한국   대만   중국   일본 
Abdulla To?qay - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Abdulla To?qay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh To?qay
tatarcha : Габдулла Тукай, ?abdulla Tuqay, ??????? ??????
Tavalludi 26 aprel 1886
Vafoti 1913 yil 2 aprel
Rossiya_imperiyasi
Fuqaroligi Rossiya_imperiyasi
Onasi Q117020947 ?
Imzosi

Abdulloh To?qay ( tatarcha : Габдулла Тукай, ?abdulla Tuqay, ??????? ?????? taxallusi; asl ismi To?qayev Abdulloh Muhammadorifovich) (1886.14.4, Qozon gubernyasi Qushlovich qishlog?i (Archa tumani) ? 1913.2.4, Qozon) ? tatar shoiri, publitsist. 1902-yildan she?rlar yoza boshlagan. 1905-yil harf teruvchi bo?lib ishlagan. ?Fiker“ (Fikr) gaz. va ?Al-asr al-jadid“ (?Yangi asr“) jur.ga she?r, feleton va publitsistik maqolalar yozib turgan. Abdulloh To?qay 1907-yil G. Kamolov bilan hamkorlikda ?Yashen“ satirik jurnali chiqaradi. 1910-yil ?Yalt-yolt“ jur.da ishlaydi. Tatar xalqining ozodlik uchun kurashi ?Ozodlik haqida“, ?Tekinxo?rlarga“, ?Dunyo bu“, ?Ketmay-miz“, ?Tovush“, ?Turmush“ kabi she?rlari, ?Mahoraba va davlat dumasi“ maqolasi va boshqalarda yorqin aks etgan. Abdulloh To?qay tatar adabiyotida tanqidiy realizmga, bolalar adabiyotiga asos soldi. Zamonaviy tatar adabiy tilini yaratuvchilardan biri bo?ldi. Taraqqiyotga to?sqinlik qiluvchi eskilik sarqitlariga, mutaassiblikka qarshi kurash, ilg?or ma?rifat-parvarlik g?oyalarini ilgari surish shoir ijodining muhim mavzularidir. Abdulloh To?qay tatar she?riyatining g?oya va mazmunigagina emas, shakli, ifoda vositalariga ham yangiliklarni joriy qildi. Xususan, uning xalq ohanglari va qo?shiqlariga moslab yozgan she?rlarining ruhi Turkistondagi milliy, ijtimoiy uyg?onishga hamohang bo?ldi. Abdulla To?qay she?rlari dastlab 1913-yilda o?zbek tiliga tarjima qilinib, darsliklarga kiritilgan (?Tuvgon til“ ? Avloniy, ?Turkiy guliston“, T., 1913 va boshqalar). Tataristonda Abdulloh To?qay nomidagi respublika davlat mukofoti ta?sis etilgan (1966). Qozon shahridagi markaziy maydonga Abdulla To'qay nomi berilgan, uning haykali o'rnatilgan. Undan tashqari Qozon metropolitenining shahar markazidagi bekati Abdulla To'qay nomida. Qozon shahrining katta bir ko'chasiga ham uning nomi berilgan. Toshkentdagi ko?chalardan biriga Abdulloh To?qay nomi berilgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Tanlangan asarlar, T., 1961.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Nurullin I. Z., Abdulla To?qay (Adabiy portret), T., 1985.