Hujjat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hujjat ? keng ma?noda ? ma?lumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar ( qog?oz , kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). Hujjat matn , tasvir , tovush va boshqalardan ibo-rat bo?lishi mumkin.

Mazmuniga ko?ra, Hujjat ilmiy-texnika Hujjatlari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va hokazo), huquqiy Hujjatlar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv Hujjatlari (buyruqlar, ko?rsatmalar, qarorlar va h.k.)ga bo?linadi. Shakllanish manbaiga ko?ra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) Hujjatlar farqlanadi. Idora Hujjatlari to?plami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) Hujjatlariga bo?linadi. Mas, bank muassasasi Hujjatlari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: to?lov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish Hujjatlari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan Hujjatlar chiqish Hujjatlari hisoblanadi.

Huquq fanida hujjat deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega bo?lgan (shaxsning tug?ilganlik, ma?lumot olganlik, nikohdan o?tganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiqlovchi, yozma aktlar tushuniladi. Hujjat sud ishlarini yuritishda faktlarni aniqlash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. Hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (qarang Xujjatlarni qalba-kilashtirish ).