한국   대만   중국   일본 
Herbert von Karajan - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Herbert von Karajan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Herbert von Karajan (1908.5.4 ? Zalsburg ? 1989.16.7) ? avstriyalik dirijyor. Birinchi konsertni pianinochi sifatida 11 yoshida bergan, dirijyorlik faoliyatini 1927-yilda boshlagan. Berlin davlat kapellasi (1941?1944), Berlin filarmonik orkestri (1954?1989), Vena davlat operasi (1956?1964), Zalsburg musiqali teatr festival (1957?60 va 1964?1988)larini boshqargan. London filarmonik orkestri (1947), Zalsburg pasxa festivali (1967)ning asoschisi. Dirijyorlik uslubida har bir kompozitor asarining nota matniga batamom bo?ysundirish, musiqa shaklini to?laligicha his etish, yorqin jo?shqinlik va ajoyib ta?sirchanlikka erishgan. 1969-yildan Berlinda har-yili Karajan nomidagi xalqaro dirijyorlar va yoshlar simfonik orkestrlari tanlovi o?tkaziladi. Venada Karajan jamg?armasi (1986-yildan) hamda Karajan markazi (1995-yildan) faoliyat ko?rsatadi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil