Fortepiano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fortepiano

Fortepiano ( italyancha : forte ? kuchli va piano ? kuchsiz, sekin) ? royal va piavdsholarning umumiy nomi. 18-asr boshida B. Kristofori ( Italiya ), J. Marius ( Fransiya ) va K.G. Shryoter ( Germaniya ) tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik F. mexanizmi va shakli I. A. Shteyn, I. A. Shtreyxer (Avstriya), A. Bekers (London), S. Erar (Parij) va boshqa ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush ogayeishlarini bosish orqali kigiz qoplangan yog?och bolg?achalar bilan torlarga urish natijasida xreil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi o?zgaruvchanligi (mas, kuchli peggedan astasekin piano darajasiga o?tish imkoniyatlari) bilan farq qiladi (nomi shundan). F. uchun ilk asarlarni I. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven va boshqa ijod qilgan. F. o?zining keng ijroviytexnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa ko?p ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va jo?rnavoz soz sifatida keng o?rin olgan.

O?zbekistonda F. musiqasi 1920?30 yillarda V. Uspenskiy, B. Nadejdin qayta ishlagan o?zbek xalq kuylaridan boshlab, keyinchalik G. Mushel, X. Izomov, B. Giyenko, Sayfi Jalil, N. Zokirov, oxirgi yillarda D. Saydaminova, R. Abdullayev, A. Nabiyev, M. Otajonov, D. Omonullayeva va boshqalarning miniatyuralari, sonata va konsertlari, ko?p qismli turkumlari bilan boyidi. O?zbekistonda F. ijrochiligi san?ati rivojiga A. Lisovskiy, N. Yablonovskiy, O?zbekistonda xizmat kursatgan artistlar O. Yusupova, A. Sharipova, O?zbekistonda xizmat ko?rsatgan o?qituvchi T. Popovich, xalqaro tanlovlar g?olibi E. Mirqosimova, A. Sultonov, U. Polvonov va boshqa o?z hissasini qo?shgan.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]