Geografik axborot tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Geoaxborot tizimi ? bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida to?plash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat bo?lgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir”

Geografik axborot tizimi  ? asosiy vazifalari fazoviy - geografik ma?lumotlarni to?plash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat bo?lgan mutaxassis tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan kompyuter tizimidir.

Sodda qilib aytganda, geografik axborot tizimi (GAT) o?z ichiga xaritashunoslik, statistik tahlil hamda ma?lumotlar bazasini mujassamlashtiradi. GAT keng tarmoqli soha bo?lib, xaritashunoshlik, masofadan zondlash, yer tuzish, tabiiy resurslarni boshqarish, fotogrammetriya, geografiya, shaharsozlik, samoviy video hamda mahalliy qidiruv tizimlarida keng foydalanib kelinmoqda. Bu ma'lumotlarni boshqarish, kartagrafik tasvirlar va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalangan fazoviy axborot tizimidir. GAT bu inson faolligi va dasturiy apparatning geografik ma'lumotni saqlash, boshqarish va tasvirlashga mo'ljallangan kampyuter tizimidir. GAT ilk bora XXasrning 60- yillarida AQSH va KANADAda harbiy maqsadlarda foydalanishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik bu tizim yordamida kadastr malumotlari sifatida keng foydalanilib kelmoqda.


“Geoaxborot tizimi ? bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida to?plash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat bo?lgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir”. Geoaxborot tizimiga yana turlicha ta’riflar keltirish, u haqidagi muhokamalarni davom ettirish mumkin, biroq barcha ta’riflarning zamirida yuqorida keltirilgan asosiy ma’no yotadi. Shuning uchun keltirilgan ta’rifni bosh ta’rif deb qabul qilish mumkin. Yuqorida berilgan ta’rifdagi fazoviy-geografik ma’lumotlar turkumi deganda barcha yer to?g?risidagi ma’lumotlarni, jumladan koordinatalarni, yer uchastkalari chegaralarini, ular joylashgan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni, joyning huquqiy va iqtisodiy ma’lumotlarini hamda ko’plab muhim bo’lgan fazoviy ma’lumotlarni tushunish lozim. Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 7 Quyidagi rasmda geoaxborot tizimining umumiy ko?rinishi keltirilgan bo?lib, ushbu tizim turli adabiyotlarda yanada batafsilroq yoki soddalashgan holda berilgan bo?lishi mumkin.