한국   대만   중국   일본 
Bagam orollari - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Bagam orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Bagama orollari dan yo?naltirildi)
Bagam orollari
Commonwealth of The Bahamas
Shior Forward upward onward together
Oldinga, Yuqoriga, Birgalikda Olg?a
Madhiya :   March On, Bahamaland
Location of Bagam orollari
Poytaxt Nassau
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdo?stlik
Rohib
Qirolicha Yelizaveta II
Artur Dion Hanna
Perri Kristi
Mustaqillik ( Buyuk Britaniyadan )
? Sana
10-iyul 1973
Maydon
? Butun
13,940 km 2 ( 160-o?rin )
? Suv (%)
28
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
301,790 ( 177-o?rin )
Zichlik 21/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 5,696 mil. ( 154-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 18,874
Pul birligi Bagam Dollari ( BSD )
Vaqt mintaqasi UTC ?5
? Yoz ( DST )
UTC ?4
Qisqartma BF
Telefon prefiksi 1 242
Internet domeni .bs

Bagama orollari (Bahamas), Bagama Orollari Hamdo?stligi (Commowealth of the Bahamas) ? Mapkaziy Amerikadagi davlat. BMT a'zosi. Karib dengizida, Florida yarim orokning janubi-sharqida. 700 oroldan iborat Bagama arxipelagida joylashgan. Maydoni 13,9 ming km². Aholisi 284 ming kishi (1996). Aholining o?rtacha zichligi 1 km²ga 16 kishi. Ularning 80% negrlar va duragaylar. Aholining 58% shaharlarda yashaydi. Mamlakat poytaxti Nassau shahri. Rasmiy tili ? ingliz tili. Dindorlarning aksariyati protestantlar.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bagamalar ? konstitutsiya-00?1700 mm gacha yog?in yog?adi. Maydan oktabr gacha yog?ingarchilik ko?p bo?ladi. Tez-tez dovullar bo?lib turadi. Sho?r ko?llar ko?p. Tuprog?i laterit toifasiga oid. Doim ko?m-ko?k tikanli butalar, qarag?ay o?rmonlar, sohilda kokos yong?og?i o?sadi. Qushlar ko?p. Atrofdagi dengizlar baliqqa boy. Orollarda ohaktosh, tuz va argoniy qazib olinadi, neft konlari qidirilmoqda.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bagamalar tub joy aholisi indeyslar bo?lgan. 1492-yil X. Kolumb ekspeditsiyasi Yangi Dunyoga yetib kelib, arxipelagning sharqiy orollaridan biriga tushgan va uni ispanlar San-Salvador deb ataganlar. Bagama indeyslarining taqdiri fojiali bo?lgan. Ispanlar ularni Kuba va Espanolu (Gaiti)ga olib borib, ruda konlarida ishlatishgan. Ular shu yerlarda qirilib ketishgan. 1629-yil inglizlar orollarni bosib olganida bu yerda aholi yo?q edi. 1782-yil Bagama yana ispanlar tomonidan bosib olindi. Ammo 1783-yildan u butunlay Angliya mustamlakasiga aylandi. 17?18-asrlarda ko?pgina inglizlar o?zlarining negr qullari bilan birga bu yerga ko?chib keldilar va plantatsiya xo?jaligini rivojlantira boshladilar. 19-asr oxirlaridan Bagamaga AQSH ishbilarmonlari kela boshladilar, lekin sarmoyani sarflaydigan ish topa olmadilar. 1946-yildan sayyohlar yopirilib kela boshladi, 50-yillar oxiriga kelib, ularning oqimi ayniqsa kuchaydi. Bagamalar AQSH va Yevropaning qishki oromgohi bo?lib qoldi. Bu yerda ulkan mehmonxonalar, ko?ngilochar muassasalar qurildi. Soliq sohasidagi imtiyozlarga qiziqqan Amerika kompaniyalari sayyohlikni rivojlantirishga katta mablag? sarfladi. Keyinchalik ko?pgina xorijiy bank va firmalar o?z ofislarini ochishdi. Bagamalar G?arbiy yarim sharning yirik moliyaviy markazi bo?lib qoldi. 1964-yilda Buyuk Britaniya Bagamalar ga ichki mustaqillik berishga majbur bo?ldi. 1973-yilda Bagamalar mustaqil deb e’lon qilindi. Bagamalar 1973-yildan BMT a’zosi. Milliy bayrami 10-iyul ? Mustaqillik kuni.Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Ilg?or liberal partiya, 1953-yilda tuzilgan; Erkin milliy harakat, 1972-yilda tuzilgan; Bagamalar Hamdo?stligi kasaba uyushmalari kongressi.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bagamalar ? agrar mamlakat. Iqtisodiyotning asosi ? plantatsiya dehqonchiligi. Bagamalar oziq-ovqatga bo?lgan ehtiyojning atigi 25% ni qondiradi. Apelsin, banan, ananas, mango, pomidor, bodring, shakarqamish, sizal yetishtiriladi. Qo?y, qoramol, echki, cho?chqa, uy parrandasi boqiladi. Baliq, dengiz jonivorlari ovlanadi. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ko?prog?i sayyohlarga xizmat ko?rsatish bilan band. Katta Bagama o.dagi neftni qayta ishlash zavodi yiliga 25 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Bagama importining 85% ni xom neft tashkil etsa, eksportining 90% neft mahsulotlaridan iborat. Bagamalarda sement va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy dengiz porti ? Nassau shahri Mamlakat doridarmon, sement, rom, tuz ham eksport qiladi; asbob-uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib oladi. AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada kutubxonasi 6b-n tashqi savdo munosabatlari olib boradi. Pul birligi ? Bagama dollari.

Bagamalarda "Nassau gardian" ("Nassau posboni", 1844-yildan), "Nassau deyli tribyun" ("Nassau minbari", 1903-yildan) gazetalari, "Ofishl gazett" ("Rasmiy gazeta") hukumat haftanomasi, "Behamian revyu megezin" ("Bagama sharhi", 1952-yildan) jurnal chiqadi. 1936-yilda radio va teleko?rsatuvlar kompaniyasi tashkil etilgan.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil