한국   대만   중국   일본 
Arabiston yarim oroli - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Arabiston yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arabiston yarim oroli

Arabiston yarim oroli  ? Osiyodagi eng yirik yarim orol ; maydoni qariyb 3 mln.km², g?arbda Qizil dengiz , jan.da Adan qo?ltig?i va Arabiston den-gizi , sharqda Ummon va Fors qo?ltiqlari bilan o?ralgan. Arabiston yarim orolio. Afrika qalqonining bir qismi bo?lgan; paleogen dav-ri oxi-ri va neogen davrida chuqur Qizil den-giz botig?i orqali Afrikadan ajralib, Osiyoga tutashib qolgan. Yarim orol aso-san arxey slaneslari va granitlaridan iborat kristall jinslardan tarkib top-gan. Bu jinslar Arabiston yarim orolio.ning butun g?arbiy qismida va qisman janubida yer yuzasiga chiqib yotadi, qolgan katta qismida jin-slarning ustini mezozoy va kaynozoyning asosan ohaktosh va qumtoshlardan iborat yupqa qatlami qoplab olgan. Ne-ogen oxiri va to?rtlamchi davr boshidagi tektonik yorilish, uzilish va gumbazeimon ko?tarilish natijasida Arabiston yarim orolio.da g?arbiy vajanubiy qirg?oqhamda chekkadagi qirlar paydo bo?lgan. Yoriqlardan vulkanlar ot-ilib chiqib, katta maydonni lava (?har-ra“) qoplab olgan va lava qoplamlari ustidan nisbiy balandligi 1000 m gacha bo?lgan pastak vulkan qoldiqlari ko?tarilib tu-radi. Shunday vulkan kra-terlaridan bi-rida Adan shahri joylashgan. Arabiston yarim orolio.ning yer yuzasi chekka qismlaridan ichki va sharq tomonga asta-sekin pasayib boradi. Yarim orolning baland chekka qismlarida massiv va supasimon tog?lar bor. Ularning o?rtacha bal. 1000 ? 2000 m, janubidagi eng baland Asir va Yaman tog?lari 3600 m ga yetadi. Janubi-sharqida alp bosqichida burmalangan Ummon tog?li o?lkasi bor, uning eng baland nuqtasi 3352 m. Arabiston yarim orolio.ning g?arbiy va janubiy qirg?oqlari bo?ylab cho?zilgan kambar pastlik ? Ti-xoma, shimoliy ? Shimoliy Arabiston pla-tosi va Katta Nefud cho?li , markazining kristall jinslardan iborat g?arbiy qismi O?rta Arabiston platosi deb ata-ladi, yarim orolning ohaktoshlardan iborat sharqiy qismi kuesta gryadalari-dir, katta maydonni band qilgan pastroq janubiy qismi esa Rub ul-Xoliy qum cho?li deyiladi. Arabiston yarim orolio., ayniqsa uning sharqiy past qismi neftga juda boy. Neft yuza joylashgan, qazib olish qulay. Arabiston yarim orolio.da yana temir , rux , fosforit - apatit rudalari , oltin , oltingugurt , kaliy va osh tuzlari konlari bor. Arabiston yarim orolio. iqlimi quruq tropik iqlim . Yanvarning o?rtacha temperaturasi shimolda 7° bo?lsa, janubida 24°, iyunning o?rtacha temperaturasi hamma qismida 30° dan yuqori, maksimal temperatura 50°, 55°, mini-mal temperatura shimolida 11°, Adanda 16°. Yog?in kam (100 mm), faqat Yamanda (750 mm) va Ummon tog?larida (500 mm) ko?proq. Oqar suvlar tog?li yerlardagina bor. Qolgan joylarda faqat quruq o?zan  ? vodiylar uchraydi. Ba?zi joylarda yer osti suvlari chiqib yotadi. Tuproq qumli va toshloq cho?llarda butunlay yo?q yoxud hali 589ibtidoiy holda. Arabiston yarim orolio.ning shimoliy qismi bo?z tuproq bilan, janubiy va janubi-sharqidagi tog?li o?lkalar qizil va qizil-qo?ng?ir tog? tuproqlari bilan qoplangan. Arabiston yarim orolio.da aso-san Afrika florasiga xos o?simliklar o?sadi, Hindiston va O?rta dengiz atro-figa xos o?simlik turlari ham uchraydi. Cho?llarda o?simlik siyrak, ular shuvoq , sho?ra , astragal , kermak, yulg?un kabi il-dizlari uzun, dag?al o?t yoki buta , yoxud da-raxtchalardan iborat. Bahorda efemerlar barq urib o?sadi. Tog?larning sernam yon bag?irlarida barg to?kadigan o?rmonlar uchraydi. Janubi-g?arb va janubi-sharqda savanna tipidagi o?simliklar o?sadi. Vohalarda xurmo daraxtlari ayniqsa ko?p. Hayvonlardan jayron , yovvoyi eshak , qo?shoyoq , qumsichqonlar , sirtlon , bo?ri , chiyabo?ri , tulki , cho?l parrandalari va xilma-xil sudraluvchilar yashaydi. Arabiston yarim orolio.da BAA , Saudiya Arabistoni , Yaman, Quvayt , Qatar , Ummon davlatlari , Iroq va Iordaniyaning bir qismi joylashgan (bu mamlakatlar tabiati haqida tegishli maqolalarga q.).

Geografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Arabiston yarim oroli -Yevrosiyoning eng katta va arid iqlimli tabiiy geografik o?lkalaridan biri bo?lib, uning cho?l landshaftlari shimolda Suriya cho?li va u Sinay yarim oroligacha kirib boradi. Bu yerdagi cho?llar Afrika tropik cho?llarining davomi hisoblanadi. Arabiston yarim orolining maydoni 3 mln. km2 dan ziyod. Uning katta qismi Saudiya Arabistoniga, qolgan qismi Yaman Arab Respublikasi, Omon, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Iordaniya, Iroq va Suriyaga qaraydi. Yarim orol janubi-g?arbda Qizil dengiz, janubi-sharqda Adan qo?ltig?i va Arabiston dengizi, shimoli-sharqda Mesopotamiya pastekisligi, Fors va Omon qo?ltiqlari va g?arbda O?rta dengiz bilan chegaralanadi. O?lkaning Omon qo?ltig?iga yaqin qismidan boshqa barcha qismi Afrika platformasidan ajralgan qadimiy kristall massivda shakllangan. Arxey kristall jinslari yarim orolning g?arbiy va janubi-g?arbiy qismida yer yuzasiga chiqib yotadi. Qolgan hududlarda ular yura, bo?r va paleogen dengiz yotqiziqlari tagida qolgan. Yer yuzasining hozirgi tuzilishi neogenda yuz bergan vertikal tektonik harakatlar va vulkanizmning mahsulidir. Tog?lar Arabiston yarim orolining Qizil dengiz sohili bo?ylab tik yonbag?ir hosil qilib ko?tarilgan. Ularning platosimon tekislangan tepalari chuqur pastqamliklar bilan alohida massivlarga bo?lingan. Massivlarning balandligi shimolda 2000-2500 m dan janubda 2700-2800 m gacha ko?tariladi. Makkaning janubida joylashgan Hijoz tog?larining maksimal balandligi Daka cho?qqisida 3353 m ga yetadi. O?lkaning janubi-g?arbiy chekkasidagi tizmalarning eng baland joyi Xisha tog?ida 3268 m ga, En-Nabishaib tog?ida 3600 m ga teng. Tog?li relef yarim orolning sharqiy chekkasi uchun ham xarakterli bo?lib, u yerdagi Omon tog?lari kelib chiqishiga ko?ra alp burmalanish zonasiga qaraydi va tektonik jihatdan Zagros tog?larining davomi hisoblanadi. Omon tizmasining eng baland nuqtasi Sham tog?ida 3353 m ga teng. Arabiston yarim orolining ichki qismi turli xil balandliklardagi plato va tekisliklardan tarkib topgan. Ularning geologik tuzilishi va relef shakllari ham xilma-xil. Relefining shakllanishida sahroviy nurash va eol jarayonlar yetakchi rol o?ynagan. Ichki Arabistonning eng baland ko?tarilgan qismi O?rta Arabiston platosidir. U Hijoz va Al-Asir tog?laridan sharq tomonda joylashgan va qadimiy kristall jinslardan tuzilgan, ayrim joylarda lavalar bilan qoplangan. O?rta Arabiston platosi relefida orollar shaklida 1000-1500 m gacha ko?tarilib turgan balandliklar ko?p uchraydi. Laxu (1574 m), Tuvayk (1143 m), Ibn-Axmar (1371 m) kabi tog?lar shular jumlasidandir. O?rta Arabiston platosidan shimolda Katta Nefud va sharqda Kichik Nefud (Daxna) cho?li joylashgan. Bu cho?llarda sochma qumlar, balandligi 80-100 m gacha yetadigan qum gryadalari va qum tepaliklari keng tarqalgan. Yarim orolning janubiy qismida maydoni 650000 km2 atrofida bo?lgan Rub-ul-Xoli cho?li joylashgan. Qumli cho?l g?arbda Jihoz va Sirot tog? etaklaridan sharqda Omon tog? etaklarigacha cho?zilgan. Yer yuzasi g?arbda 500-1000 m dan sharqda 100-200 m gacha pasayib boradi. Uzoq masofalarga cho?zilib yotgan ko?chma qum barxanlari va qum gryadalarining balandligi 100-200 m gacha yetadi. Cho?llarning yer yuzasi ueddalar-quruq o?zanlar bilan kesilgan. Katta Nefud cho?lidan shimol tomonda Shimoliy Arabiston va Suriya cho?li joylashgan, ularning poydevori kristall jinslardan iborat. Ustki qatlami bo?r va paleogen cho?kindi jinslari bilan