한국   대만   중국   일본 
Edvard Grieg - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Edvard Grieg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edvard Grieg
Tavalludi 15-iyun 1843 [1] [2] [3]
Vafoti 4-sentyabr 1907 [1] [2] [3]
Fuqaroligi Norvegiya
Onasi Gesine Hagerup

Edvard Hagerup Grieg ( talaffuzi:  Grig ; 1843.15.6 - Bergen - 1907.4.9) -norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi. Leypsig konservatoriyasini tamomlagan (1862). G.ning ijodiy faoliyati Norvegiya milliy yemadaniyati yuksalishi davrida shakllangan. U Kristianiya (hoz. Oslo sh.)da Musiqa akademiyasini (1867) va Musiqa jamiyati (hoz. Filarmoniya, 1871) ni tashkil etgan. Pianinochi va dirijyor sifatida Yevropa mamlakatlarida konsert berib, milliy kompozitorlar asarlarini targ?ib etgan. G. xalq kuylarini to?plab, ko?plarini qayta ishlagan ("Norveg raqslari", "25 ta xalq raqs va qo?shig?i" va b.). G. ijodida Norvegiya tabiati, xalq hayoti lavhalari nozik did bilan ifodalangan. Ko?pchilik asarlari kamer janrlarida: fortepiano pyesalari ("Xalq hayoti manzaralari", 10 daftardan iborat "Lirik pyesalar" va b.), violonchel bilan fortepiano, skripka bilan fortepiano (3 ta) va fortepiano uchun sonatalar, norveg, daniya va nemis shoirlari she?rlariga yozilgan romans va qo?shiqlar (150 tadan ziyod), torli kvartet, kvintet va b. Eng yaxshi orkestr asarlari teatr bilan bog?langan (Ibsenning "Per Pont" pyesasiga 2 ta syuita, 1875; Byornsonning "Sigurd salibchi" dramasiga musiqa, 1892). Fortepiano va orkestr uchun konserti (1868), "Xolberg zamonidan" syuitasi (1885), "Simfonik raqslar"i (1898) mashhur. Shvesiya va Leyden musika akademiyalari (1872, 1883), Parij va Berlin san?at akademiyalari (1889, 1897) a?zosi, Kembrij va Oksford universitetlarining musiqa doktori (1893, 1906). O?zbekistonda fortepiano va orkestr uchun konserti, "Per Gyung" syuitasi va kamer asarlari ijro etilmoqda. [4]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]