Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Choi Soo-young
(
koreyscha
:
최수영
; 1990-yil 10-fevralda tug?ilgan),
Sooyoung
nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qo?shiqchi, aktrisa va qo?shiq muallifi.
U 2002-yilda Yaponiyada
Route 0
nomli koreys-yapon guruhi a?zosi edi. 2004-yilda Janubiy Koreyaga qaytgach, 2007-yilda
Girls' Generation
qizlar guruhining a?zosiga aylangan, u butun dunyo bo?ylab Janubiy Koreyaning eng mashhur qizlar guruhining a?zosidan biriga aylangan. Guruh faoliyatidan tashqari Sooyoung
?The Third Hispital“
(2012),
?Dating Agency: Cyrano“
(2013),
?My Spring Days“
(2014),
?Squad 38“
(2016),
"
Man in the Kitchen
" (2017) kabi turli
teledasturlarda
rol ijro etgan. 2017-yil oktyabr oyida garchi Sooyoung Girls' Generation a?zosi bo?lib qolsa ham
SM Entertainmentni
tark etgan. U
Echo Global
guruhiga qo?shilgan va 2019-yilda
Saram Entertainmentga
o?tishdan oldin 2018-yilda o?zining birinchi yakkaxon
?Winter Breath“
singlini chiqargan.
2020-yilda Suyoung
JTBC
telekanalining
Run On
romantik dramasida suratga tushgan.
[1]
2021-yilda u Choy Tae-Jun bilan manhvaga asoslangan Naver TV romantik komediya serialida
?So I Married the Anti-fan“
filmida rol ijro etgan
[2]
va
Netflixning
?Move to Heaven“
asl serialida paydo bo?lgan.
[3]
2022-yilda u
KBS2ning
?If You Wish Upon Me“
dramasida hospisda hamshira rolida suratga tushadi.
[4]
2015-yildan beri Sooyoung retinit pigmentoza kasaliga uchraganlarni davolash uchun pul yig?ish maqsadida
?Beaming Effect“
nomli har yili o?tkaziladigan xayriya auktsion tadbirini o?tkazadi.
[5]
[6]
[7]
Sooyoung 2009-yilda JeongShin ayollar o?rta maktabini tamomlagan.
[8]
U kinoshunoslik bo?yicha ta?limini davom ettirgan va 2016-yil fevral oyida Chung-Ang universitetini tamomlab, bitiruv marosimida Lifetime achievement mukofotini olgan. Uning hamkasbi Girls' Generation a?zosi
Kwon Yuri
ham xuddi shu universitetda tahsil olgan.
[9]
Sooyoung 2013-yildan beri Jung Kyung-ho bilan ishqiy munosabarda.
[10]