rsatish tarmog?i o?rtacha 77%, sanoat va qurilish 17%, qishloq xo?jaligi 3%ni tashkil etadi.

Qishloq xo?jaligining asosiy yo?nalishi ? ko?chmanchi va yarim ko?chmanchi chorvachilikdir. Qishloq xo?jaligi ekinlari yetishtirishga yaroqli yerlar 6 mingdan ko?proq. J. har yili oziq-ovqat mahsulotlarining 90% dan ko?pini chetdan keltiradi. Baliqchilik, marvarid, korall, bulut (suv jonivori) ovlash, dengiz suvini bug?latib tuz olish rivojlangan. Asosiy qishloq xo?jaligi ekinlari ? kofe, xurmo, meva va sabzavot.

Yalpi ichki mahsulotning 2,4% ni beruvchi sanoat oziq-ovqat mahsulotlari, ko?nchilik buyumlari, qurilish ashyolari ishlab chiqaruvchi mayda korxonalardan, mexanika va tikuvchilik ustaxonalaridan iborat. Elektr stansiyalar, neft kompaniyalari, transport (qisman) va aloqa, ma?danli suv zavodi, sut zavodi va omixta yem zavodi davlatga qarashlidir. 1 yilda o?rtacha 176 mln. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Transport ? mamlakat iqtisodiyotining eng rivoj topgan tarmog?i. Yaxshi jihozlangan kema tuzatish korxonalari bo?lgan Jibuti porti Hind okeani havzasining g?arbiy qismidagi eng muhim portlardan biridir. Yiliga 2,5 mln. tonna yuk qabul qilib olinadi va jo?natiladi. Temir yo?l uzunligi ? 106 km, avtomobil yo?llari uzunligi ? 3,1 ming km, shundan 281 km qattiq qoplamali.

Madaniyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

J.da yagona pulli maorif tizimi joriy etilgan. Bu tizim boshlang?ich va to?liqsiz o?rta maktablarni, 3 litseyni o?z ichiga oladi. Oliy o?quv yurtlari yo?q. Oliy ilmiy-texnika institutida (1979-yilda tashkil etilgan) J. tabiati, tabiiy zaxiralari, arxeologiyasi va an?-anaviy madaniyatini o?rganish ishlari olib boriladi. Haftalik xukumat gaz. ? "Revey de Jibuti" ("Jibutining uyg?onishi"), "Nason de Jibuti" ("Jibuti xalqi") haftanomasi, "Jibuti ojurdyui" ("Bugungi Jibuti") oynomasi va "Karfur afriken" ("Afrika chorrahasi") katolik jurnal nashr etiladi. J. axborot agentligi 1979-yil tashkil etilgan. J. radio eshittirish va televideniyesi hukumat nazoratida; 1956-yil asos solingan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil