한국   대만   중국   일본 
Ali Hasan al-Majid - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ali Hasan al-Majid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ali Hasan Abdul-Majid at-Tikritiy ( arabcha : ??? ??? ?????? shuningdek, Kimyogar Ali sifatida ham tanilgan; 30-noyabr, 1941-yil - 25-yanvar, 2010-yil) - Iroq davlat arbobi, harbiy mulozim. U o`z birodari Saddam Husayn davrida Iroq mudofaa vaziri bo`lgan. Iroq razvedka xizmati direktori lavozimida ishlagan. Anfol dasturiga (Kurd aholisini kimyoviy qurol bilan yo'q qilish) aloqadorligi uchun osib o'ldirishga hukm qilingan. Hukm 2010-yil, 25-yanvarda ijro etilgan.

Tarjimayi hol [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Rasmiy manbalarga ko‘ra, Ali al-Majid 1941-yili Tikritda tug‘ilgan, biroq uning tavallud sanasi noma'lum. U ham amakivachchasi kabi Abu Nosir qabilasidan bo‘lgan. Kambag‘al oilada o‘sgan. U 1968-yilda Ba?s partiyasi boshqaruvni qo?lga kiritgunga qadar Iroq armiyasida mototsikl kuryeri va haydovchisi bo?lib ishlagan [1] .

Amakivachchasining yordamiga tayangan Ali al-Majid martaba pillapoyalaridan tezda ko‘tarildi. Ba?s partiyasiga qo‘shilganidan so‘ng u avvaliga Iroq mudofaa vaziri Hammadi Shihobning yordamchisi, so`ngra xavfsizlik byurosida hukumat rahbari bo‘ladi. 1979-yilda Saddam Husayn mamlakat prezidenti lavozimini egallagach Ali Hasan uning eng yaqin harbiy maslahatchilaridan biriga aylangan.

Tribunal [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Al-Anfol ishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Saddam Husayn rejimi qulagandan so'ng, Kimyogar Ali hokimiyatdan ag'darilgan prezident va partiyadoshlari bilan birga Iroq maxsus tribunaliga olib chiqildi. Ali Hasan al-Majid Iroq tribunali (raisi - kurd) tomonidan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi harakatlarda, xususan, kurdlarning genotsidida ayblangan. Anfol sudining birinchi majlisida Kimyogar Ali sud bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadi va "Men sukut saqlayman" [2] deydi. Sud majlislarida al-Majid Saddam kabi erkin edi. Sudda "Kimyogar Ali" o'z harakatlarini noto'g'ri deb hisoblamasligini ta'kidladi va hukumat harakatlari sababi kurdlarga nisbatan millatchilik emas, balki Iroqning yaxlitligini parchalashga bo`lgan kurdlarning urinishlari ekanligini ta'kidlaydi.

2007-yilning 24-iyunida Iroq tribunali Ali Hasan al-Majidni osib o'ldirishga hukm qiladi. Hukm e'lon qilinayotganda u hech qanday munosabat bildirmay, qimir etmay turadi, qolgan sudlanuvchilar esa hukmni eshitib, norozilik bildira boshlaydilar [3] . 4-sentabr kuni Iroq apellyatsiya sudi Oliy tribunalning Ali al-Majidga nisbatan ayblov hukmini o‘z kuchida qoldirdi, biroq qatl 13-oktabr kuni ga, ya'ni muqaddas Ramazon oyi oxiriga qoldiriladi. Bayramdan so`ng Bosh vazir Nuri al-Malikiy, Iroq prezidenti Jalol Talabani va uning o'rinbosari Tariq al-Hoshimiylar o`rtasidagi ixtiloflar hukm ijrosining kechikishiga olib keladi. Shunga qaramay, 2008 -yil, 29-fevralda Iroq Prezident kengashi Ali Hasan al-Majidga [4] o'lim hukmini tasdiqladi, biroq u ijro etilmadi.

2010 -yil, 17-yanvarda al-Majid Anfol ishi bo?yicha to?rtinchi marta o?limga hukm qilindi [5] .

Ijro [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2010-yil, 25-yanvar, dushanba kuni Ali Hasan al-Majid Bag‘dod qamoqxonasida dorga osildi.

U Saddam Husaynning Al-Auja qishlog'ida, uning qabridan uncha uzoq bo'lmagan joyda dafn etilgan [6] .

Va shuningdek... [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Anfol
  • Halabjada gaz hujumi

Eslatmalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]