Islomobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islomobod ? Pokistonning poytaxti, mamlakatning shimoli-sharqida, Himolay tog?lari etagida, Potvar platosidagi vodiyda, 550 m balandlikda joylashgan. Iqlim sharoiti juda qulay, iyulda eng yuqori temperatura 39°, yanvar da eng past temperatura 3°.

Islomobod ma?muriy jihatdan markaziy hukumat tomonidan boshqariladigan federal poytaxt okrugi. Aholisi 529,2 ming kishi (1998). Transport yo?llari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Oziqovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Islomobodni qurish to?g?risidagi qaror 1959 yilda qabul qilingan. Shaharni qurish 1961 yildan, avval poytaxt bo?lib turgan Ravalpindi sh.dan 28 km narida boshlandi. Islomobod mahalliy me?moriy xu-susiyatlar bilan uyg?unlashtirilgan holda qoz. zamon Yevropa shaharlari uslubida qurilgan. Shaqar muntazam rejaga ega va zonalarga bo?lingan. I.da Atom energiyasi instituti, Islomshunoslik instituti, Milliy kutubxona bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil