한국   대만   중국   일본 
Kabo-Verde - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Kabo-Verde

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kabo Verde Respublikasi
Republica de Cabo Verde
Shior Unidade, Trabalho, Progresso
Madhiya :   Cantico da Liberdade
Location of Kabo-Verde
Poytaxt Praya
Rasmiy til(lar) Portugal tili
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
Jorge Carlos Fonseca
Ulisses Correia e Silva
Mustaqillik ( Portugaliyadan )
? Sana
5-iyul, 1975
Maydon
? Butun
4,033 km 2 ( 174-o?rin )
? Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
418,224 ( 173-o?rin )
Zichlik 103/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 2,990 mil. ( 169-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 7,149
Pul birligi Cape Verde Escudo ( CVE )
Vaqt mintaqasi UTC ?1
? Yoz ( DST )
UTC ?1
Qisqartma CV
Telefon prefiksi 238
Internet domeni .cv

Kabo-verde (Savo Verde), Kabo-Verde Respublikasi (Republica de Cabo Verde) ? Atlantika okeanida, G?arbiy Afrika sohili yaqinidagi Yashil Burun orolarida joylashgan davlat. 10 ta yirik va 5 ta mayda orolni o?z ichiga oladi. Mayd. 4,033 ming km 2 . Aholisi 405 ming kishi (2001). Ma?muriy jihatdan 14 tuman (conselho)ra bo?linadi. Poytaxti ? Praya shahri.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kabo Verde ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yilda qabul qilingan. Davlat boshlig?i ? prezident (2001-yildan P. V. Piresh). U umumiy, to?g?ri va yashirin ovoz berish yo?li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi ? umumiy saylov yo?li bilan 5 yil muddatga saylanadigan Milliy assambleya (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Orollar, asosan, vulkanlardan hosil bo?lgan. Qirg?oqlari tik va qoyali; qulay tabiiy gavanlari kam. Relyefi ? asosan, tog?li. Eng baland cho?qqisi 2829 m (Fogu orolda). Iqlimi ? tropik, passat. O?rtacha oylik temperatura 22°? 27°. Yillik yog?in 100 ? 250 mm. Bot-bot qurg?oqchilik bo?lib turadi. Daryolari kam. O?simligi cho?l va chala cho?lga xos. Hayvonot turlari oz. Dengiz qushlari ko?p. Qirg?oq atrofi suvlari baliqqa boy. Fosforit, binokorlik materiallari, jumladan, gips konlari bor.

Aholisining 62% mulatlar, 35% afrikaliklar (fulbe, balante, manjaklar); shahar aholisi 30%. Rasmiy tili ? portugal tili . Aholining 98% ? katoliklar.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kabo Verde joylashgan Yashil Burun orollarini Portugaliya ekspeditsiyalari 1456 va 1460-yillar orasida kashf etgan. O?sha paytgacha bu yerda odam yashamagan. Afrikadan qullar, Portugaliyadan dehqonlar ko?chirib keltirildi. 1495-yil Portugaliya mustamlakasi deb e?lon qilindi. 15?16-asrlarda bu xudud Afrikaning Gvineya soqili yonidagi qul savdosi markazlaridan biriga aylandi. Qul savdosi tanazzulga uchrashi bilan (1876 i. tamoman man etildi) bu yerdan AQSH va b. mamlakatlarga ko?chib ketish ommaviy tus oldi.

Ikkinchi jahon urushi (1939?45)dan keyin Portugaliya va uning ittifoqdoshlari Kabo Verdening port va aerodromlaridan Gvineya-Bisau, Angola va Mozambikdagi milliy ozodlik kuchlariga qarshi kurashda oraliq baza sifatida foydalandi. 1951-yilda Portugaliyaning "dengiz ortidagi viloyati" maqomini oldi.

50-yillardan Kabo Verdeda milliy ozodlik harakati kuchaydi. Bu harakat Portugaliya mustamlakasi Gvineya-Bisau xalqlarining ozodlik kurashi bilan chambarchas bog?liq bo?ldi. Bu kurashga Gvineya va Kabo Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi (PAIGK, 1956-yil tashkil topgan) rahbarlik qildi. 1972-yilda Portugaliya Kabo Verdega "mahalliy muxtoriyat" huquqini berdi. 1974-yil 24 aprelda Portugaliyadagi fashizm rejimi ag?darib tashlangach, PAIGK bilan Portugaliya muvaqqat hukumati o?rtasida Kabo Verde ga 1975 i. 5 iyuldan mustaqillik berilishi haqida bitim imzolandi. 1974-yil dekabr oxirida o?tish davri hukumati tuzildi. 1975-yil 30 iyunda Xalq milliy majlisiga birinchi saylov o?tkazildi. Kabo Verde o?sha yili iyulda Afrika Birligi Tashkilotiga, sentabrda BMT ga qabul qilindi. 1975-yil oxiriga kelib, Kabo Verde 60 davlat bilan diplomatiya munosabatlari o?rnatdi. 1986-yil 6 fevralgacha mamlakatning nomi portugalchadan tarjima qilinib, Yashil Burun o.lari deb atab kelindi. Kabo Verde 1992-yil 16 yanvarda O?zbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami ? 5 iyul ? Mustaqillik kuni (1975).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kabo Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi (PAIKV), 1956-yilda tuzilgan; 1981-yildan hozirgi nomda; Demokratiya uchun harakat, 1990-yilda asos solingan. Kabo Verde mehnatkashlari milliy birlashmasi ? kasaba markazi, 1978 i. da tashkil toptan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Xo?jaligining asosini qishloq xo?jaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo?jaligining ulushi 11%, sanoatning ulushi 10%. Iqtisodiy faol aholining 80% qishloq xo?jaligida band. Tez-tez bo?lib turadigan qurg?oqchilik qishloq xo?jaligiga katta zarar yetkazadi. Aholining oziq-ovqatga bo?lgan ehtiyojlarini qoplamaydi. Mustaqillik e?lon qilingach, mustamlakachilik oqibatlarini tugatish choralari ko?rildi; milliy taraqqiyot jamg?arasi tuzildi, qishloq xo?jaligini rivojlantirish favqulodda dasturi ishlab chiqildi, kooperatsiyaning turli shakllarini rivojlantirishga, sanoat korxonalari barpo etishga kirishildi.

Qishloq xo?jaligi. Aholining an?anaviy mashg?ulotlari ? dehqonchilik va baliqchilik. Ichki ehtiyoj uchun makkajo?xori, kartoshka, dukkakli don ekinlari, maniok, no?xat, qizil qalampir, pomidor ekiladi. Eksport uchun kakao, banan, shakarqamish, yer yong?oq, tamaki, kanakunjut, indigo yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qo?y boqiladi. Baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.

Sanoati dengiz mahsulotlarini qayta ishlash, tuz qazib olish va b. korxonalardan iborat. Spirt (shakarqamishdan), sovun, o?simlik moyi va sement ishlab chikaradigan korxonalari bor. Eksport uchun tuz va putssolan qazib olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan. Temir yo?l yo?q. Avtomobil yo?llarining uz. 5,6 ming km. Yiliga o?rtacha 36 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy porti ? Mindelu (San-Visenti o.da). Sal o.da yirik aerodrom bor. Asosan, Portugaliya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya bilan savdo qiladi. Chetga baliq, banan, qandshakar, tuz sotadi. Chetdan oziq-ovqat, mashina-uskunalar, neft mahsulotlari keltiradi. Pul birligi ? Kabo Verde eskudosi.

Xalq ta?limi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1960-yillarning oxirida aholining 90% dan ko?prog?i savodsiz bo?lgan. Maktab tizimi Portugaliya ta?sirida shakllandi. Maktablarda ta?lim portugal tilida olib boriladi. Mustaqillikka erishilgandan keyin (1975), 6 yoshdan 12 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun bepul majburiy ta?lim joriy etildi. Boshlang?ich maktabda o?qish muddati 4 yil, o?rta maktabda 5 yil qilib belgilandi. O?rta maktab ikki bosqich: 2 yillik tayyorlov sinflari va 3 yillik katta o?rta maktab (litsey) dan iborat bo?ldi. 1980-yillarning boshidan maktab tizimi yangidan tuzildi. Maktabda o?qish muddati 11 yil, 6 yil asosiy maktabda, 3 yil to?liqsiz o?rta maktabda va 2 yil to?liq o?rta maktabda o?qiladi. To?liq o?rta maktabda gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnika bo?limlari bor. Mamlakatda 3 ped. bilim yurti va industrial maktab ishlaydi. Oliy o?quv yurti yo?q.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kabo Verdeda bir qancha gaz. va jur". nashr etiladi. Asosiylari: "Boletin informativu" ("Informatsion byulleten", haftanoma, 1976-yildan), "Boletin ofisial da Republika di Kabo-Verde" ("Kabo-Verde Respublikasi rasmiy byulleteni", hukumat haftanomasi), "Voj di povu" ("Xalq ovozi", hukumatning portugal tilida chiqadigan haftalik gaz., 1975-yildan),"Raizesh" ("Ildizlar", portugal tilida har chorakda chiqadigan adabiy jurnal, 1977-yildan), "Tribuna" ("Minbar", haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1984-yildan), "Unidadi i luta" ("Birlik va kurash", oylik jurnal, 1976-yildan). Kabopress agentligi xukumat axborot agentligidir. Kabo Verde radiotelevideniyesi hukumat ixtiyorida. "San-Visenti ovozi" xukumat radiostansiyasi 1975-yil tashkil etilgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyoti portugal va kreol tillarida. Mahalliy kreol tilida boy og?zaki adabiyot shakllangan. Xalq she?riy va qo?shiq ijodiyotining shakllaridan biri ? mornlar (muhabbat va ayriliq haqidagi mungli qo?shiqlar) ayniqsa keng tarqalgan. Bu mavzular Kabo Verde adabiyotida an?anaga aylandi. E. Tavarish, P. Kardozu va b. shu janrda ijod kildilar. Jorji Barboza madaniy-ma?rifiy va adabiy jurnallar tashkilotchilaridan biri bo?ldi. O. Alkantar "Shikino" va M. Lopish "Sharqiy shamol fosh etadi" romanlarida ijtimoiy motivlar, birinchi marta ijtimoiy tengsizlik mavzui kalamga olindi. A. Fonseka she?rlarida portugal "mustamlaka jannati"ni fosh etdi. Shoir Kabverdiano Dambara kreol tilida ijod qilib, xalqlarning mustaqillik uchun kurashini kuyladi. A. A. Gonsalvishning qissalari, M. Ferreyraning romanlari 60?70-yillarda Kabo Verde adabiyotida salmoqli asarlar bo?ldi. 80?90-yillar adabiyotida eskilikni inkor etish va buzish bilan cheklanmay, yangilik yaratishga intilish tamoyillari bo?rtib ko?rindi. Romanu di Meluning portugal va kreol tillarida nashr etilgan "Qopqora" romani bunga misol bo?la oladi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil