한국   대만   중국   일본 
Henri Bergson - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Henri Bergson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Henri Bergson
Tavalludi 18-oktyabr 1859 [1]
Vafoti 4-yanvar 1941 [2] [1]
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Michał Bergson

Henri Bergson (18-oktabr 1859 ? 4-yanvar 1941)? fransuz faylasufi, intuitivizm va hayot falsafasi namoyandasi. Kolledj de Frans professor (1900). Fransiya akademiyasi a?zosi (1914). Bergson fikricha, haqiqiy va boshlang?ich reallik?metafizikkosmik jarayon, "hayotiy shiddat", ijodiy evolyutsiya sifatidagi hayotdir; u intellektga qaramaqarshi bo?lgan intuitsiya vositasi bilan erishiladigan "davomiylik"dan tarkib topgan; materiya, ong, xotira, ruh ? "davomiylik"ning turli jihatlaridir. Bergson jamiyatdagi hukmronlikni va itoat qilishni "tabiiy" holat, urushni muqarrar suratda yuz beradigan "tabiat qonuni", deb hisobladi. Asosiy asarlari: "Ongning bevosita ma?lumotlari" (1889), "Materiya va zehn" (1896). "Ijodiy evolyutsiya" (1907), "Axlok va dinning ikki manbai" (1932). Nobel mukofoti laureati (1927) [3] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil