한국   대만   중국   일본 
Human Rights Watch - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Human Rights Watch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Human Rights Watch
Turi Nodavlat notijorat tashkilot
Ishga tushgan sanasi 1978 (46 yil avval )  ( 1978 ) ( Helsinki Watch )
Joylashuvi Nyu-York shahri, AQSh
Daromad $85.6 million (2019) [1]

Human Rights Watch ( talaffuzi:  Hyuman Raits Votch ; HRW ) ? inson huquqlariga doir tadqiqot va targ?ibot ishlarini olib boradigan xalqaro nodavlat tashkilot bo?lib, bosh offisi New York shahrida joylashgan [2] . Guruh hukumatlar, siyosatchilar, kompaniyalar va ayrim inson huquqlari buzuvchilariga inson huquqlari buzilishini qoralaydi hamda bu huquqlarni hurmat qilishni talab qiladi. Guruh ko?pincha qochqinlar, bolalar, muhojirlar va siyosiy mahbuslar nomidan faoliyat yuritadi.

Human Rights Watch 1997-yilda Piyodalarga qarshi minani taqiqlash bo'yicha xalqaro harakatning ta?sischisi o?laroq Tinchlik bo?yicha Nobel mukofotiga loyiq topildi hamda 2008-yilgi kasseta o?q-dorilarni taqiqlash to?g?risidagi konvensiyada yetakchi rol o?ynadi [3] .

Tashkilotning yillik xarajatlari 2011-yilda $50.6 millionni [4] , 2014-yilda $69.2 millionni [5] va 2017-yilda $75.5 millionni tashkil etdi [6] .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Human Rights Watch 1978-yilda Robert Bernshteyn va Ari Nayer tomonidan SSSRning 1975-yildagi Xelsinki kelishuvlariga rioya etilishini nazorat qilish uchun xususiy Amerika nodavlat tashkiloti Xelsinki Watch sifatida tashkil etilgan [7] [8] . Tashkilot ommaviy axborot vositalari va siyosatchilar bilan to?g?ridan-to?g?ri aloqalar orqali inson huquqlarini buzayotgan hukumatlarga ommaviy bosim o?tkazdi [9] . Tashkilotning o?zi ta?kidlashicha, SSSR va Sharqiy blok mamlakatlaridagi inson huquqlari buzilishiga xalqaro e?tiborni jalb qilish 1980-yillar oxirida mintaqadagi demokratik o?zgarishlarga xizmat qilgan.

1981-yilda Americas Watch Markaziy Amerikadagi fuqarolar urushlaridagi taxmin qilingan urush jinoyatlarini tekshirish uchun yaratilgan. Keyinchalik boshqa mintaqaviy filiallar tashkil etildi ? The Watch Committees tarkibiga kiruvchi Asia Watch (1985), Africa Watch (1988) va Middle East Watch (1989). 1988-yilda ular Human Rights Watch deb nomlangan yagona tuzilmaga birlashtirildi [10] .

Faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Human Rights Watch dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilish bo?yicha o?z faoliyatini olib boradi. Tashkilotning maqsadi inson huquqlari hurmat qilinadigan dunyoni qurishdir [11] .

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslanib, Human Rights Watch asosiy huquq va erkinliklarning buzilishiga, jumladan, o?lim jazosiga va jinsiy orientatsiyaga asoslangan kamsitishlarga qarshi. Tashkilot din erkinligi va matbuot erkinligini himoya qiladi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun qonunbuzarliklarni cheklash va huquqbuzarlarga ta?sir o?tkazish uchun yetakchi kuchlarni jalb qilish manfaatlarida hukumatlar va alohida siyosatchilarga jamoatchilik bosimini qo?llaydi [12] [13] .

Human Rights Watch tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan xalqaro inson huquqlari standartlari va tashkilot xalqaro miqyosda tan olingan inson huquqlari bo?yicha boshqa standartlarning buzilishini o?rganuvchi hisobotlarni nashr etadi. Ushbu hisobotlar asosida huquqbuzarliklarga xalqaro e?tiborni qaratish, hukumatlar va xalqaro tashkilotlarga islohotlar uchun bosim o?tkazishga harakat qilinmoqda. Tadqiqotchilar faktlarni aniqlash missiyalarini olib boradilar, diplomatiya bilan shug?ullanadilar, jabrlanganlar bilan aloqada bo?lishadi, butun jamiyat va aniq shaxslarga oid fayllarni saqlaydilar, tanqidiy vaziyatlarda shaxslarning xavfsizligini ta?minlaydilar va mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida kerakli vaqtda kampaniyalarni boshlaydilar. Hisobotlarda ijtimoiy va gender kamsitish, qiynoqlar, askar bolalar, hukumatdagi korrupsiya , jinoiy ish yuritishning buzilishi, abortni qonuniylashtirish kabi masalalar ko?rib chiqiladi

Human Rights Watch ham butun dunyoda ijodi uchun ta?qibga uchragan va moliyaviy yordamga muhtoj yozuvchilarni qo?llab-quvvatlaydi. Hellman/Hammett grantlari dramaturg Lillian Hellman va yozuvchi Dashiell Hammett tomonidan tegishli mablag?lar orqali moliyalashtiriladi. To?g?ridan-to?g?ri moliyaviy yordamdan tashqari, Hellman/Hammett grantlari inson huquqlarini himoya qilgani uchun ta?qibga uchragan faollarga xalqaro e?tiborni qaratishga yordam beradi [14] [15] .

Hyuman Rayts Uotch tashkiloti har yili murosasiz inson huquqlari faolligiga namuna ko?rsatgan faollarga inson huquqlari mukofotlarini topshiradi. Laureatlar qonunbuzarliklarni tekshirish va e?lon qilish uchun tashkilot bilan yaqindan hamkorlik qiladilar.

