Facebook

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Facebook
Joriy holati Faol
Sayt turi Ijtimoiy tarmoq
Ro?yxatdan o?tish Majburiy
Muassisi Mark Zuckerberg
Muallifi Mark Zuckerberg
Ochilgan sanasi 2004-yil 4-fevral
Aylanma mablag?i 7,872 mlrd $ ( 2013 )
Foyda 2.804 mlrd $ ( 2013 )
URL facebook.com

Facebook ? 2004-yilda Harvard universiteti talabasi Mark Zuckerberg tomonidan va qo?shni xonadagi Eduardo Saverin , Dustin Moskovitz va Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq. Saytning butun dunyoda ommalashib ketgani bois, Mark Zuckerberg 23 yoshida dunyoning eng yosh milliarderi deya tan olindi.

Yangi funksiyalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

?Feed Filter Bar“ paneli [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Facebook foydalanuvchilarga yangiliklar tasmasida xronologik ketma-ketlikka o?tishni osonlashtiruvchi yangi funksiyani e?lon qildi. Algoritmli yangiliklar tasmasidan xronologik tartiblangan tasmaga o?tishni osonlashtirishuvchi maxsus ?Feed Filter Bar“ paneli ishga tushadi. U yangiliklar tasmasining tepa qismida, tasma qayta yuklanganda chiqadi.

Izoh qoldiruvchi auditoriyani sozlash [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Facebook foydalanuvchilari uchun nashr qilgan posti ostiga kim izoh qoldirishini tanlash imkoniyati yaratildi. Tarmoqda maxsus menyu paydo bo?ladi. Unda foydalanuvchi keng va cheklangan profil egalariga izoh qoldirish imkonini beradi. Auditoriyani foydalanuvchining o?zi tanlaydi.

Ta?kidlanishicha, funksiya izoh qoldiruvchi auditoriyani sozlash orqali istalmagan aloqalarni cheklash imkonini beradi. Shu bilan birga, tasmadagi izohlarning ko?payish ehtimolini kamaytiradi [1] .

Hotline dasturi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Facebook tinglovchilar bilan aloqa o?rnatish imkonini beruvchi yangi Hotline dasturini sinovdan o?tkazdi. Yangi dastur mualliflarga o?z auditoriyasi bilan muloqot qilish imkonini beradi. Ilovaning auditoriyasi soni cheklanmagan, ulanish xizmati esa bepul. Ammo tajriba davomida ushbu imkoniyat o?zgarishi mumkinligi aytilgan. Foydalanuvchilar kameradan foydalanish va jarayonni yozib olishi mumkin [2] .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Facebookni yaratish fikri Mark Zukerbergga Nyu-Hemshirdagi Philips Exeter Academy maktabida o?qib yurgan kezlarida keladi. O?sha vaqtlarda maktabda har yili o?quvchilarning rasmi va manzili qayd etilgan qo?llanma chop etilardi. (Tom ma?noda ?yuz kitobi“, ?yuz sahifasi“, ?face book“). Harvard ga o?qishga qabul qilingan Zukerberg oliy ta?lim muassasasi ma?muriyatiga analog tarmoq resursini yaratish g?oyasi bilan chiqadi. Biroq ta?lim muasassasi bu innovatsion g?oyani ba?zi sabablarga ko?ra rad etdi. Zukerber 2003-yilning 28-oktabr kuni, Facemash internet sahifasi uchun kod yozadi va unda Harvard universiteti kompyuter tarmog?iga kirib ko?chirib olingan, shaxsiy rasmlarni nashr qiladi. Facemashda 450 ta tashrif qayd etiladi va tashrif buyuruvchilar Zukerberg tomonidan qo?yilgan, ikkita rasmni bir biriga qiyoslab, birini tanlash orqali 22 000 marta rasmni ko?rib chiqishadi. Sayt qisqa muddat ichida ommalashib ketadi, biroq Harvard ma?muriyati tomonidan yopib qo?yiladi. Zukerbergni esa ma?muriyat xavfsizlik qoidalarini buzishda, mualliflik huquqini poymol qilishda hamda insonning shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblab, o?qishdan haydashga qaror qiladi. Keyinchalik esa ayblov bekor qilinadi. Zukerber ilk loyihasidayoq hammaning diqqat markaziga tushib qoladi. Facemashda bo?lib o?tgan loyihani muhokama qilish maqsadida, o?zining guruhdoshlariga alohida sayt yaratadi. Keyingi semestrdan boshlab, Zukerberg yangi veb-sahifa uchun kod yoza boshlaydi. Unga ?Harvard Crimson“da Facemash muajorolari haqida yozilgan maqola ilhom bag?ishladi. Va nihoyat 2004-yilning 4-fevralida Zukerberg Thefacebookni www.thefacebook.com internet manzilida joylashtiradi. G?oya Facebook nomini oladi, bu Markning eski maktab davridagi xotiralari bilan bog?liqdir.

Saytning internetga joylashtirilganiga olti kun bo?lganda, Harvardning yuqori kurs talabalari Kameron Uinklvoss, Tayler Uinklvoss va Divya Narendalar Zukerberg ustidan universitetning ?Harvard Crimson“ gazetasiga arz qilishadi. Arzdorlarning fikricha Zukerberg ularga HarvardConnection.com deya nom olinishi kerak bo?lgan saytni yaratishga ko?mak berishini aytgan, biroq Mark ularning maqsadlaridan o?zining saytini yaratish ustida foydalangan. Tergov ishlari boshlanib ketadi bu hatto, Zukerbergni sudga tortilishigacha borib yetadi.

Ijtimoiy tarmoqqa a?zo bo?lish Harvard talabalari uchun avvaliga cheklangan bo?lib, cheklov olingandan so?ng undan universitetning yarmidan ko?p talabalari ro?yxatdan o?tishadi. Tez orada saytning faoliyat yuritishida Zukerbergga yordam uchun, moliyaviy direktor ? Eduardo Saverin, dasturchi ? Dastin Moskovits, badiiy rassom ? Endryu Mak-Kolum va Kris Hyuzlar qo?shiladi. Avvaliga thefacebookdan faqat Harvard universiteti talabalarigina foydalana olishardi holos. 2004-yilning mart oyidan boshlab Thefacebook Stenford, Yelya va Kolumbiya universitetlarigacha, keyinchalik Ligi Plyusha, Boston, Nyu-York universitetlarida va Massachustet texnologiya institutida, shuningdek AQSH va Kanadaning ko?pgina oliygohlarida ommalashib ketdi. Saytdan AQSHning har qanday. edu elektron manzil domeni bo?lgan ta?lim muassasasi foydalanish huquqini qo?lga kiritdi.

2004-yilning iyun oyida Facebook Palo-Alto (Kaliforniya)ga ko?chib o?tadi. Bu yerlarga kelishdan oldin, Zukerberg va Saverin Manxettandagi Xitoy restoranlaridan birida Shon Parker bilan tanishib qolishadi. Bir necha haftadan so?ng esa ular Shon Parker bilan Palo-Altoda uchrashib qolishadi. 2004-yilning o?rtalarida Facebook kompaniya sifatida ro?yxatdan o?tadi va Parker uning birinchi prezidenti lavozimini egallaydi. O?sha oyning o?zida ? PayPal “ tizimi asoschisi Piter Til saytga investitsiya kiritadi. Aynan Shon facebook uchun Piter Til va Rid Hoffman kabi investorlarni jalb qilgan. Parkerning investitsiya kiritishdan ko?zlagan maqsadi, Mark uchun direktorlar kengashidagi joriy 5 ta joyni 3 taga kamaytirish bo?lgan. Piter Tilning aytishicha Shon, kompaniyadagi u ko?rgan birinchi potensial inson ekan. ?Mark, Shondan zarracha shubhalangan paytlarda, Shon bu shubhalarni darhol bartaraf qilar edi“ deydi Piter Til. Piter Facebookni 2005-yilda tark etadi. Biroq, Zukerber bilan muntazam ko?rishib turadi. 2005-yilda kompaniya o?zining nomidagi ?The“ artiklini olib tashlab, facebook.com domenini 200 000 AQSH dollariga sotib oladi. 2006-yilning sentabr oyidan esa sayt har qanday 13 yoshdan oshgan va elektron manzili bo?lgan foydalanuvchilar uchun saytda ro?yxatdan o?tishga ruxsat berdi. 2007-yilning 26-sentabr kuni Microsoft Facebook kompaniyasini 15 milliard AQSH dollariga baholab, 1,6 foiz aksiyasini 240 million AQSH dollariga qo?lga kiritdi. Bu bilan Microsoft Facebook orqali xalqaro e?lonlarni chop etish huquqini qo?lga kiritdi. Bir yil o?tib oktabr oyida Facebook Dublinda o?zining xalqaro shtab kvartirasini ochganligini e?lon qildi. 2009-yiling sentabr oyida saytning sof daromadi e?lon qilindi. 2010-yilning noyabr oyida esa SecondMarket Inc ma?lumotlariga asoslanib, kompaniya 41 milliard AQSH dollariga baholandi. Bu Facebook AQSHdagi eng yirik internet-kompaniyalari orasida, Google va Amazondan so?ng uchinchi o?rinni egallaydi degani. 2011-yilning 2-yanvarida The New York Times gazetasi ma?lumotlariga ko?ra Facebook 50 milliard AQSH dollariga baholandi.

Ayni damda (2012-yil 4-oktabr) Facebook foydalanuvchilari 1 milliardan oshib ketgan bo?lib, ular bu saytga kirib ro?yxatdan o?tgan va unda hech bo?lmaganda bir oyda bir marta yoki muntazam ?Like“ tugmalarini bosuvchilardir. 2012-yil mart oyida kuzatilgan natijalarga ko?ra saytda bir sutkada 526 million foydalanuvchi muntazam va faol harakat qilgan. Facebookning mobil versiyasidan esa bir oy davomida 500 millionga yaqin inson foydalanadi. Shuningdek, sayt foydalanuvchilari kuniga 3,2 milliard marta ?like“ tugmachasini bosishadi, o?z izohlarini qoldirishadi va 300 million donaga yaqin rasmlar nashr qilishadi. Saytda, ayni vaqtda 125 milliard ?do?stlik munosabatlari“ qayd etilgan. Bu ko?rsatkich 2011-yil 31-dekabrga qadar 100 milliardni tashkil qilar edi. Kompaniyaning 2012-yilning I-kvartalidagi daromadi 1 milliard 58 million AQSH dollarini tashkil qildi, bu summa avvalgi kvartalga qaraganda 6,5 foizga kamroqdir. Bundan kelib chiqadi, har bir Facebook foydalanuvchisi kompaniya uchun har kvartalda 1 AQSH dollaridan ko?proq pul ishlab berib, foyda keltirgan. Saytga joylashtirilgan reklamadan tushgan foyda kompaniyaga 872 million AQSH dollarini, ayrim manbalarda esa kamroq, 186 million AQSH dollarini olib kelgan. Facebookga eng ko?p tashrif 2011-yilning oktabr oyida qayd etilgan ? 750 million foydalanuvchi. Sahifalar esa 1 trillion marta ko?rilgan. 2021-yilning may oyida 500 mlndan ortiq Facebook foydalanuvchisining shaxsiy ma?lumotlari va telefon raqamlari internetda tarqaldi [3] . Facebook 530 milliondan ortiq foydalanuvchilari ma?lumotlarining tarqalishiga uning tizimlariga uyushtirilgan xakerlik hujumi emas, balki ommaviy ma?lumotlarni internetdan skrin qilinishi sabab bo?lganini ma?lum qildi [4] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]