한국   대만   중국   일본 
Aryana Said - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Aryana Said

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aryana Said
Tavalludi 14-iyul 1985-yil ( 1985-07-14 ) (38 yosh) [1]
Fuqaroligi Afg?oniston
Kasbi
  • Qo‘shiqchi
  • Musiqachi
  • Shoira
  • Xayriyachi
  • Xayrli niyat elchisi
Faoliyat yillari 2007-yildan
Veb-sayti facebook.com/aryanamusic

Aryana Sayid ( dariy / pushtucha : ?????? ????) ? afg?on qo?shiqchisi, qo?shiq muallifi va teleboshlovchi. U asosan dariy tilida kuylaydi, pushtu va o?zbek tilida ham ko?p qo?shiqlari bor. U Afg?onistonning eng mashhur musiqachilaridan biri bo?lib, [2] Afg?oniston ichida va undan tashqarida konsert va xayriya festivallarida muntazam qatnashadi. 1TV va TOLO tarmog?i musiqiy teleko?rsatuvlarida boshlovchilik qilgan, shuningdek, realiti-shoularda chiqish qilgan [3] [4] .

Bolaligi va ta?lim [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Said 1985-yilda Afg‘onistonning Bomiyon shahrida tug‘ilgan [5] . 8 yoshida ota-onasi bilan Afg‘onistonni tark etgan va Pokistonning Peshovar shahrida yashab, qisqa muddat Shveytsariyada , keyin esa Londonda yashadi [6] . 12 yoshida musiqa maktabiga o?qishga kirdi.

Musiqiy karyerasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Saidning 2019-yilda sahnaga chiqishi

Saidning 2008-yildagi birinchi singli ?MashAllah“ edi. Uning karyerasidagi burilish nuqtasi 2011-yilda "Afgan Pesarak" qo?shig?i chiqqanidan keyin sodir bo?ldi [7] . Aryana Said Afg?onistondan tashqaridagi ko?plab afg?on xonadonlarida mashhur bo?ldi va butun dunyo bo?ylab ko?plab konsertlarda chiqish qila boshladi [8] . To?satdan, muvaffaqiyatning eng yuqori cho?qqisida Aryana Afg?onistonga borishga va o?zining vatanidagi kontsertlarda chiqishga qaror qildi. Aryana Said u yerda eski klassik afg?on qo?shig?i ? "Gule Seb" versiyasi bilan shuhrat qozondi. Afg?onistondagi dastlabki kunlarida u o?zining navbatdagi qo?shig?i "Dilam Tang Ast"ni suratga oldi. Television Awards marosimida Afg?onistonda suratga olingan eng yaxshi qo?shiq uchun mukofotga sazovor bo?ldi. Bu, shuningdek, Afg?onistonning yetakchi ko?ngilochar kanallaridan birida teleboshlovchi sifatidagi yangi faoliyati boshlanishi bilan yakunlandi [9] . Uning navbatdagi qo?shig?i ? ?Hayranam“ juda yaxshi chiqdi. Aryananing navbatdagi katta muvaffaqiyati ? ?Jelva“ qo?shig?ini afg‘on musiqasidagi yetakchi qo‘shiqchilardan biri ? Javid Sharif bilan hamkorlikda kuyladi. ?Biyo Biyo“ qo?shig?ining birinchi muvaffaqiyatidan keyin ikkinchi marta juftlashdi. Aryana Said buni o?z mamlakatida sport san?atini rag?batlantirish uchun ko?tarinki milliy qo?shiq bilan davom ettirdi. ?Afg?oniston, Afg?oniston“ qo?shig?ini yaratish uchun bir qancha qo?shiqchilar birlashdilar. Aryananing ?Banu e Atash Nasheen“ asari Afg?oniston ayollari ko?p yillik urush va zo?ravonliklarda duch kelgan azob-uqubatlarni tasvirlaydi [10] . Katta orkestr ijrosida suratga olish Afg?onistonda bo?lib o?tgan. Qo?shiq chiqqanidan ko?p o?tmay, Aryana qo?shiqning krlib chiqishi va ma?nosini tushuntirish uchun BBCga intervyu berdi. Uning navbatdagi katta hiti ?Anaram, Anaram“ bo?lib, Aryanani Afg?onistondagi chartlarning birinchi o?rniga olib chiqdi [11] [12] .

2019-yilda u Afg‘onistonning "Icon" mukofotini qo‘lga kiritdi va 2017-yilda Afg‘onistonning "eng yaxshi ayol san'atkori" deb topildi [13] . Afg‘oniston milliy teleradio tarmog‘idan ?Afg‘oniston ovozi“ unvonini olgan. ?Yilning eng yaxshi qo?shig?i“, ?yilning eng yaxshi videosi“ va ?Jasorat“ mukofotlariga sazovor bo?ldi [13] .

Televizion faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ko?p o?tmay, Aryana Said Afg?onistondagi yetakchi ko?ngilochar kanallardan biri ? 1TV tomonidan qabul qilindi. Uning ?Musiqa kechasi“ (Shab-e Mosiqi) shousi musiqa ijrosi va boshqa san?atkorlardan intervyu olishini o?z ichiga olgan. Shou muvaffaqiyatli bo?ldi va birinchi mavsumdan so?ng Aryana Londonga qaytib ketdi. Ko?p o?tmay, Aryana Said TOLO TV tomonidan 2013-yilda ?Afg?oniston Ovozi“ hakamlaridan biri sifatida tasdiqlandi [14] . Televideniye bilan hamkorlikni davom ettirdi va keyinchalik boshqa bir iste?dod shousi ? ?Afg?oniston yulduzi“ hakami bo?ldi [15] .

Jamiyatdagi faolligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Lalah Usmoniy boshchiligidagi #WhereIsMyName kampaniyasi tarafdori bo?lib, Afg?oniston qonunchiligiga o?zgartirish kiritishni yoqlagan. Unga ko?ra, ayollarning ismlarini shaxsiy guvohnomalarga kiritish mumkin edi [16] .

Aryana Said Afg?onistonga vatanparvarlik va Hindistonga mehr-muhabbat izhor etib, Afg?oniston uchun ?haqiqiy do?st“ ekanini aytdi [17] [18] .

Aryana Parij shahrida bo?lib o?tgan UNESCOning 75 yilligiga bag?ishlangan tantanali marosimda prezidentlar va bosh vazirlar ishtirokida Afg?oniston vakili sifatida chiqish sharafiga muyassar bo?ldi [19] . Aryana o?z chiqishini Afg?oniston va boshqa mamlakatlarda muhojirlikda yashayotgan insonlarga bag?ishladi.

Shaxsiy hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Said 2018-yilda o‘zining menejeri Hasib Said bilan unashtirildi [20] .

2021-yil avgust oyida Kobul Tolibon qo?liga o?tganidan keyin u Kobuldan Qatarning Doha shahriga evakuatsiya qilindi, so?ngra Turkiyaning Istanbul shahriga jo?nadi [21] [22] .

2021-yil 25-avgust holatiga ko‘ra, AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida istiqomat qiladi [23] .

Uning jiyani ? Nadia Nadim Daniya milliy futbol terma jamoasida o?ynaydi [24] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Aryana Awarded Atlantic Council 2018 Freedom Award“ . TOLOnews (2018-yil 24-iyun). 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  2. Orooj Hakimi. ?Defying threats, Afghan singer Aryana comes home for women“ . Reuters (2019-yil 16-mart). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
  3. Sparks, Hannah. ?Afghanistan's biggest female pop star escapes amid Taliban 'shock'“ . New York Post .
  4. Welle (www.dw.com). ?Why is singer Aryana Sayeed seen as a threat to Afghan conservatism? | DW | 18.08.2017“  (en-GB). DW.COM . 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
  5. Welle (www.dw.com). ?Afghan women urge EU leaders to not recognize Taliban | DW | 02.02.2022“  (en-GB). DW.COM . Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  6. ?Aryana Sayeed“ . 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  7. Video YouTubeda
  8. ?Silk Road Republic | Aryana Sayeed: Wearing Who She is“ . 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2014-yil 21-yanvar.
  9. ?Aryana Sayeed“ (2013-yil 15-may). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
  10. ?Afghanistan ? Aryana Sayeed, la voix de la liberte“ . 2016-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
  11. ?Afghan singer Aryana Sayeed tells Newsday about death threats she's received“ . 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
  12. ?Latest News, Articles, Photos, Images and Videos on range of topics ? Firstpost“ . 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
  13. 13,0 13,1 ?Sherzaad Entertainment ? Afghanistan's Leading Entertainment Entity“ . 2019-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  14. France-Presse. ?Afghan female stars defy clerics' pressure“ (2013-yil 16-avgust). 2016-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
  15. ?Aryana Sayeed“ (2013-yil 15-may). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2016-yil 25-iyun. ?Aryana Sayeed“ ( Wayback Machine saytida 2013-09-03 sanasida arxivlangan ). 15 May 2013.
  16. ?WhereIsMyName: Afghan women campaign for the right to reveal their names“  (en-GB). BBC News  (2020-yil 24-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  17. Goswami. ?Afghan pop star Aryana Sayeed says India 'true friend', slams Pakistan“ . Hindustan Times (2021-yil 24-avgust).
  18. ?Afghan pop star Aryana Sayeed blames Pak for empowering Taliban, terms India 'true friend'“ . The Times of India (2021-yil 24-avgust).
  19. ?World leaders and renowned artists celebrate UNESCO at 75“ . UNESCO (2021-yil 12-noyabr).
  20. ?Biography of Aryana Sayeed“ . afghan-web.com (2018-yil 8-aprel). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
  21. ?Afghan pop star Aryana flees from country amid fear of life under Taliban rule“ . wionews.com (2021-yil 19-avgust).
  22. Nzanga, Merdie; Savoy, Greg. ?Afghan star Aryana Sayeed recounts harrowing escape from Kabul“  (en). Reuters  (2021-yil 24-avgust). 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
  23. ?Afghan pop star Aryana Sayeed says she was 'hopeless' while fleeing Taliban“ .
  24. ?Nadia Nadim ? Danemarks "Zlatan"“ . Der Tagesspiegel Online . tagesspiegel.de (2017-yil 29-iyul). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.