Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sobiq fransuz mustamlakalari, chet el hududlari va dominionlari
Dunyoda fransuz
To'q ko'k: ona tili;
Moviy: boshqaruv tili;
Moviy: madaniyat tili;
Yashil: frankofon ozchiliklari
Frankofoniya bayrog'i
Xarita-frankofoniya tashkiloti
Frankofoniya
(
fransuzcha
:
l’Organisation internationale de la Francophonie (OIF)
? fransuzzabon mamlakatlarning xalqaro tashkiloti (OIF). Unga 54 ta a’zo, shtatlar va hukumat vakillarini ifodalovchi 7 ta gruhiy a’zo va 27 ta kuzatuvchi-a’zolardan iborat
[1]
.
XFT (Xalqaro frankofoniya tashkiloti) o?zining 88 ta davlat va hukumatiga to?rtta asosiy maqsadga yo?naltirilgan xalqaro siyosat va ko?p tomonlama hamkorlik faoliyatini ishlab chiqish yoki mustahkamlashda yordam beradi:
- Fransuz tilini targ?ib qilish, ko?p tillilik va madaniy xilma-xillikni qo?llab-quvvatlash.
- Tinchlik, demokratiya va inson huquqlarini qo?llab-quvvatlash.
- Ta’lim, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va malakaviy kadrlarni tayyorlashni qo?llab-quvvatlash.
- Barqaror rivojlanish manfaati uchun iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish.
- OIF ning barcha tadbirlarida yoshlar va ayollar, shuningdek, raqamli texnologiyalarga alohida e’tibor qaratiladi
OIF Frankofoniya Parlament Assambleyasi (APF) fransuzzabon tashkiloti va to?rtta operator: fransuzzabon mamlakatlar universiteti agentligi (AUF), xalqaro fransuzzabon TV5Monde telekompaniyasi, Frankofoniya hokimlarining xalqaro assosiasiyasi (AIMF) va Sengor Aleksandriya universiteti bilan ko?p tomonlama hamkorlikni amalga oshiradi
[2]
.
Tashkilot tarkibiga qo?shilishning asosiy mezoni ma’lum bir davlat aholisining
fransuz tilini
mukammal bilish darajasi emas (garchi bu ma’qullansa ham), balki
Fransiya
bilan o?n yillab va hatto asrlar mobaynida rivojlangan madaniy aloqalarning mavjudligi deb qaraladi. Masalan,
Armaniston
bu tashkilotga a’zo,
Ukraina
va Boltiqbo?yi davlatlari esa kuzatuvchi hisoblanadi.
Fransiya
va
Rossiya
Trianon shartnomasi
[3]
orqali fuqarolik jamiyatlari o?rtasidagi o?zaro aloqalarni mustahkamlaydi.
Frankofoniya zamonaviy ko?rinishi
1970-yildan
beri mavjud. Tashkilotning shiori fransuz tilida (
fr
. ≪egalite, complementarite, solidarite≫) “Tenglik, yaxlitlik, hamjihatlik” ma’nolarini anglatadi
[4]
.