Iskandariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iskandariya
31°11′51″N 29°53′33″E  /  31.19750°N 29.89250°E  / 31.19750; 29.89250  G  O Koordinatalari : 31°11′51″N 29°53′33″E  /  31.19750°N 29.89250°E  / 31.19750; 29.89250  G  O
[[File:|290px|Iskandariya xaritada]]

Iskandariya ( arabcha : ??????????? ) ? MAR shimolidagi shahar, Iskandariya muhofazasining ma?muriy markazi. O?rta dengiz sohilida, Nil daryosi delta-sining g?arbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996).

Miloddan avvalgi 332?331 yillarda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey davrida (mil. av. 305 ? 30 yillar) Misr poytaxti bo?lgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-asrda Iskandariya eng katta shaharlardan (Rimdan keyin) bo?lib, unda taxminan 1 mln. aholi yashagan. Iskandariyada dunyoda eng boy kutubxona bo?lgan [q. Aleksandriya (Iskan-dariya) kutubxonasi]. 7-asrda Iskandariyani arablar egallagan. Qohira shahri qurilgach (961 y.), Iskandariyaning mavqei pasaydi. 1517-yil Iskandariya usmonli turklar tasarrufiga o?tdi. Muhammad Ali davrida (19-asr boshlari) Iskandariyada katta qurilishlar amalga oshirildi; kemasozlik korxonasi qurildi va Mahmudiya kanali qazildi. 1856-yil Iskanariya bilan Qohira o?rtasida t. i. o?tkazildi. Angliya Misrni bosib olgach (1882 i.), Iskanraiyada chet el banklari, kompaniyalari, vakolatxonalari ochildi; portdan Angliya harbiy kemalari turadigan joy sifatida foydalanildi. Shahar Misr milliy ozodlik harakatlarining (20-asrning 20?50-yillari) asosiy markazlaridan biri bo?lgan.

Iskandariya iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Qohiradan keyin 2-o?rinda. Yirik transport va savdo markazi. Temir yo?l va avtomobil yo?llari tuguni. MARning asosiy dengiz porti (okean kemalari ham kira oladi); kema katnaydigan Mahmudiya kanali orqali Nil bilan bog?langan. Suvaysh sh.dan Iskandariyaga Qohira va Tanto orqali neft quvuri o?tkazilgan. Iskandariya porti orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 80 % o?tadi (yuk ortib-tushirish 20 mln. t). Kema-sozlik va kema remonti, mashinasozlik va metallsozlik, neft, kimyo, sement, radio-texnika, to?qimachilik, oziq-ovqat, ko?n poyabzal sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan.

I. eski shahar va yangi shahardan iborat. I.ning qad. qismida ko?chalar to?g?ri to?rtburchak asosida kesishgan (mil. av. 4-asrda yunon me?mori Deynokrat loyihasi asosida bunyod etilgan); Pompey (yoki Diokletian) kolonnasi deb ataluvchi ustun, nekropollar, katakombalar saqlangan. I. bilan damba (ko?tarma) orqali tutashtirilgan Faros o.da mil. boshlarida ?dunyoning yetti mo?jizasi“ dan biri sanalgan minora (mayoq) bo?lgan (hoz. uning o?rnida arablar bunyod etgan qal?a qoldiklari bor). I.ning yangi qismida keng ko?chalar, xushman-zara dengiz bo?yi, zamonaviy ko?p qavatli shinam binolar, savdo muassasalari, dengiz vokzali, masjidlar, qasr-muzeylar (Ras at-Tin, 19-asr boshi; Muntazo saroyi, 20-asr boshi; Muhammad Ali muzeyi, 20-asr), At-Tahrir markaziy maydoni (19-asr 2-yarmi), universitet, ilmiy tadqiqot institutlari, ko?plab muzey (jumladan, dengiz muzeyi, nafis san?at muzeyi), Milliy kutubxona va b. bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil