한국   대만   중국   일본 
Do?l - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Do?l

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Do?l ? yumaloq yoki turli shakldagi muz parchalaridan iborat atmosfera yog?ini . Kattaligi 5?55 mm va undan ortiqroq, ba?zan tovuq tuxumidek ham bo?ladi. Yilning iliq vaqtlarida (t-ra 20° dan yuqori bo?lganda), odatda, to?p-to?p yomg?irli bulutlardan kunduzi jala bilan birga yog?adi. Yog?inning jadalligi 0,21 dan 60 mm/s o?rtasida o?zgarib turadi; 1 sek.dan to 50 min. gacha davom etishi mumkin. Cho?l mintaqalarida D., odatda, mart ? aprel , vodiylarda esa may ? iyun oylarida yog?adi. D. qishloq xo?jaligiga katta zarar yetkazadi; ekinzor, tokzorlar , bog?larni nobud qiladi. D. keltiradigan zarar hajmi uning jadalligi va davom etish vaqtiga, do?l donalarining kattaligi, zichligi va tezligiga , shamolning kuchi va selning ko?lamiga, o?simlikning turi va rivojlanish fazasiga bog?liq. D. ayniqsa g?uza maysalari unib chiqqan va shonalash davrida, hosiddor mevali bog?lar va uzumzorlarga ko?proq zarar keltiradi. Kupgina mamlakatlarda D. ga qarshi maxsus operativ kurash xizmati tashkil qilingan. Zenit artilleriyasi , raketalar va b. vositalar yordamida D. hosil qiluvchi bulutga kimyoviy reagent (odatda, kumush yod, karbonat kislota ) sochiladi. Reagent uta sovugan tomchilarni muzlatadi va ularni mayda donachalarga aylantiradi. Mayda D. esa uz navbatida atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida erib, yomg?ir tomchilari kurinishida yer yuzasiga yog?adi. Reagent yetkaziladigan joy (D. o?chog?i) radiolokator yordamida aniklanadi. D. ga qarshi kurashning zamonaviy vositalarini amalda qo?llash qishloq xo?jaligi ekinlari hosiliga yetkaziladigan zararni birmuncha kamaytirishga imkon tugdiradi. O?zbekistonda "Boshgidromet" tarkibida gidrometeorologik jaryonlarga faol ta?sir ko?rsatish boshqarmasining maxsus xizmati Fargona vodiysi , Samarqand , Qashqadaryo viloyatlarida D. xavfi bo?lgan 1 mln. gektarga yaqin maydondagi qishloq xo?jaligi ekinlarini D. dan himoya qiladi (2002). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil