Bishkek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bishkek

qirg?izcha : Бишкек
shahar, Qirg?iziston poytaxti
[[File:||132px]]
[[File:||132px]]
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
42°52′0″N 74°34′0″E  /  42.86667°N 74.56667°E  / 42.86667; 74.56667  G  O Koordinatalari : 42°52′0″N 74°34′0″E  /  42.86667°N 74.56667°E  / 42.86667; 74.56667  G  O
Mamlakat Qirg?iziston
Hukumat
 ?  Mer Aziz Surakmatov
Asos solingan 1825
Ilk eslatilishi 1864
Avvalgi nomlari Pishpek ( 1926-yilgacha )
Frunze ( 1926 - 1991 )
Maydon 1,699 km 2 (656 mi²)
Markazi balandligi 750?900 m
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
  (2012)
1 088 900 [1]
Zichligi 5066 kishi/km 2
Milliy tarkib qirg?izlar ? 74.36 %
ruslar ? 16.07%
uyg?urlar ? 1,56 %
o?zbeklar ? 1,36 %
tatarlar ? 1,15 %
koreyslar ? 1,21 %
qozoqlar ? 1,0 %
ukrainlar ? 0,45 %
dunganlar ? 0,52 %
(2019)
Etnoxoronim bishkeklik, bishkekliklar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996 312
Pochta indeks(lar)i 720000
Avtomobil kodi B, E
Bishkek xaritada
Bishkek
Bishkek

Bishkek ( 1926-yilgacha Pishpak, 1926?1991-yillarda Frunze) ? Qirg?iz Respublikasining poytaxti . Yirik sanoat-transport tuguni, Qirg?izistonning iqtisodiy va madaniy markazi. Chu vodiysida, Qirg?iziston tizmasining shimoliy etagida, 700?900 m balandlikda joylashgan. Yanvarning o?rtacha harorati ? 5,4 °C, iyulniki 24,4 °C. O?rtacha yillik yog?in 471 mm. Shahar maydoni 18,4 ming ga. Aholisi 874 400 kishidan ko?proq (2012).

Hududiy bo?linishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bishkek

Bishkek 4 ma?muriy tumanga bo?lingan.

  • oktabr tumani ? 242 382 (2009)
  • Pervomayskiy tumani ? 175 894 (2009)
  • Sverdlovskiy tumani ? 231 801 (2009)
  • Lenin tumani 1  ? 201 626 (2009)
    • Chon-Arik shahar tipidagi qishloq ? 9 724 (2009)
    • Orto-Say qishlog?i (ail)  ? 4 100 (2009)

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Hozirgi Bishkek o?rnida 1825-yil qo?qonliklar tomonidan Pishpak (qo?qonlik tarixchilar asarlarida Pishkak) qal?asiga asos solingan. 1860 va 1862-yillarda rus qo?shinlari Ashtak dovoni orqali bostirib kelib qal?ani egallagan va butunlay vayron qilgan. 1864-yilda Bishkek o?rnida Pishpak rus harbiy istehkomi barpo etildi. Tez orada Bishkek orqali Yettisuv savdo trakti ( Toshkent  ? Semey ) vujudga keldi. 1878-yildan Bishkek Yettisuv viloyatining uyezd shaqri. Mayda oziq-ovqat va ko?n sanoati korxonalari bo?lgan. Aholisi savdo-sotiq, kirakashlik, bog?dorchilik, sabzavotchilik va g?allachilik bilan shug?ullangan. Pishpak 1918-yildan Turkiston Muxtor Respublikasi tarkibida, 1924-yildan Qora qirg?iz ( 1925-yildan Qirg?iziston) muxtor viloyatining markazi. Bishkek 1926-yildan  ? Qirg?iziston Muxtor Respublikasining, 1936-yildan Qirg?iziston Respublikasining poytaxti.

Bishkekda 1941?1945-yillar urushi davrida yangi sanoat korxonalari qurilib front uchun qurolyarog?lar ishlab chiqarilgan. Metallsozlik va mashinasozlik rivojlandi, urushdan keyin Bishkek Qirg?izistonning eng yirik industrial markaziga aylandi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shaharda 94 sanoat korxonasi, 2,7 ming kichik korxona, 42 assotsiatsiya, 2 konsorsium, 365 firma, 10 birja, 69 aksiyadorlik jamiyati, 494 mas?uliyati cheklangan jamiyat, 18 tijorat banklari, 8 konsern va 4 korporatsiya bor. Kime, kimyofarmatsevtika sanoati korxonalari, ?Qirg?izmebel“ birlashmasi, uysozlik kombinatlari, temirbeton buyumlar zavodi, issiqlik elektr markazi ishlab turibdi. Bishkek Buxoro  ? Toshkent ? Almati gaz quvuri orqali gaz bilan ta?minlangan. 2 ta temir yo?l vokzali, ?Manas“ xalqaro aeroporti bor. Temir yo?l orqali Taraz shahri (sobiq Avliyoota) bilan bog?langan.

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shahar me?morligi 1872-yilgi dastlabki reja bo?yicha shakllanib, to?g?ri burchakli kesishgan ko?chalar bilan birga uncha katta bo?lmagan mahallalarga bo?lingan. Uylar, asosan, paxsa va sinchdan bir qavatli qilib qurilib, somonli loy bilan suvalgan. 20?40-yillarda Madaniyat vazirligi binosi (1926), Hukumat uyi (1934), Tibbiyot instituti (1939) va viloyat ijroiya qo?mitasi binolari (1938) qurilgan. Bishkekni qayta qurish rejalariga (1939, 1948?58, 1971) ko?ra shahar ko?chalari kengaytirildi, mikrorayonlar barpo etildi. Shaharda 2?4 qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50?70-yillarda Tinchlik prospektida yangi mikrorayonlar vujudga keldi. Opera va balet teatri (1955), shahar kutubxonasi (1957?1962), shahar markazidagi maydonda binolar ansambli (1956), qishloq xo?jaligi vazirligi (1954?1960), Sport saroyi (1974), Tasviriy san?at muzeyi (1974) binolari bunyod etildi.

Ijtimoiy soha [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ta?lim sohasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1996/97 o?quv yilida 77 umumiy ta?lim maktabida 93,3 ming o?quvchi, hunartexnika bilim yurtlarida 5,7 ming o?quvchi, o?rta maxsus o?quv yurtlarida 11,7 ming o?quvchi o?qidi, maktabgacha tarbiya muassasalarida 16,2 ming bola tarbiyalandi [2] .

Shaharda 8 oliy o?quv yurti (Qirg?iziston milliy universiteti, Qirg?iziston ? Rossiya slavyan universiteti, texnika universiteti, qishloq xo?jaligi akademiyasi, tibbiyot akademiyasi, Xalqaro institut, fizkultura instituti, san?at instituti) faoliyat ko?rsatadi. Yangi kollej, litsey va gimnaziyalar, xalqaro, davlatxususiy maktablari ochilmoqda. Bishkekda Milliy Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy tadqiqrt institutlari mavjud [3] .

Qirg?iziston Respublikasi davlat kutubxonasi, 22 yirik ommaviy kutubxona, 7 muzey, 6 teatr, 10 kinoteatr, ?Qirg?izfilm“ kinostudiyasi ishlab turibdi (90-yillar oxirlari).

Matbuoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Teatr Milliy kutubxona san?at muzeyi Qirg?iz filarmoniyasi

Bishkekda ?Qirg?iziston“ Matbuot uyi, Qirg?iziston ensiklopediyasi Bosh tahririyati, ?Ilim“ nashriyoti, yirik poligrafkombinat, respublika axborot organi ? Qirg?iziston telegraf agentligi joylashgan. Respublikada 128 gazeta, 15 jurnal chop etiladi. 1974-yildan ?Bishkek oqshomi“ shahar gazetasi nashr etiladi. Mahalliy radioeshittirishlar qirg?iz va rus tillarida olib boriladi.

Sog?liqni saqlash xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

9680 o?rinli 32 kasalxonada 3792 vrach va 7253 dan ziyod o?rta ma?lumotli tibbiy xodim ishladi (90-yillar oxirlari). Bishkek va uning atrofida Issiqota kurorti, kardiologiya sanatoriysi, dam olish uylari, profilaktoriylar joylashgan. Bishkek ? respublikada turizm markazi. Turistik mehmonxona va bazalar bor. Boshqa respublikalar va mamlakatlar bilan temir yo?l, avtomobil, havo yo?llari orqali bog?langan. [4]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. http://www.stat.kg/ru/statistics/download/operational/769/
  2. В Бишкеке возведут крупнейшую мечеть в Центральной Азии 01.02.2012 Алла Кученко // Российская газета
  3. Религиозное положение в Бишкеке ? Сайт мэрии города Бишкек , 4?mart 2016?yilda asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 13?aprel 2013?yil {{ citation }} : no-break space character in |title= at position 32 ( yordam ) CS1 maint: date format ()
  4. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil