Birlashgan Qirollik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Britaniya dan yo?naltirildi)
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
United Kingdom of Great Britain and Nothern Ireland 1
Shior Dieu et mon droit
(Fransuzcha: Xudo va mening huquqim)
Madhiya :   Xudo shohni saqlasin
Location of Birlashgan Qirollik
Poytaxt London
Eng katta shahar London
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdo?stlik
Qirol
Charles III
Rishi Sunak
Mustaqillik
Angliya va Shotlandiya qirolliklar birlashishi
26 mart 1707
Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashishi
1-yanvar 1801
Maydon
? Butun
244,820 km 2 ( 78-o?rin )
? Suv (%)
1.34
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
59,553,800 ( 22-o?rin )
Zichlik 243/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 1,869,000 mil. ( 6-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 31,383
Pul birligi Pound Sterling ( GBP )
Vaqt mintaqasi UTC +0
? Yoz ( DST )
UTC +1
Qisqartma UK
Telefon prefiksi 44
Internet domeni .uk , .gb , .co.uk

Buyuk Britaniya , Britaniya , ( inglizcha : Great Britain ) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi ( inglizcha : United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland ) ? Shimoli-G?arbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. G?arbdan Atlantika okeani , sharqdan Shimoliy dengiz o?rab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan ko?pincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km 2 . Aholisi 68.081 million [1] kishi (2020-yil). Poytaxti ? London shahri.Buyuk Britaniya yuqori rivojlangan davlat hisoblanadi.Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil bo?lgan 4 ma?muriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil ma?muriy hudud hisoblanadi [2] .

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig?i qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yo?q. 1215-yilgi Ulug? Erkinliklar partiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi to?g?risidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat a?zolari parlament a?zolaridan bo?lishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya o?zining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya ma?muriy muxtoriyat huquqiga ega bo?lib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya o?tmishda Britaniya imperiyasi tarkibida bo?lgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdo?stlikka boshchilik qiladi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollikning yer yuzasi asosan pastgekislik. Angliyaning shimoli-g?arbi tog?likdan, markazi va janubi-sharqi tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirg?og?i egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga bo?lib turgan Shimoliy Shotlandiya tog?ligidan iborat. Bu ikkala qismning janubida (Grampian tog?lari) mamlakatning eng baland cho?qqisi ? Ben-Nevis (1343 m) ko?tarilib turadi. Grampian tog?laridan janubida Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Janubiy Shotlandiya qiri (balandligi 842 m gacha) joylashgan. Ulardan g?arbda Kamberlend tog?lari (Skofell tog?i, 978 m) qad ko?targan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda ? Uels yarim orolning g?arbida Kembriy toglari (Snoudon tog?i, 1085 m) bor. Angliyaning g?arbiy qirg?og?ida keng qo?ltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va janubiy qismlarida pasttekisliklar (Shim.

Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (balandligi 200- 300 m) bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va boshqalar) iborat.

Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshko?mir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning Birlashgan Qirollik qirtog?i yaqinida tabiiy gaz konlari bor.

Birlashgan Qirollikda mo?tadil dengiz iqlimi xukmron; u seryog?in, o?zgaruvchan, tez-tez shamol bo?lib turadi. Janubi-g?arbida yanvarning o?rtacha temperaturasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shimoli-g?arbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimoliyda iyulning o?rtacha temperaturasi 13°, janubi-sharqda 16,5°. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida ba?zan ?18° gachatushadi. Yog?in yil davomida deyarli bir me?yorda (kuz va kishda bir oz ko?proq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda ko?proq yog?adi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning tog?li joylarida yog?in eng ko?p (1000-1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yog?adi. Janubi-sharqda 600-750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar ko?p, Kishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7?10 kun) tushadi. Daryolari ko?p, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari ? Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomg?ir suvlaridan to?yinadi; kuz va qishda to?lib oqadi, yaxlamaydi, ko?pchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Tog?larida ko?llar ko?p. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo bo?lgan. Eng yirik ko?llari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim.da tog?podzol tuproq, tog? tepalarida tog?tundra tuproq, pasttekisliklarda, shimoli-g?arbda va shimolida chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va janubida qo?ng?ir o?rmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shimolida tayga va aralash o?rmonlar (qarag?ay, dub, oq qayin), janubida keng bargli o?rmonlar (dub, grab, shumtol) Usadi. O?rmonlar Birlashgan Qirollik maydonining 9 % ida qolgan. O?tloqlar hamma joyda uchraydi. Tog?larning yuqori mintaqalarida tog? o?tloqlari va torfzorlar bor. O?rmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, o?rdak, qizilishton, karqur va boshqa bor. Milliy bog?lar, o?rmon qo?riqxonalari mavjud.

Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor. Davlat tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til ? ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Hozirgi Birlashgan Qirollik hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari ? brittlar yashagan. Mil.av. Britaniya orollarining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay qismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, ?Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016?42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida bo?lgan.

1066-yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan so?ng mamlakatda feodal yer egaligi paydo bo?lib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10?11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo bo?la boshladi. 12?13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265-yil paydo bo?lgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo bo?ldi. Angliya bilan Fransiya o?rtasida bo?lib o?tgan Yuz yillik urush (1337?1453) oqibatida soliqlarning ko?payishi va 1348?49 yillardagi vabodan so?ng aholi ahvolining og?irlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qo?zg?oloniga sabab bo?ldi. Qo?zg?olon mag?lubiyatga uchragan bo?lsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki bo?ldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqunligi batamom yo?qotildi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va o?rta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab bo?ldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485?1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning ko?payishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xo?jaliklari xonavayron bo?ldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qo?yilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bo?lib berildi. 16-asr 2-yarmi ? 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo bo?ldi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya g?olib chiqdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603?25; Karl I, 1625?49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda g?alaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xo?jaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga to?siq bo?lib turgan g?ovlarni yo?qotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yo?l ochdi. 17-asr oxirida Birlashgan Qirollikda yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo bo?ldi. 18-asr o?rtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga o?tish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida Birlashgan Qirollik hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi ? tori bilan vigi shakllandi. 19-asr o?rtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.

17?18-asrlarda Birlashgan Qirollik Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun bo?lgan urush (1775?83) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri ? 19-asr boshlarida Birlashgan Qirollik inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo?ldi. Fransiyaning mag?lubiyatidan Birlashgan Qirollik burjuaziyasi o?z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814?15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar Birlashgan Qirollikga o?tdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg?arilib, sanoatda to?ntarish yasashga zamin tayyorlandi.

19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30?40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati ? chartizm keng avj oldi. Birlashgan Qirollik hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni ko?paytirishga qaratildi. Birlashgan Qirollik Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afg?onistonga qarshi (1838?42, 1878?80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857?60), Irlandiya (1848?67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qo?zg?olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qo?zg?olonini (1851?64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri bo?ldi. 1878-yil Kipr o.ni, 1882-yil Misr, 1898-yil Sharqiy Sudanni, 1899?1902-yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.

20-asr boshlariga kelib Birlashgan Qirollik iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. Birlashgan Qirollik bilan Olmoniya o?rtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida g?olib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga o?z mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda Birlashgan Qirollik Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929?1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Birlashgan Qirollik iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938-yil Birlashgan Qirollik hukumati Myunxen shartnomasiga qo?shilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yo?l ochdi. 1939-yil 3-sentabrda Birlashgan Qirollik Olmoniyaga urush e?lon qildi. Urush Birlashgan Qirollikning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan so?ng Birlashgan Qirollik mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning o?rtalarida Birlashgan Qirollikning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Qirollik hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945?51, 1964?70, 1974?1979) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979-yildan) partiyasi boshqardi. Birlashgan Qirollik 1945 ydan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 18-fevralda o?rnatgan. Milliy bayrami ? Qirolicha tug?ilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Leyboristlar partiyasi, 1900-yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867-yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925-yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928-yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988-yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq a?zolari tomonidan tuzilgan; So?l demokratlar partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan.

Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi ? Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868-yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897-yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899-yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973-yil tashkil etilgan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollik ? iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, o?rmon va baliq xo?jaligi, 70,2 % ni xizmat ko?rsatish tarmog?i beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bog?langan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qo?ldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qo?ldan boy berishga yoki sotishga majbur bo?ddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ?tushirilishi ko?pdanko?p behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948-yilda Birlashgan Qirollik ulushi 11,9 % edi, 1968-yilda 7,4 % ga tushib qoldi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollik eksportining 90 % ni sanoat ta?minlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta o?zgarishlar sodir bo?ldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik ? sanoatning muhim tarmog?i, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, ma?danli o?g?it, bo?yoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab chiqarish), to?qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari bo?yicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining ko?pchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari ? London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari ? Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari ? Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim. G?arbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qo?ltig?i sohillarida, to?qimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. Birlashgan Qirollikda yiliga o?rtacha 48,2 mln. tonna toshko?mir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna po?lat ishlab chiqariladi.

Qishloq xo?jaligida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. Birlashgan Qirollik qishloq xo?jaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga bo?lgan ehtiyojining 75 %ini ta?minlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmog?i ? chorvachilik. Birlashgan Qirollikda 12 mln. qoramol, 7,5 mln. cho?chqa, 41,5 mln. qo?y, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin ? g?alla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bog?dorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollik laruzunligi 32 ming km. Asosiy temir yo?l uzeli ? London; undan 11 tomonga temir yo?l ketgan. Birlashgan Qirollik larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2o?rinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1o?rinda. 368,8 ming km avtomobil yo?li bor (1990-yillar oxirlari). Yo?lovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va boshqa

Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmog?i beradi. Birlashgan Qirollik chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, po?lat, toshko?mir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari ? Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi ? funt sterling.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollik sog?liqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin o?rinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam ko?rsatadi (1990-yillar o?rtalari). Kasalxonalarda pulli o?rin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Birlashgan Qirollikda Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor.

Maorifi va madaniy-ma?rifin muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollikda boshlang?ich va to?liqsiz o?rta ta?lim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlang?ich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha o?qiladi. O?rta maktablar asosan 3 turga: 5?7 yillik grammatik maktablar, 5 (ba?zan 7) yillik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy maktablarga bo?linadi. O?quvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin ta?limni kollej, universitet va boshqa oliy o?quv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. Birlashgan Qirollikda 79 universitet, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi universitetlari Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlaridir.

Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va boshqa Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va boshqa

Ilmiy muassasalarn. B.B. fani taraqqiyotida Oksford (1167) va Kembrij (1209) universitetlari katta ahamiyatga ega. 1662-yilda London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat Birlashgan Qirollik fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega bo?ldi. 1675-yil Grinvichda Birlashgan Qirollikning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi ? Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945-yildan boshlab ilmiy tadqiqot markazlari kupaya bordi. 1990-yil o?rtalarida 50 ga yakln universitet va kollejlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususiy sanoat laboratoriyalari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan ko?pini bajaradi. Ko?p firmalarda (500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib bori l ad i. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda ikki baravardan ko?proq ortdi. Davlat tadqiqot institutlari va markazlari ham mavjud. 1954-yilda yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat institutlari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va boshqa sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. Birlashgan Qirollikning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat to?g?risidagi bilimlarni rivojlantirish bo?yicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik san?at akademiyasi, Britaniya akademiyasi, Birlashgan Qirollik Klrollik instituti, Angliya va ingliz tili to?g?risidagi bilimlarni yoyish bo?yicha Britaniya kengashi (hammasi London shahrida), Edinburg qirollik jamiyati.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

B.B.da juda ko?p gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: ?Gardian“ (?Posbon“, kundalik gazeta, 1821-yildan), ?Deyli meyl“ (?Kundalik pochta“, kundalik gazeta, 1896-yildan), ?Deyli star“ (?Kundalik yulduz“, kundalik gazeta, 1978-yildan), ?Tayme“ (?Vaqt“, kundalik gazeta, 1785-yildan), ?Vumen“ (?Ayol“, xotinqizlar uchun suratli haftanoma, 1932-yildan) va boshqa Birlashgan Qirollikda Press Assoshieyshn (ichki axborot to?plashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi axborot agentligi, 1868-yilda asos solingan), Reyter (xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1851-yilda tashkil etilgan; asoschisi Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi) matbuot agentliklari bor.

Birlashgan Qirollikda radioeshittirishlar 1922-yildan, teleko?rsatuvlar 1936-yildan olib boriladi. Birlashgan Qirollikda 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv korporatsiyasi ? ?British Brodkasting Korporeyshn“ ? Bibisi 1922-yilda tashkil etilgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ingliz adabiyoti 5?6-asrlarda vujudga kela boshlagan. 5?11-asrlarda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida ?Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. Birlashgan Qirollikni normannlar zabt etgach (11-asr), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-asrning ikkinchi yarmiga kelib, o?rta ayerlar Birlashgan Qirollik adabiyoti yuqori bosqichga ko?tarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan Birlashgan Qirollik adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani an?analari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning ?Qo?shchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning ?Kenterberi hikoyalari“da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uyg?onish davri Birlashgan Qirollik adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning ?Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser she?rlari yuzaga keldi. ?Yakov IV“, ?Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), ?Ulug? Temur“, ?Doktor Faustning fojiali tarixi“, ?Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uyg?onish davri Birlashgan Qirollik adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bog?liqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi ? burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, ma?naviy o?zgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari (?Hamlet“, ?Otello“, ?Qirol Lir“, ?Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining so?nggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va ?Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon bo?ldi.

18-asr ingliz ma?rifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilg?or g?oyalarni targ?ib qilish xosdir. Bu davrda she?riyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi (?Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zo?r irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi (?Robinzon Kruzo“). 19-asr Birlashgan Qirollik adabiyotidagi asosiy adabiy yo?nalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilg?or romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning ?Puritanlar“, ?RobRoy“, ?Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning o?tmishi, urfodati, siyosiy kurashlari o?z ifodasini topdi. Ch. Dikkens (?Oliver Tvist“, ?Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey (?Snoblar kitobi“, ?Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-asrning oxiri Birlashgan Qirollik adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo bo?ldi.

19-asrning oxiri, 20-asrning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-asr tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich bo?ldi. 20-asrning ikkinchi yarmida dekadentlik va boshqa reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz o?girib, voqelikni to?g?ri ko?rsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi.

Birlashgan Qirollik adabiyotining eng yaxshi namunalari o?zbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning ?Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning ?Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint ?So?na“ romanlari va boshqa

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollikda misjez davriga mansub ibtidoiy me?moriy yodgorliklar (Stonxenj ? megalit inshooti) va o?rta asrda qurilgan Vinchester, Norij va boshqa ibodatxonalar mavjud. Me?morlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga bo?linadi: roman (11? 12-asrlar); gotika (12?15-asrlar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels shaharlaridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15?16-asrlar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari ko?proq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur me?morlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-asr), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish (?Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va boshqalar) avj oldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida shaharlar qurish (?bog?shahar“, ?yo?ldoshshahar“ ? E. Govarx, R. Envin kabi me?morlar), maktab, turar joy, maishiyma?muriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va boshqa me?morlar) kjsaldi. 20-asr boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa bo?ylab bu oqim inqirozga uchradi va boshqa (?formalistik“ va ?yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi me?morlar zamonaviy me?morlikning rivojlanishiga hissa qo?shdilar.

Tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

7? 12-asrlarda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh o?ymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-asrga mansub ibodatxonalarda haykalchalar o?rnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-asr rassomligida portret salmoqli o?rin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret san?atini yaratdilar.

18-asr birinchi yarmida paydo bo?lgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U o?sha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-asr ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuyg?ularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo bo?ldi.

19-asr birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat ishxonalari bilan to?la shaharlar, ko?mko?k maysazor dalalar, o?rmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng o?rin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, o?tgan zamonni qo?msab o?rta asr qo?l mehnati (badiiy hunarmandlik ishxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targ?ib qildilar. 19-asr o?rtalaridagi realistik san?at X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon bo?ldi.

19-asr oxiri, 20-asr boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo bo?ldi. Bu san?at M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va boshqa rassomlar ijodida o?z ifodasini topdi. 20-asrning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar o?z asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bag?ishlagan.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollik musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qo?shikchilari ijodida ballada (doston qo?shig?i) asosiy o?rin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. Birlashgan Qirollik polifonik musiqasining ilk namunalari 11 ?12-asrlarda paydo bo?ldi. Bular J. Dansteybl (15-asr) ijodida rivojlandi. Uyg?onish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-asrda U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone Birlashgan Qirollikning mashhur kompozitorlari bo?lishdi. 17-asrning oxirida G. Pyorsellnit ?Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-asrda Birlashgan Qirollikda G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari (?KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.

19-asr oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida ko?zga ko?rinarli o?ringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol o?ynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi Birlashgan Qirollikning asosiy musiqa o?quv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967-yilda ochilgan Elizabeth nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qo?yiladi. Mashhur ?Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qo?shdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, ?Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va boshqa 20-asrning atoqdi musiqachilaridir.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollik teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bog?liq o?yinlar va urfodatlardan boshlanadi. O?rta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uyg?onish davrining insonparvarlik g?oyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-asr oxiri ? 17-asr boshi Birlashgan Qirollik teatrining ?oltin davri“ bo?ldi. Bu davrda 3 xil teatr bo?lgan: havaskor hunarmandlar teatri, ?maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-asrga kelib, teatr ma?rifatparvarlik g?oyalarini targ?ib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr (?DruriLeyn“, ?KoventGarden“) asosiy o?rinni egalladi. 19-asr dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga o?tdi. Londonda ?Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961-yildan Kirollik Shekspir teatri), ?Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. Birlashgan Qirollik teatrida sahnaviy realizm ?Kort“ teatri (20-asr boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qo?yildi. 20-asrning 30?40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning ?Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) ?jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963-yil Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissorlar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud Birlashgan Qirollik teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. Birlashgan Qirollikdagi teatr o?quv yurtlari: Qirollik drama san?ati akademiyasi (1904-yildan), Bristol universitetining teatr fakulteti.

Birlashgan Qirollikda teatr raqsi o?rta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol o?ynadi. Birlashgan Qirollikda ?Qirollik baleti“, ?Balle Ramber“, ?Londone festival balle“, ?Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.

Birlashgan Qirollik sirki 18-asrda laydo bo?lib, F. Astley (1742?1814) ijodida yuqori pog?onaga ko?tarildi. U ot o?ynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol o?ynadi. Birlashgan Qirollikda yezda ko?chma sirklar ishlaydi.

Kino [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birlashgan Qirollikda kino ishlab chiqarish 1896-yildan boshlandi. 1929-yil birinchi tovushli film ?Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932-yilda tashkil etgan ?London filme“ firmasi Birlashgan Qirollik va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi (?Pigmalion“, rejissor A. Askvit, ?39 qadam“, rejissor A. Xichkok kabi). Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda (?Mag?rur vodiy“, rejissor P. Tennisson, ?Pastor Xoll“, rejissor R. Boulting, ?Yong?inlar boshlandi“, rejissor X. Jennings) ilg?or tamoyillar kuchaydi. Urushdan so?ng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), ?Richard III“, rejissor L. Olivye, ?Oliver Tvist“, rejissor D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda ?Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 6070-yillarga oid ?O?ziga xos ishq“ (rejissor J. Shlezinger), ?Yolg?onchi Billi“, ?Sportchilar hayoti“ (rejissor L. Anderson), ?Qanday saodatli kun edi“ (1972), ?Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem Birlashgan Qirollik kinosining mashhur artistlaridir.

O?zbekiston ? Birlashgan Qirollik munosabatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Buyuk Britaniya“ . The World Factbook . CIA. 7-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 3-noyabr 2011-yil. ( Wayback Machine saytida 7-yanvar 2019-yil sanasida arxivlangan ) (ingl.)
  2. ?Buyuk Britaniya haqida ma?lumot“ . 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2021-yil 3-may.