한국   대만   중국   일본 
Chex tili - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Chex tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chex tili
Milliy nomi ?e?tina
Mamlakatlar Chexiya Chexiya
So?zlashuvchilarning umumiy soni 10.600.000
Turkumlanishi
Til oilasi Hind-yevropa tillari ;
Slavyan tillari
Alifbosi lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 cs
ISO 639-2 ces
ISO 639-3 ces

Chex tili hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi g?arbiy slavyan tili bo?lib, slovak , polyak va qisman serb tillariga yaqin til hisoblanadi. Chex tili taxminan X oxirlarida yuzaga kelgan. Birinchi chex tilidagi tarixiy yozuvlar esa, XII ga borib taqaladi.

Chex tili ? hindevropa tillari oilasidagi slavyan guruhining sharqiy slavyan guruhchasiga mansub tillardan biri, Chexiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan, Chexiyada (8,5 mln. kishi), shuningdek, Slovakiya, AQSH, Kanada, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. So?zlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq (o?tgan asrning 90-yillari urtalari).

Chex tili 4 lahjaga bulinadi: 1) asl chex (markazi Praga bulgan urta chex, jan.g?arbiy, shim.sharqiy shevalar); 2) ganak (ganats); 3) lyash (silez); 4) moravslovak. Fonetik xususiyatlari: suz ma?nolari va shakllarini farklashga xizmat qiladigan cho?ziq va qisqa unlilarning mavjudligi, qattiqlik va yumshoklik buyicha moye keluvchi 3 juft undoshning borligi va boshqa Morfologik xususiyatlari: otlar turlanishi va fe?llar tuslanishining xilmaxil turlari, 3 ta jins kategoriyasi, 2 xil son kategoriyasining mavjudligi, sodda utgan zamon shaklining yukligi va boshqa

Adabiy Chex tili urta chex shevalari asosida shakllangan. Dastlabki yozma yodgorligi 13a:ga mansub. 15?16-asrlarda adabiy til barqarorlashgan, lekin 1620-yildan 18-asr oxirigacha Chexiya Gabsburglar sulolasi qo?l ostida bulib, rasmiy til nemis tili bo?lganligidan Chex tili rivojlanmay qolgan. 18-asr oxiri ? 19-asr boshida Chex tili 16?17-asrlar adabiyoti asosida qayta tug?iladi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Chex tili" O?zME . Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil