Aleksey Abrikosov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexei Abrikosov
Abrikosov in 2003
Tug?ilgan sanasi va joyi 25.06.1928

Vafot sanasi va joyi 29.03.2017 (88 yosh)
Fuaroligi
Ilmish ishlari
Turmush o?rtog?i
Svetlana Yuriyevna Bunkova
Farzandlari 3
Mukofotlari
Ilmiy karyerasi
Sohasi Fizika
Institutlar
Website www.msd.anl.gov/abrikosov ( Wayback Machine saytida 2017-04-26 sanasida arxivlangan )

Alexei Alekseyevich Abrikosov ( ruscha : Алексе?й Алексе?евич Абрико?сов Abrikosov; 1928-yil 25-iyun ? 2017-yil 29-mart [2] [3] ) Sovet , Rossiya va Amerikalik [4] Nazariy fizigi . Uning asosiy hissasi kondensatsiyalangan moddalar fizikasi sohasida bo?lgan. U Vitaliy Ginzburg va Entoni Jeyms Leggett bilan 2003-yilda moddalarnin o?ta past haroratlarda o?zini qanday tutishi haqidagi nazariyalari uchun fizika bo?yicha Nobel mukofoti sohibi bo?lgan [5] [6] .

Dastlabki hayot yillari va Ta?limi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Abrikosov 1928-yil 25-iyunda Sovet Ittifoqining Moskva shahrida, Aleksey Abrikosov va Fani Abrikosova (qizlik familiyasi Wulf) oilasida tug?ilgan. 1948-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan . 1948-1965-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Fizik Masalalar institutida ishlagan. U yerda fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1951-yilda plazmadagi issiqlik diffuziya nazariyasi uchun, so?ngra yuqori energiyalarda kvant elektrodinamika bo?yicha dissertatsiya uchun 1955-yilda fizika-matematika fanlari doktori (?oliy doktorlik“) ilmiy darajasini oldi.

Faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1965- yildan 1988-yilgacha Landau nazariy fizika institutida (SSSR Fanlar akademiyasi) ishlagan. 1965-yildan Moskva davlat universiteti professori. Bundan tashqari, u 1972-1976-yillarda Moskva fizika-texnika institutida va 1976-1991-yillari Moskva po?lat va qotishmalar institutida ishlagan . 1987-yildan 1991-yilgacha SSSR Fanlar akademiyasining haqiqiy a?zosi bo?lib ishlagan. 1991-yilda u Rossiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a?zosi bo?ldi.

1952 va 1957 yillardagi ikkita ishida Abrikosov magnit maydon oqimining o?tao?tkazgichlar sinfiga qanday kirib borishini tushuntirdi. Ushbu toifadagi materiallarga II turdagi o?tao?tkazgichlar deyiladi. Magnit maydon oqim kuch chiziqlarining tutashgan joylari Abrikosov vorteks panjarasi deb ataladi.

Abrikosov Igor Dzyaloshinskii va Lev Gorkov bilan birga qattiq jismlar nazariy fizikasi bo?yicha o?nlab yillar davomida ushbu sohada fiziklarni tayyorlash uchun ishlatilgan ajoyib kitobga mualliflik qilishdi.

1991-yildan nafaqaga chiqqunga qadar AQShning Illinoys shtatidagi Argonna milliy laboratoriyasida ishlagan. Abrikosov Argonning Materialshunoslik bo?limidagi Kondensirlangan moddalar nazariyasi guruhida taniqli olimi edi. Nobel mukofotini olganida, uning tadqiqotlari magnit maydon ta?sirida elektr toki oqimi qarshiligini o?zgartiradigan ba?zi materiallarning xususiyati bo?lgan magnit qarshilikning kelib chiqishiga qaratilgan [7] [8] .

Sovrinlari va mukofotlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Abrikosov 1966-yilda Lenin mukofoti , 1972-yilda Frits nomidagi London xotira mukofoti, 1982-yilda SSSR Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 1989-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Landau mukofotiga sazovor bo?ldi. Bundan ikki yil o?tib, 1991-yilda Abrikosov Sony korporatsiyasining Jon Bardin mukofotini qo?lga kiritdi. O?sha yili u Amerika san?at va fanlar akademiyasining xorijiy faxriy a?zosi aylandi [9] . U 2003-yilda fizika bo?yicha Nobel mukofotiga munosib ko?rildi. U, shuningdek, London Qirollik akademiyasining a?zosi, Amerika fizika jamiyati a?zosi bo?lgan va 2000-yilda nufuzli Milliy fanlar akademiyasiga saylangan [1] . Qolaversa, quyidagi boshqa mukofotlarni ham qo?lga kiritgan:  

Shaxsiy hayot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Abrikosov shifokorlar Aleksey Ivanovich Abrikosov (1875-1955) va uning ikkinchi xotini Faniya Davidovna Woolfning (1895-1965) o?g?li edi. Otasi orqali Abrikosov katolik rohibasi Anna Abrikosovaning (1882-1936) jiyani edi.

Uning singlisi Mariya Alekseevna Abrikosova (1929-1998), shifokor edi.

Svetlana Yuriyevna Bunkova bilan turmush qurgan va 3 nafar farzand ko‘rishgan [5] [12] .

U 2017-yil 29-martda Kaliforniyada 88 yoshida vafot etgan.

Kitoblari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 ?Alexei A. Abrikosov, Argonne National Laboratory“ . National Academy of Sciences. Archived from the original on August 19, 2015.
  2. ?Прощание с нобелевским лауреатом Абрикосовым состоится 31 марта в Калифорнии“ (2017-yil 30-mart).
  3. Kenneth Chang. ?Alexei Abrikosov, Nobel Laureate in Physics, Dies at 88“ . The New York Times (2017-yil 2-aprel). Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  4. Alexei A. Abrikosov. Autobiography . Nobelprize.org, the official website of the Nobel Prize, 2003
  5. 5,0 5,1 Alexei A. Abrikosov. Autobiography . Nobelprize.org, the official website of the Nobel Prize, 2003
  6. ?Alexei Alexeyevich Abrikosov's Nobel Prize winning research associated with the Department of Energy (DOE) and its predecessor agencies“ .
  7. Abrikosov, A. A. ?Theory of High-{Tc} Superconducting Cuprates Based on Experimental Evidence“, Materials Science Division, Argonne National Laboratory, United States Department of Energy, (Dec. 10, 1999) .
  8. Abrikosov, A. A. ?New Developments in the Theory of HTSC (High Temperature Superconductors)“, Materials Science Division, Argonne National Laboratory, United States Department of Energy, Office of Energy Research, (Sept. 1994) .
  9. ?Book of Members, 1780?2010: Chapter A“ . American Academy of Arts and Sciences. Qaraldi: 2011-yil 20-mart.
  10. /fellows/ ?Qirollik jamiyati a'zolari“ . London: Royal Society . 2015-yil 16-martda asl nusxadan archive.org/web/20150316060617/https://royalsociety.org/about-us/fellowship/fellows/ arxivlangan .
  11. ?Amerika Muvaffaqiyatlar Akademiyasining Oltin Plitalar Mukofotlari“ . www.achievement.org . American Achievement Akademiyasi .
  12. Hargittai, Balazs . Candid Science V: Conversations with Famous Scientists . Imperial College Press, 2005 — 185 bet. ISBN  1860945066 .  

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]