48°51′40″N
2°20′9″E
/
48.86111°N 2.33583°E
/
48.86111; 2.33583
Luvr
(
fransuzcha
:
Musee du Louvre
) ? dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri. Avval qirollar qasri bo?lgan Luvrning binosi Parijning markazida, poytaxtning
1-munisipal okrugida
joylashgan.
Luvr
(Louvre) ? jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur
me?moriy
yodgorlik ? sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. L. fondini sobiq qirollik to?plami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan to?plamlari tashkil qildi; Napoleon yurishlarida qo?lga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, ko?plab hadya qilingan san?at asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 bo?limdan iborat: tasviriy va amaliy san?at, qaykaltaroshlik (o?rta asrlar,
Uyg?onish davri
, keyingi davr), Yunon va Rim yodgorliklari, Kad. Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq yodgorliklari dunyo bo?yicha muhim ahamiyatga ega; fransuz san?ati (ayniqsa, kartinalar galereyasi) juda mukammal. L.da jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir san?at asarlari to?plangan. Muzey ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy to?plamlar alohida joylashtirilgan.
L. binosi Parijning tarixiy qismidagi asosiy me?moriy yodgorlik bo?lib, 13-asr boshi ? 14-asrlarda eski qasr o?rniga qurilgan. 1546?74 yillarda me?mor P. Lesko renessans usulida saroy qurgan, haykaltaroshlik bezaklarini J. Gujon ishlagan. Binoni kengaytirish va qayta qurish (J. Lemersye, 1624-yildan; L. Levo, 1661?64; K. Perro, 1667?74; L. Viskonti va E. Lefyuel, "Yangi L.", keyinchalik Kartinalar galereyasi) 20-asrning oxirlarigacha davom etdi.
[1]
Ilk marotaba muzey eshiklari omma uchun
Fransuz Revolutsiyasi
davrida
1793
-yili
8-noyabrda
ochilgan. Uning minglab kartina va haykaltaroshlik namunalari ichida Gioconda (
Mona Lisa
),
Milosslik Venera
,
Samofrakiyalik Nika
kabi mashhur asarlar,
Rembrandt
,
Tizian
va
Leonardo da Vinci
kartinalari bor.
1989
-yili qasr o?rtasiga I. M. Pei yaratgan
shisha piramida
qo?shiladi.
Luvr uch asosiy galereyadan iborat ? Syulli, Rishelyo va Denon.
- ↑
O?zME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil