한국   대만   중국   일본 
Avstriya-Vengriya imperiyasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Avstriya-Vengriya imperiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avstriya-Vengriya imperiyasi
nemischa : Osterreich-Ungarn
veng. : Ausztria-Magyarorszag

Imperiya

15-mart 1867-yil  ? 12-noyabr 1918-yil


Fuqarolik bayro?i Avstriya-Vengriya gerbi
Shiori
lotincha : Viribus Unitis
(≪Birlashgan harakat≫)
hamda
lotincha : Indivisibiliter ac Inseparabiliter
(≪Bo?linmas va ajralmas≫)
Madhiya
nemischa : Gott erhalte, Gott beschutze
( ≪Боже, храни, Боже, защищай≫ )

Avstriya-Vengriya 1908 ? 1918 -yillarda
Poytaxti Vena , Budapesht
Til(lar)i nemis, venger
Dini katolik,
provaslav, kalvinizm, yahudiylik, lyuteranlik va islom (1908-yildan keyin) [1]
Pul birligi gulden, krona (1892-yildan)
Maydoni 676 615 km²
Aholisi 52 749 900 kishi
Boshqaruv shakli qo?shhokimlik
Sulola Gabsburg-Lotaringlar

Avstriya Imperatori, Vengriya apostol qiroli, Bogemiya qiroli va b.
 - 1848-1916 Frants Iosif I
 - 1916-1918 Karl I
Avstriya Vazir-Prezidenti
 -  Fridrix fon Beyst
O?tmishdagilar:
Vorislar:
Avstriya Imperiyasi
German Avstriyasi
Vengriya Demokratik Respublikasi
Italiya Qirolligi (1861?1946)
Birinchi Chexslovakiya Respublikasi
Sloven, xorvat va serblar davlati
Polsha Respublikasi (1918?1939)
Ruminiya Qirolligi
G?UXR
Gutsul Respublikasi
Komancha Respublikasi
Baranya-Bayya Serb-Venger Respublikasi
Lemklar Rus Xalq Respublikasi
Tarnobjeg Respublikasi

Avstriya-Vengriya imperiyasi ? Avstriya va Vengriyaning hukmron sinflari o?rtasidagi bitim asosida 1867-yilda Avstriya imperiyasini qayta tuzish natijasida tashkil topgan dualistik (birlashgan ikki davlatli) monarxiya. Bu monarxiya: Avstriya (Sis-leytaniya) va Vengriya qirolligi (Transleytaniya)dan tashkil topdi. Avstriya tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya, Bukovina va boshqa yerlar, Vengriya qirolligiga Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniya va boshqa yerlar kirdi. O?sha yili yangi konstitu-siya qabul qilindi. Avstriya-Vengriya imperiyasi hokimiyatini Avstriya imperatori boshqardi (u Ven-griya qiroli degan unvonga ham ega edi). Imperator hokimiyati rasman Avstriyada reyxstag, Vengriyada seym tomonidan che-klandi. Butun imperiya bo?yicha uch minis-trlik: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy va dengiz; 3) moliya ministrliklari tashkil etildi. Harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari imperiyaning har ikki qismida ham mavjud edi. Boshqa minis-trliklar Avstriyada ham, Vengriyada ham mustaqil ish yuritgan. 1867-yil bitimiga binoan, Vengriya o?z parlamentiga, ministrliklariga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatga ega bo?ldi. Birinchi jahon urushida Avstriya-Vengriya imperiyasining mag?lubiyati va milliy ozodlik kurashlari natijasida 1918-yilning oxirida Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi. Avstriya-Vengriya imperiyasi o?rnida Avstriya, Vengriya, Chexoslo-vakiya davlatlari tuzildi, hududning bir qismi esa Yugoslaviya, Ruminiya va Polsha tarkibiga kiritildi. [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]



Imperiya aholisi asosan buysundirilgan slavyanlar xalqi tashkil etgan