한국   대만   중국   일본 
Hamid Karzay - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Hamid Karzay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamid Karzay

Karzayning 2012-yildagi surati
Tavalludi 1957-yil 24-dekabr
Fuqaroligi Afg‘oniston Qirolligi , Afg‘oniston Respublikasi , Afg'oniston Demokratik Respublikasi , Afg?oniston Islom Davlati , Afg?oniston Islom Respublikasi va Afg?oniston
Otasi Abdul Ahad Karzai

Karzay Homed (1957, Qandahor shahri yaqinidag?i Karz qishlogi) ? Afg?oniston davlat arbobi. Qobuldagi ?Habibiya“ bilim yurti (1976), Hindistonning Simda shahridagi Ximachal Pradesh universiteti (1982)ni tugatgan. SSSRning Afg?onistondagi qo?shinlariga qarshi urushda ishtirok etgan. 1982-yildan Afg?onistonni ozod etish milliy fronti tezkor boshqarmasi boshlig?i, 1985-yildan axborot departamenti raisi, siyosiy departament boshlig?i o?rinbosari, 1989-yildan Peshovarda joylashgan S. Mujaddadiy rahbarligidagi Afg?oniston muvaqqat hukumatida tashqi aloqalar departamenti bosh direktori, 1992 yildan B.Rabboniy boshchiligidagi muvaqqat hukumatda tashqi ishlar vaziri o?rinbosari. 1994-yil ?Tolibon“ harakatiga qo?shilgan, ammo 1995-yil oxiriga kelib, bu harakat mohiyatini anglab yetgach, uni tark etgan. 1997 yil Pokistonning Kvetta shahrida Afg?onistonda Loya jirg?ani o?tkazishga yordam ko?rsatish bo?yicha bo?linma ta?sis etgan. 1999-yil Loya jirg?ani tashkil etish bo?yicha Zohir Shoh boshchiligidagi Rim guruhi ijroiya qo?mitasi a?zosi. 2001-yil dekabrda Bonn shahrida bo?lib o?tgan Afg?oniston muvaqqat hukumatini ta?sis etishga bag?ishlangan konferensiyada muvaqqat hukumat raisi etib saylangan. 2002-yil maydan Afg?oniston O?tish Islom Davlati raisi, 2004-yil oktyabrdan 2014-yilgacha Afgoniston Islom Respublikasi prezidenti [1] .

Tarjimai holi va siyosatdagi faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Hamid Karzay 1957-yil dekabr oyining 24-sanasida Afg‘oniston janubidagi Qandahor shahrida joylashgan Karz tumanida tug?ilgan [2] . Uning otasi Abdul Ahad Karzay 1960-yillarda Afg?oniston parlamenti spikeri o?rinbosari lavozimida faoliayat olib borgan. Karzayning bobosi Xayr Muhammad Xon 1919 yil Uchinchi Angliya-Afg?on urushida qatnashgan va Senat raisi o?rinbosari bo?lgan. Karzay oilasi monarxistlar bo?lishgan va Afg?onistonning so?nggi qiroli Muhammad Zohirshohning tarafdorlaridan bo?lishgan. Uning amakisi Habibulla Karzay esa BMTdagi Afg?oniston vakili [3] bo?lib ishlagan va 1960-yillar boshida qirol Zohirga, AQSh prezidenti John Kennedy bilan maxsus uchrashuv o?tkazish uchun hamrohlik qilgani aytiladi.

Hamid Karzay Qandahordagi Mahmud Hotaki boshlang?ich maktabini hamda Kobuldagi Sayid Jamoliddin Afg?oniy maktablarida tahsil olgan. 1976-yilda Kobuldagi Habibiya o?rta maktabini tamomlagan. O?qishni tugatgandan so?ng 1976-yilda almashuv dasturi orqali Hindistonga jo?nab ketgan va Himachal Pradesh universitetida xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik bo?yicha magistraturada o?qigan. 1983-yilda shu yo?nalish bo?yicha diplomni qo?lga kiritgan. Karzay keyin Pokistonga ko?chib o?tadi so?ngra 1980-yilda Sovet tizmini qo?llab-quvvatlagan afg?on Muhammad Najibulloh hukmronligiga qarshi qo?zg?olon ko?targan antikommunistik afg?on isyonchilari uchun mablag? yig?uvchi bo?lib ishlagan.

1999-yilning iyul oyida Karzayning otasi Abdul Ahad Karzay erta tongda Quettadagi masjiddan uyiga paytayotgan paytida otib o?ldirilgan. Ma?lumotlarga ko?ra, suiqasdni Tolibon amalga oshirgan [4] . Bu voqeadan keyin Karzay qabila xoni lavozimini egalladi va Ahmadshoh Masud boshchiligidagi Tolibonga qarshi Shimoliy ittifoq bilan yaqindan hamkorlik qilishga qaror qildi [5] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME
  2. Burke, Jason. ?Hard man in a hard country“ . The Guardian  (2008-yil 7-mart). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2009-yil 14-mart.
  3. Van Dyck, Jere. ?The Afghan Rulers: Fiercely Traditional Tribes“ . The New York Times  (1981-yil 21-dekabr), s. 2. 2012-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 3-oktyabr.
  4. ?Profile:Hamid Karzai“ . United States: Public Broadcasting Service (PBS) (2001-yil dekabr). 2010-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 3-oktyabr.
  5. ?Book Excerpt: Scenes of Afghan History ? Hamed Karzai before 2001“  (ps-GB). Afghanistan Analysts Network - English (2014-yil 1-sentyabr). 2020-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.