qoplangan. Shimoliy Arabiston platosining o?rtacha balandligi 400-500 m, eng baland nuqtalari Al-Garais ko?tarilmasida 1182 m ga, Katob-esh-Shama ko?tarilmasida 1010 m ga yetadi. Suriya cho?lida qum gryadalari, dyunalardan tashqari keng pastqam joylar ham uchraydi. Atrofdagi ko?p tarqalgan quruq o?zanlar-ueddalar berk botiqlarda tugaydi. Arabiston yarim orolining yer bag?ri neft konlariga, ayniqsa Qatar, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Dammam hududlari neftga nihoyatda boy. Bu hududdagi neftlar yura davrining ohaktoshlaridan, Baxreyn orollaridagi neft bo?r yotqiziqlaridan qazib olinadi. Yarim orolning katta qismi tropik cho?llar zonasida joylashganligi tufayli yil bo?yi kontinental tropik havo massasi hukmronlik qiladi, atmosfera yog?inlari nihoyatda kam tushadi. O?lkaning ichki hududlarida va g?arbiy sohillarida yillik yog?in miqdori 30-50 mm ga ham yetmaydi. Yil bo?yi quruq davr davom etib, harorat yuqori bo?ladi. Arabistonning faqat shimoliy qismi subtropik mintaqaga qaraydi. O?lkaning tekisliklari va platolarida yoz oylarining o?rtacha harorati +25°,+30°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat Arabistonning markaziy hududlarida +55°S gacha etadi. Tog? massivlarida harorat bir oz pasayadi. Yarim orolning shimoliy qismiga va Suriya cho?liga sovuq havo to?lqini kirib kelgan paytlarda eng sovuq oyning harorati +10°,+15°S gacha tushadi. O?lkaning yog?in ko?p bo?ladigan joylari Omon va Yaman tog?laridadir. Yillik yog?in miqdori Omon tog? yonbag?irlarida 750 mm ni tashkil etadi. Arabiston yarim orolining hozirgi iqlim sharoiti daryo to?rlarining rivojlanishiga imkon bermaydi, shu sababdan uning katta qismida oqar suvlar uchramaydi. Keng tarqalgan quruq daryo o?zanlari qadimda nam iqlim davri bo?lganligidan dalolat beradi. Bu o?zanlardan ahyon-ahyonda bo?lib turadigan yomg?irlar vaqtidagina suv oqadi. Arabistonni suv bilan ta?minlashning asosiy manbai yer osti suvlari hisoblanadi. Voha landshaftlarining mavjudligi ham bevosita grunt suvlari bilan bog?liq. Arabistonning asosiy qismini tropik cho?l va chala cho?l landshaftlari egallagan, tuproq-o?simlik qoplami kam rivojlangan. O?simliklari sukkulentlardan (aloy, sutqon), butalardan va tomiri yaxshi rivojlangan astragal, shuvoq, aristidalardan iborat. Yaman tog?larining mussonlarga ro?para bo?lgan yonbag?irlari tabiiy va madaniy o?simliklarga boy. O?rmonlar ko?pincha 1000-2000 m balandliklar oralig?ida tarqalgan. Ular akasiya, mimoza, daraxtsimon sutqon, ulkan ajdar daraxti kabilardan iborat. O?rmonlar mintaqasidan pastda o?simlik qoplami cho?l qiyofasiga, yuqorida esa cho?l-dasht xarakteriga ega. Vohalarda finik palmasi, ayrim sug?oriladigan sohillarda kokos palmasi o?sadi. Arabiston faunasi G?arbiy Osiyo, O?rta dengiz Yevropasi va Afrika faunasiga o?xshash. Cho?llarda antilopa, g?izol, yovvoyi eshak-onagr, katta quloqli tulki ? fenek, ola sirtlon va chiyabo?rilar yashaydi. Tog?larda daman, qoplon, gamadrillar uchraydi. Cho?llarda sudralib yuruvchilardan zaharli qora ilon, kobra yoki ko?zoynakli ilon, ko?k ilon (gurza), agama va kaltakesaklar ko?p tarqalgan. Cho?l parrandalaridan to?rg?aylar, chillar, kakliklar xarakterli. Tropik savannalarda deyarli qirilib ketgan va hozirgi vaqtda juda kam qolgan tuyaqushlar uchraydi.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • T. V. Vlasova. Materiklar tabiiy geografiyasi (okeanlar tutash qismlari bilan birga)- O?qituvchi. T., 1981[1]
  • X.Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI -Toshkent ,2021[2]