한국   대만   중국   일본 
Sankt-Peterburg - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Sankt-Peterburg

Koordinatalari : 59°57′0″N 30°19′0″E  /  59.95000°N 30.31667°E  / 59.95000; 30.31667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sankt-Peterburg

ruscha : Санкт-Петербу?рг
Shahar
The Winter Palace
Palace Bridge
Peter and Paul Cathedral
Saint Isaac’s Cathedral
The General Staff Building
The embankment along the Moyka river
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
59°57′0″N 30°19′0″E  /  59.95000°N 30.31667°E  / 59.95000; 30.31667
Mamlakat Rossiya
Asos solingan 1703-yil
Maydon 1,439 km 2 (556 kv mi)
Aholisi
  (2022)
5 377 503
Zichligi 3832,86 kishi/km 2
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +7 812
Pochta indeks(lar)i 190000?199406
Sankt-Peterburg xaritada
Sankt-Peterburg
Sankt-Peterburg

Sankt-Peterburg ( ruscha : Санкт-Петербу?рг ) Boltiq dengizining Finlandiya ko?rfazi sharqida, Neva daryosi bo?yida joylashgan Rossiya Shimoli-G?arbiy federal okrugi federal subyektidir. Sankt-Peterburgning norasmiy nomi ? Piter ( Piter ) ? unga asos solgan Pyotr I ismidan kelib chiqqan. Shahar shuningdek Petrograd ( Petrograd , 1914-1924) va Leningrad ( Leningrad , 1924-1991) [1] deb ham atalgan.

Sankt-Peterburg (Peterburg) (1914?24 yillarda Petrograd, 1924?91 yillarda Leningrad) ? Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Leningrad viloyati markazi, federal ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. Transport yo?li va avtovokzallar, xalqaro aeroport bor, dengiz porti, qahramon shahar, Volga ? Baltiysk suv yo?lining oxirgi punkti. Neva bo?yi pasttekisligining g?arbiy qismida, Fin qo?ltig?iga Neva daryosi quyiladigan yerda va Neva deltasidagi 42 orolda joylashgan. Iklimi dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi nisbatan salqin, obhavosi o?zgaruvchan. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?7,9°, iyulniki 17,7°. Yillik yog?in 585 mm. Yozning 1-yarmida ?oqtunlar“ hodisasi kuzatiladi. S. P. hududi 570 km² (Sankt-Peterburg shahar ma?muriyatiga qarashli shaharlar va shaharchalar hududi bilan birga 1350 km²dan ziyod). Aholisi 4188,6 ming kishi (S. P. shahar ma?muriyatiga qarashli aholi punktlaribn 4748,5 ming kishi, 1998). Shahar chegarasi doirasida 40 dan ziyod dare va 20 dan ziyod kanal mavjud (umumiy uz. 160 km dan ortiq). Neva daryosining shahar hududidagi eni 340-650 m, chuq. 14-23 m. S. P. hududining ancha qismi dengiz sathidan 1,2-3 m dan baland bo?lmagan tepaliklarda joylashgan. Shu bois shaharning bu tumanlarida, asosan, Fin qo?ltig?ining sharqiy qismida shamol ta?sirida suv bosishi xavfi bor. S. P.ni suv bosishidan himoyalash uchun Neva va Fin qo?ltiqlari chegarasida 1980?90 yillarda gidrotexnik majmua qurilgan.

S. P. joylashgan hudud 9?10-asrlarda novgorodliklarga qarashli (13-asrdan Ijora yeri nomi bilan mashhur) bo?lgan. 15-asrda S. P. o?rnida Novgorod Respublikasiga qarashli qishloqlar joylashgan. 1478-yilda Rus davlati tarkibida. 17-asr boshlarida shvedlar Neva sohillarini ishg?ol qilib, Oxta daryosining quyilish joyida Niyenshans qal?asini bunyod etdilar. Rus qo?shinlari 1703 1(12) mayda bu kal?ani ishg?ol qildilar va 16 (27) mayda Pyotr I Zayachiy o.da SanktPiterBurx (keyinroq Petropavlovsk) kal?asiga asos soldi. 1703?04 yillarda Kotlin o.da Kronshlot qal?asi bunyod etilgan (1723-yildan Kronshtadt). 1704-yil Nevaning chap sohilida Bosh Admiralteystvoga asos solindi. 1705-yilda uning atrofida Admiralteystvo qal?asi qad ko?tardi.

S. P.ga asos solinishi Rossiyaning Boltiq dengiziga va u orqali Yevropaga chiqish uchun olib borgan kup yillik kurashi samarasi bo?ldi. Shahar sanoat markazi sifatida tez o?sdi. 18-asr oxiridayoq shaharda 160 sanoat korxonasi bor edi. 1708-yildan S. P. Ingermanland, 1710-yildan S. P. gubernyasi markazi. 1712?28 va 1732?1918-yillarda ? Rossiya poytaxti. Bu yerda podsho saroyi (1712-yildan), Senat (1713-yildan), kollegiyalar (1718-yildan; 1802-yildan vazirliklar) va boshqa davlat muassasalari joylashgan.

Shahar mamlakatning siyosiy, sanoat, ilmiy va madaniy markazi sifatida rivojlandi. 1710-yilda Troitsa va Muqaddas Aleksandr Nevskiy monastiriga asos solindi (1797-yildan Aleksandr Nevskiy lavrasi). 1712?13 yillarda Rossiya imperatorlarining xilxonasiga aylangan Petropavlovsk sobori kurildi. 1711-yilda Rossiyadagi birinchi hukumat bosmaxonasi ochiddi. 1714-yilda Pyotr Ining shaxsiy kolleksiyasi asosida Rossiyadagi birinchi muzey ? Kunstkamera faoliyat ko?rsata boshladi. 1725-yilda mamlakatning bosh ilmiy markazi Peterburg Fanlar akademiyasi ta?sis qilindi. 1756-yilda Rossiyadagi birinchi doimiy, ommaviy teatr tashkil etildi. 1757-yilda Rossiya tasviriy san?atining taraqqiyotida katta mavqega ega bo?lgan Peterburg tasviriy san?at akademiyasiga asos solindi. 18-asr o?rtalarida Smolniy monastiri ansambli, kishki saroy qad ko?tardi. 1814-yilda mamlakatda birinchi bo?lgan jamoat kutubxonasi (hozirgi Rossiya milliy kutubxonasi) ochilgan.

19-asrda va 20-asr boshlarida S. P. ? siyosiyjamoat tashkilotlari va harakatlarining bosh markazi. 1825-yil 14-dekabrda shaharning Senat maydonida podsho hukumatiga qarshi qaratilgan birinchi qurolli chiqish ? dekabristlar qo?zg?oloni bo?lib o?tdi. 1881-yil 1 martda ?Narodnaya volya“ terrorchilari tomonidan imperator Aleksandr II otib o?ldirildi. 1905-yil 9-yanvarda xalq namoyishi qatnashchilari otib tashlandi. Birinchi jahon urushi boshlanishidan keyin 1914-yilning 1-avgustda shaharga yangi ?Petrograd“ nomi berildi. 1917-yilda Petrogradsa Fevral inqilobi va Oktabr to?ntarishi sodir bo?ldi. Chor hukumati ag?darilgandan keyin shaharda Rossiya Vaqtli hukumati organlari joylashgan. 1917-yil oktabrda Petrogradda sho?rolar hokimiyati o?rnatildi. 1918-yildan poytaxt Moskvaga o?tkazilishi bilan shahar o?z mavqei bo?yicha mamlakatning 2shaxri bo?lib qoldi. 1924?91 yillarda Leningrad deb yuritildi. 1927-yildan Leningrad viloyati markazi, Ikkinchi jahon urushi yillarida shahar nemis fashistlari va fin qo?shinlari tomonidan qamalda bo?ldi (1941-yil 8-sentabr 1944-yil 27-yanvar). Urush davrida Leningrad og?ir talafot ko?rdi. Rasmiy ma?lumotlar bo?yicha ochlikdan 641 ming (tarixchilar hisobi bo?yicha 800 mingga yaqin) leningradlik halok bo?ldi. 1945-yilda Leningradga ?Qaxramon shahar“ unvoni berildi.

1991-yilda shahar qaytadan o?zining tarixiy ?Sankt-Peterburg“ nomi bilan ataldi.

S. P. ? yirik mashinasozlik va fantexnika bilan bog?liq sanoat tarmoklari markazi (kemasozlik, energomashinasozlik, priborsozlik, radioelektronika va mudofaa bilan bog?liq sanoat korxonalari mavjud); qora va rangli metallurgiya, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoatlari bor. 1955-yildan metropoliten ishlaydi.

S. P.da Rossiya Fanlar akademiyasining ilmiy markazi, ko?p sonli ilmiy tadqiqot institutlari, 43 oliy o?quv yurti (shu jumladan, untlar, konservatoriya faoliyat) ko?rsatadi. Shaharda 20 teatr (shu jumladan, Mariinskiy, M. P. Musorgskiy nomidagi opera va balet teatrlari, Katta dramatik teatr va boshqalar), filarmoniya, sirk, 47 muzey (shu jumladan, Ermitaj, Rus muzeyi, Sankt-Peterburg tarixi muzeyi, Rossiya Fanlar akademiyasining Buyuk Pyotr nomidagi antropologiya va etnografiya muzeylari) ishlab turibdi. S. P.da 18?19 a.larga oid me?moriy ansambllar: Petropavlovsk qal?asi majmuasi, Aleksandr Nevskiy lavrasi, Smolniy, Vasiliy oroli yoyi (Birja binosi bilan birga), Qishki saroy, Aleksandr ustuni va Bosh shtab arkasi bilan birga Saroy maydoni, Pyotr I ga o?rnatilgan haykal va Isaakiyevskiy sobor bilan birga Dekabristlar (avvalgi Senat) maydoni; Nevskiy prospekt ansambli: Qozon sobori, me?mor Rossi ko?chasi bilan birga Rossiya akademik drama teatri va Rossiya milliy kutubxonasi, Mars maydoni, Yozgi bog? va muhandislik qasri mavjud. Klassitsizm va ampir uslubida qurilgan yodgorliklardan: Tasviriy san?at akademiyasi, Konchilik instituti, Narva darvozalari binolari, ko?priklar saqlangan. 1960-yilda Piskaryov qabristonida me?moriy memorial majmua bunyod etildi. S. P. atrofida: Petrodvorets (Petergof), Pushkin (Sarskoye Selo), Pavlovsk, Gatchinada saroypark ansambllari (18? 19-asrlar) bor. S. P. ? Rossiya va xalqaro turizmning muhim markazi. 2003-yilda S. P.ning 300 y.lik yubileyi keng nishonlandi. [2]

Yana

Ilovalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Sankt Peterburg gubernatorligi sayti: http://eng.gov.spb.ru/ ( Wayback Machine saytida 2006-12-31 sanasida arxivlangan )
  2. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil