1-mart harakati
yoki
Samil harakati
(
kor.
三一運動
?
, 三一運動
?
) Yaponiya hukmronligi davridagi eng birinchi milliy
koreys
ozodlik harakatlaridan biridir. Bu harakat
1919 yil
1 martda
sodir bo'lganligi uchun ham shunday nom olgan.
Harakatning kelib chiqish tarixi va
1918 yil
yanvar oyida
AQSh
prezidenti
Vudro Vilson
tomonidan mustamlaka xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi to‘g‘risidagi “
O'n to‘rt nuqta
” nomli dasturini e’lon qilishi bilan bog‘liq. Ushbu e'londan so‘ng
Tokioda
tahsil olayotgan koreyalik talabalar Koreya mustaqilligi haqidagi talablarini ommaga e’lon qilishdi. Bu haqdagi xabar Koreyaga yetib borgach,
Cheondogyo
,
Buddizm
va
Xristianlik
vakillari hamda
Son Byon Xidan
ishtirokidagi iborat yashirin qo‘mita tuziladi. Bu qo‘mita Yaponiya hukumatini ag‘darish uchun yashirin rejalar ishlab chiqadi.
Qo‘zg‘olonni sobiq imperator Kojongning dafn marosimidan ikki kun oldin boshlashga qaror qilinadi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari nazdida, bu dafn marosimi nafaqat Choson sulolasini, balki mustaqillikning so‘nggi timsolining ham yakuni edi.
1-mart kuni soat 14:00 da Samil harakatining asoschilaridan tashkil topgan 33 nafar koreys vatanparvarlari Tehvagvan restoranida yig‘ilishadi (
koreyscha
: 태화관 ) va koreyalik tarixchi va yozuvchi Choi Namseong
mustaqillik deklaratsiyasini
o‘qib beradi. Uchrashuv dastlab
Keijo
shahar markazidagi “Bahor bog‘i”da o‘tkazilishi kerak edi, ammo bu qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zgartiriladi. Harakat yetakchilari hujjatni imzolab, uning nusxasini
Yaponiya
general-gubernatori
Xasegava Yoshimichiga yuborishadi. Shundan so‘ng ular politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z qilmishlari haqida xabar berishgan, so‘ng ular hibsga olingan.
Harakat yetakchilari tomonidan ko‘rilgan ehtiyot choralariga qaramay, u tezda bostiriladi. Bahor bog‘iga olomon to‘planadi, ularning oldida deklaratsiya matni o‘qiladi. Shundan so‘ng olomon Seul ko‘chalari bo‘ylab namoyish uyushtiriladi, uni yapon politsiyasi tarqatib yubordi, natijada mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, bir necha ming kishi jarohatlandi. 47 mingga yaqin odam hibsga olindi.
Shu bilan birga, deklaratsiya matni bir vaqtning o‘zida mamlakatning boshqa shaharlarida ham o‘qilgan, ammo bu harakat yapon politsiyasi tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan.
Biroq norozilik namoyishlari o‘z samarasini bermadi. Politsiya va jandarmeriyaga yordam berish uchun
yapon armiyasi
jalb qilindi.
Mart oyi oxirida Yaponiya rasmiylari namoyishlarni bostirishda 553 kishi halok bo‘lgan, 12 ming kishi hibsga olinganini ma’lum qilgan edi. Koreya manbalarida raqamlar borasida farq juda katta.
Qo‘zg‘olon bir yil davomida bostirildi. Unda 2 millionga yaqin koreyslar ishtirok etdi. Davlat miqyosida 1500 dan ortiq namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 7 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi.
[1]
.
Bu harakatlar xalqaro miqyosda e‘tiborga olinmadi, natijada Koreya milliy ozodlik harakati yaponlarga qarshi kurashda o‘z kuchlariga tayanish zarurligini anglab yetishdi.
1-mart harakatining natijalaridan biri Yaponiya
imperatorlik siyosatining
o‘zgarishi edi. Kuchli bosim ostidagi boshqaruv siyosatini samarasizligini anglagan holda hamda xalqaro hamjamiyat nazarida yaxshi taasurot qoldirish maqsadida, yangi general-gubernator
Saito Makoto
“madaniy boshqaruv” siyosatini amalga oshiradi. Bu siyosat xususan, senzurani susayishi va
koreys
tilida xususiy bosma mahsulotlarni chop etishga ruxsatnomalar berishda o‘z aksini topdi.
2018-yil 3-iyulda Koreya Respublikasining Prezidenti Mun Chje In 1-mart kuni Koreyaning yapon mustamlakasiga qarshi milliy ozodlik harakatining 100 yilligi munosabati bilan KXDR bilan qo‘shma tadbirlar o‘tkazishni taklif qildi.
- Kamings, Bryus, Koreyaning quyoshdagi o'rni: zamonaviy tarix. Nyu-York: WN Norton and Company, 1997 yil.