Andong milliy universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andong milliy universiteti
Asl nomi koreyscha : 安東
Shiori Haqiqat,samimiyat,ijodkorlik
Asos solingan 1947
O?quv yurti turi davlat
Rektori Kwon Tae Hwan
Talabalari 7318
Fakultetlar 720 ta
Bakalavriat 6564
Magistratura 666
Manzili Andong,Shimoliy Gyeongsang,Janubiy Koreya
Vebsayti http://eng.andong.ac.kr/

Koordinatalari : 36°32′29.652″N 128°47′47.112000000043″E  /  36.54157000°N 128.79642000000001190°E  / 36.54157000; 128.79642000000001190  G  O

Andong milliy universiteti ? Janubiy Koreyaning Shimoliy Gyeongsang provinsiyasi, Andong shahrida joylashgan davlat oliy ta?lim muassasasidir. Ushbu universitetga qabul mahalliy talabalar uchun kirish imtihonlari orqali amalga oshiriladi. Chet elliik abituriyentlar uchun esa onlayn ariza va imtihon topshirish imkoniyati yaratilgan. Andong milliy universiteti shuningdek, talabalarga kutubxona, uy-joy, moliyaviy yordam va stipendiyalar hamda ma?muriy xizmatlar kabi bir qancha xizmatlarni taqdim etadi. Universitetda gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, ta?lim, tabiiy fanlar, muhandislik, ekologiya , san?at va jismoniy tarbiya bo?yicha bakalavriat kollejlari, shuningdek, ta?lim va menejment sohasi bo?yicha aspirantura kollejlari mavjud.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Universitet 1947-yilda Andong o?rta ta?lim maktabi sifatida tashkil etilgan. 1962-yilda Andong qishloq xo?jaligi kolleji nomi bilan qayta tashkil etilgan. 1978-yilda kollej Andong milliy o?smirlar kollejiga aylandi. Aspirantura 1988-yilda tashkil etilgan. Kollej o?zining hozirgi nomi- Andong Milliy Universitetini 1991-yilda oldi [1] .

Fakultetlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2023-yil holatiga ko?ra, Andong universitetida 6 ta kollej,47 ta bo?lim va 4 ta mutaxassislik, jumladan, gumanitar fanlar va san?at, ijtimoiy fanlar, fan va texnologiya va sog?liqni saqlash kollejlari mavjud.

Magistratura [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Andong milliy universitetida magistratura bosqichi jami to?rtta dasturlarni o?z ichiga oladi. Ular:Koreya madaniyati va sanoati oliy maktabi, maxsus oliy o?quv yurti, davlat boshqaruvi oliy maktabi va menejment oliy ta?lim maktabi [2] .

Reytingi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Andong milliy universiteti EduRank nashri e?lon qilgan reyting bo?yicha jahonda 3820-o?rinni,Osiyoda 1282-o?rinni,Janubiy Koreya universitetlari orasida esa 74-o?rinni egalladi [3] . Mazkur nashrda universitetlar reytinggi 3 omilga asosan baholangan: tadqiqot natijalari, maqola va ilmiy ishlar va akademiklar soni. ?Osiyo universitetlari reytingi-2023“ reytingiga ko?ra Andong milliy universiteti 701-750 o?rinni egalladi [4] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]