Ali Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Ali
Statistikasi
Asl ismi Cassius Marcellus Clay Jr
Laqabi Buyuk Ali
Vazni Og?ir vazn
Millati Amerikalik
Tavalludi 17-yanvar 1942-yil
Louisville (Kentucky) , AQSH
Vafoti 3-iyun 2016-yil ( 2016-06-03 )
(74 yoshda) [1]
Arizona , AQSH

Muhammad Ali ( Cassius Marcellus Clay Jr.  17.01.1942 ? 03.06.2016) ? amerakalik professional bokschi va hayriyachi.20- asrning eng taniqli sport arboblaridan va eng buyuk bokschilaridan biri sifatida tanilgan.Yarim og‘ir vaznda Olimpiada o?yinlari chempioni (1960). Professional bokschilar o‘rtasida og‘ir vaznda bir necha bor jahon chempioni (1964?1974).1961-yilda Islom dini ni qabul qildi va ismini Muhammad Aliga o?zgartirdi.Unga Buyuk Ali laqabini berishgan.

Oval Ofis Prezident Ronald Reagan va Muhammed Ali. 1983-yil Oq Uy

Biografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ali va uning rafiqasi prezident George W. Bush bilan Oq Uydagi mukofot topshirish marosimida. 2005 -yil.

Musulmon bo?lishdan oldin uning ismi Cassius Marcellus Clay Jr edi. Ali 1942-yil 17-yanvarda Kentukki shtatining Louisville shahrida tug?ilgan. U afro-amerikalik va irlandiyalik .12 yoshida boks bilan tanishgan va ko?p o?tmay AAU va ?Oltin qo?lqop“ milliy chempionatlarida havaskorlar rekordini o?rnatgan. U 1960-yilda Rimda og?ir vaznda oltin medalni olib, professional ligaga qaytdi. 18 yoshida Rim Olimpiadasida oltin medalni qo?lga kiritgandan so?ng uning obro?si tez o?sishni boshladi.

1964-yilda 22 yoshida S. Listonni mag?lubiyatga uchratib Jahon chempioni bo?ldi. U bu g?alabadan keyin o?z dinini o?zgartirib, Islomni qabul qilganini e?lon qildi. Muhammad Ali ismini oldi va 1967-yildan 1970-yilgacha boksda tanaffus qildi.

? Vetnamliklar menga hech qanday yomonlik qilishmadi, men ularga qarshi kurashishim mumkin emas “ deya Vetnam urushi ga bormadi.Urushga birmagani uchun 5 yil qamoq jazosi va 10 ming dollar jarimaga tortildi. Litsenziyasi va pasporti olib qo?yildi, u sud jarayonida moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi va bankrot bo?lganligini e?lon qildi. U o?z oilasi va universitetlarda bergan pullari evaziga o?z daromadini tikladi. 1970-yilda yana boksga qaytdi. 1971-yilda ?asr uchrashuvi“ deya atalgan jangda Jo Freyzerga yutqazdi. Bu professional boks faoliyatida birinchi marta yutqazishi etdi. Keyinchalik uning jag?i sindirilgan o?yinda Ken Nortonga yutqazdi. O?zi va qarindoshlaridan tashqari ko?p odamlar uning martabasi tugadi deb o?ylashdi. Ammo u chempionlik uchun kurashgan bokschilarni ketma-ket mag?lub etdi. U Ken Norton bilan javob uchrashuvini o?tkazdi va uni mag?lubiyatga uchratdi.

1973-yilda Jo Freyzer bilan titul uchrashuvi uchun shartnoma imzoladi. Orada faqat Jo Freyzer ? Jorj Forman uchrashuvi qoldi. Frazierni kutilmagan tarzda ikki raundda nokautga uchratishdi. Shunday qilib Ali avval Frayzer bilan o?ynadi, so?ngra Foreman bilan uchrashuv tashkil qildi va ikkala o?yinda ham nokaut evaziga g?alaba qozondi. 1978-yilda L.Spinksga yutqazib, keyin o?sha yili raqibini mag?lubiyatga uchratganidan so?ng uch marta Jahon chempionatida g?olib chiqqan tarixdagi birinchi bokschi bo?ldi.

Muhammad Ali faoliyat olib borgan davrda eng yaxshi bokschilar chempionlik unvoniga ega bo?lish uchun kurash olib borishgan. 1994-yilda, 20 yildan so?ng Jorj Forman yana Jahon chempioniga aylangani va o?z nomini bir necha bor himoya qilganligi, o?sha davrdagi boks nima uchun ko?p mamlakatlarda ?Oltin 70-yil“ deb nomlanishinini tushunish mumkin.1978 -yilda buyuk Ali boksni chempion sifatida tark etdi.

1984-yilda Parkinson kasalligiga yo?liqqaniga qaramay xastaligini yashirdi va katta pul evaziga yana ikkita o?yin o?tkazdi va yutqazdi. Ularning ikkalasi ham o?sha davr va undan keyingi Jahon chempionlari Larri Xolms va Trevor Berbik edi.

Professional boksdagi faoliyati davomida atigi 5 marotaba mag?lubiyatga uchrab, Olimpiya va Jahon chempioni bo?lgan Muhammad Ali 36 yoshgacha bo?lgan barcha chempionlar qatorida birinchi o?rinda edi. Ali 56 ta uchrashuvda g?alaba qozondi, shulardan 37tasini nokautga uchratdi.

Muhammad Aliga faqat bokschi sifatida qaramaslik kerak. Ali musulmonlar uchun yuksak ibrat namunasi edi.U har doim o?z kuchi, dini, mablag?i va butun shaxsiyati bilan insonlarni yaxshiroq bo?lishiga, yaxshiroq yashashiga harakat qildi.

Muhammad Ali 1960-yil Rim Olimpiada sidan qaytganidan ikki kun o?tgach restoranga kiradi.Restoranda faqat oq tanlilarga xizmat qilishini eshitgach, Rimda olgan oltin medalini namoyishkorona Ogayo daryosiga uloqtiradi. 1996-yil Atlanta shahrida bo?lib o?tgan Olimpiadada unga avvalgi medali o?rniga boshqa bir mahsus oltin medal topshiriladi.

1984-yilda Muhammad Ali Amerika Qo?shma Shtatlari Prezidenti Ronald Reagan prezidentlikka qayta saylanishi uchun uni qo?llab-quvvatlashini e?lon qildi.

1991-yilda Ali Ko?rfaz urushi paytida Iroqqa safar qildi va Saddom Husayn bilan Amerikalik garovga olinganlarni ozod qilish to?g?risida muzokaralar olib bordi.

1996-Atlantadagi Yozgi Olimpiya o?yinlarida sharafli Olimpiya mash`alasini yoqdi.

2002-yil 17-noyabrda Muhammad Ali Afg?onistonga ?Tinchlik uchun BMT elchisi“ sifatida jo?nab ketdi. U Kobulda BMTning maxsus vakili sifatida uch kunlik muzokaralar olib bordi .

Londondagi 2012-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarining ochilish marosimida Olimpiya bayrog?ini ko?tarish Muhammad Aliga topshirildi. Parkinson kasalligi tufayli rafiqasi Lonni unga Bayroqni ko?tarishga yordam berdi.

2014-yil 20-dekabrda Ali pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizildi. 2015-yil 15-yanvarda siydik yo?llari infektsiyasidan aziyat chekib Arizona shtatidagi kasalxonaga yotqizildi.

Muhammad Ali o?z davrining eng buyuk bokschisi va eng yaxshi insonlaridan hisoblanadi. Uning hayoti 2001-yilda Hollywoodda suratga olingan Will Smith Muhammad Ali rolini ijro etgan ? Ali “ filmida keng yoritib berildi.

Parkinson kasalligi tufayli uzoq vaqt Michigan shtatidagi fermasida omma ko?ziga ko?rinmaslikni afzal bildi.

Shunga qaramay 2001-yil 11-sentyabr xurujlarida Muhammad Ali Nyu-York o?t o?chirish boshqarmasi shlyapasini kiyib, Point Zeroga bordi aziyat chekkanlarni qo?llab-quvvatlashini va birdamligini namoyish etdi.

Ali 2001-yil sentabr voqealari haqida shunday degan edi ? Men uchun eng yomon narsa bu Islom va musulmon so?zlarining ifloslanishi, nafrat va zo?ravonlikni keltirib chiqarishi. Islom qotillik dini emas. Islom tinchlikni anglatadi. Men shunchaki uyda o?tirib, odamlarni muammoning manbai sifatida musulmonlarni ko?rsatayotganiga chiday olmayman “.

2002 -yilda uning hayoti haqida Kaknus Publications tomonidan biografik roman nashr etildi. ( ISBN  975-6698-34-9 ).

Uzoq vaqt Parkinson kasalligi bilan kurashgan Muhammad Ali, 2016-yil 3-iyunda nafas kasalliklari bilan davolangan shifoxonada vafot etdi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]