Human Rights Watch 1998-yilda ?Bola askarlardan foydalanishga qarshi koalitsiya“ga asos solgan oltita xalqaro nohukumat tashkilotlardan biri edi. U, shuningdek, piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash bo?yicha xalqaro kampaniyaning hamraisi bo?lib, 1997-yilda piyodalarga qarshi minalardan foydalanish, to?plash, ishlab chiqarish va o?tkazishni taqiqlash to?g?risidagi Ottava konventsiyasiga erishishga muvaffaq bo?lgan global nohukumat koalitsiyadir.

Human Rights Watch, shuningdek, 2008-yilda xalqaro konventsiyaning qabul qilinishiga sabab bo?lgan so?z erkinligi almashinuvi va kassetali o?qlarga qarshi koalitsiyaning nodavlat global senzura monitoringi tarmog?ining asoschisi hisoblanadi. Human Rights Watch 275 dan ortiq xodimga (mamlakat ekspertlari, huquqshunoslar, jurnalistlar, olimlar) ega va 90 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydi. Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda , Amsterdam , Bayrut , Berlin , Bryussel , Chikago , Jeneva , Goma , Yoxannesburg , London , Los-Anjeles , Moskva , Nayrobi , Parij , San-Fransisko , Sidney , Tokio , Toronto , Tunis , Vashington va Syurixda joylashgan. Tashkilot vaziyatni qamrab oladigan ko?pgina mamlakatlarga to?g?ridan-to?g?ri kirishni ta?minlaydi. Ayrim mamlakatlarga, xususan, Kuba , Shimoliy Koreya , Sudan , Eron , Misr , BAA va Venesuelaga tadqiqotchilar kiria olishmaydi [16] [17] .

Hozirgi bosh direktor Kennet Rot bu lavozimda 1993-yildan 2002-yilgacha ishlagan. U 1981-yilda Polshada favqulodda holat joriy etilganidan keyin sodir etilgan huquqbuzarliklarni va keyinchalik Duvalier diktaturasidan endigina paydo bo?lgan Gaitidagi vaziyatni hujjatlashtirgan. Rotning inson huquqlariga qiziqishi otasining 1938-yilda fashistlar Germaniyasidan qochib ketgani haqidagi hikoyalaridan kelib chiqqan. U Yel yuridik maktabi va Braun universitetini tamomlagan [18] .

Mukofotlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • 1996-yilda tashkilot Chiko Mendes qarshilik medali bilan taqdirlangan.
  • 1997-yilda Hyuman Rayts Votch piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash bo?yicha xalqaro kampaniya doirasida (ta?sischilardan biri sifatida) Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati bo?ldi va keyinchalik 2008-yilda kassetali o?qlar to?g?risidagi konventsiyani tayyorlashda yetakchi rol o?ynadi [19] .
  • 2005-yil aprel oyida tashkilot Teodor Heuss jamg?armasi mukofotiga sazovor bo?ldi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Form 990“ ( Wayback Machine saytida 2023-09-12 sanasida arxivlangan ) (2019), www.hrw.org .
  2. ?Frequently Asked Questions“ . Human Rights Watch. 2015-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2015-yil 21-yanvar. ( Wayback Machine saytida 2015-01-04 sanasida arxivlangan )
  3. ?History“ (21-aprel 2015-yil). 2017-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 8-may 2017-yil.
  4. ?Financial Statements, Year Ended 30-iyun 2011-yil“ . Human Rights Watch. 17-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2012-yil 26-iyun. ( Wayback Machine saytida 2012-06-17 sanasida arxivlangan )
  5. ?Financial Statements, Year Ended 30-iyun 2014-yil“ . Human Rights Watch. 17-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2016-yil 3-avgust.
  6. ?Annual Report 2017“ . Human Rights Watch. 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2018-yil 10-avgust.
  7. Bernstein, Robert L.. ?Opinion | Rights Watchdog, Lost in the Mideast“  (en). The New York Times  (2009-yil 19-oktyabr). 2019-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  8. ?Today, April 18: A Talk by Aryeh Neier, Co-Founder of Human Rights Watch, President of the Open Society Foundations ≪ Human Rights @ Harvard Law“ . hrp.law.harvard.edu. 2018-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  9. ?Our History“  (en). Human Rights Watch. 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  10. ?Human Rights Watch | international organization“  (en). Encyclopedia Britannica. 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  11. Charbonneau, L., Daly, E., Roth, K., Richrdson, S.. World Report 2020: Live from the UN [YouTube]. Human Rights Watch. Qaraldi: 29 mart 2021. 4:14. ?Источник“   (deadlink) . 2020-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
  12. Historical Dictionary of Human Rights and Humanitarian Organizations . Rowman & Littlefield, 2016 — 137?138 bet.  
  13. ?Frequently Asked Questions“  (en). Human Rights Watch (2008-yil 24-sentyabr). 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  14. ?Five Activists Win Human Rights Watch Awards“  (en). Human Rights Watch (2008-yil 15-sentyabr). 2015-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  15. SocialSciences.in ?Human Rights Watch“   (deadlink) (2012-yil 15-sentyabr). 2012-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  16. ?The Human Rights Watch Council“  (en). Human Rights Watch (2015-yil 8-iyun). 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  17. ?Israel bans Human Right Watch worker, accuses group of peddling...“  (en). Reuters  (2017-yil 24-fevral). 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  18. ?National Security in a Turbulent World - Yale Law School“ . law.yale.edu. 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  19. ?History“  (en). Human Rights Watch (2015-yil 21-aprel). 2017-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]