Shimoliy Osetiya Alaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Shimoliy Osetiya dan yo?naltirildi)

Shimoliy Osetiya Alaniya , Shimoliy Osetiya, Alaniya Respublikasi ? Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni 8 ming km². Aholisi 709,9 ming kishi (2002). Poytaxti ? Vladikavkaz shahri. Ma?muriy jihatdan 8 tuman, 6 shahar, 7 shaharchaga bo?linadi. [1]

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shimoliy Osetiya Alaniya ? respublika. Oliy mansabdor shaxs, ijrochi hokimiyat boshlig?i ? prezident, ijrochi hokimiyatning oliy organi ? respublika hukumati. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi ? respublika parlamenti.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Respublika Katta Kavkaz tog?ining shim. yon bag?ri va unga tutashgan qiya tekislikda joylashgan. Janubida bal. 4000 m dan ziyod bo?lgan Asosiy va Suvayirg?ich va Yon tog? tizmalari (Jimara tog?i, 4780 m ? respublikaning eng baland nuqtasi) bor. Respublikaning markaziy qismida Osetiya qiya tekisligi, undan shim. tomonda Sunja va Terek past tog? tizmalari hamda Mozdok tekisligi joylashgan. Foydali qazilmalari: polimetall rudalar, qurilish materiallari, dolomit; mineral suv manbalari bor. Iqli.mi mo??tadil kontinental, Mozdok tekisligida qurg?oqchil iqlim, teztez garmsel esib turadi. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?4,3°, iyulniki 24°. Yillik yog?in 400?450 mm. Osetiya tekisligida yanvarda o?rtacha temperatura ?4°, iyudda 20°; yillik yog?in 600? 800 mm. Asosiy daryosi ? Terek; irmoqlari ? Urux, Ardon, Fiagdon, Gizeldon, Sunja, Kambileyevka. Terek vodiysi va uning irmoqlari quyi qismlaridagi allyuvial tuproqlarda o?rmon va o?tloqlar bor. Tog? va tog? oralig?idagi soyliklarning qo?ng?ir o?rmon, tog?podzol va tog?dasht tuproqlarida qarag?ay va qayin daraxtlari o?sadi. Yovvoyi hayvonlardan tur, kiyik, o?rmon mushugi, qobon, yelik, silovsin va boshqalar; parrandalardan ular, kavkaz quri, kaklik yashaydi. Tekisliklarda kemiruvchi hayvonlar ko?p. Respublikada Shimoliy Osetiya tabiiy qo?riqxonasi va bir qancha buyurtma qo?riqxona bor.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Osetin, rus, ingush, arman, gruzin va boshqalar yashaydi. Davlat tillari ? osetin va rus tillari. Shahar aholisi 65,4%. Dindorlari, asosan pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor. Asosiy shaharlari: Vladikavkaz, Mozdok, Beslan.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shimoliy Osetiya Alaniya hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1-ming yillik boshlarida skiflar, sarmatlar, alanlar yashagan. Gunnlarning 4-asrdagi hujumi natijasida alanlarning bir qismi G?arbiy Yevropaga ketishga majbur bo?ldi, qolganlari Kuban va Terek daryolari oralig?ida, shuningdek, tog?larda o?rnashib qoldi. 9?10-asrlarda Alaniya davlati tashkil topdi. 8?12-asrlarda alanosk (osetin) elati shakllana boshladi. Mo?g?ullar hujumi (1222?39) natijasida osetinlar Terekning yuqori oqimlaridagi tog? daralari va uning yon bag?irlariga surib chiqarildi. 1774-yil Rossiya bilan Turkiya o?rtasida tuzilgan KuchukQaynarja sulh shartnomasiga ko?ra, Rossiya tarkibiga qo?shildi. 18-asr oxiri ? 19-asr boshlariga kelib osetin xalqining shakllanish jarayonitugadi. 1920-yil 17 noyabrda Terek viloyati xalqlari s?yezdida Tog?li muxtor respublika tuzilib, Shimoliy Osetiya Alaniya uning tarkibiga Osetiya (Vladikavkaz) okrugi sifatida kirdi. 1924-yil 7 iyulda u Shimoliy Osetiya muxtor viloyatiga, 1936-yil 5 dekabrda Shimoliy Osetiya muxtor respublikasiga aylantirildi. 1990-yil dekabrda Shimoliy Osetiya muxtor respublikasi Oliy Kengashi davlat suvereniteti to?g?risida deklaratsiya qabul qildi. 1993-yil noyabrdan Shimoliy Osetiya Alaniya deb nomlandi.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 19,7%, qishloq xo?jaliginiki 11,7%, qurilishniki 5,5%, temperaturansportniki 2,5%, savdoniki 21% ni tashkil etadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari orasida rangli metallurgiya ("Elektrotsink", "Pobedit" zdlari), oziqovqat, elektr energetikasi, mashinasozlik va metallsozlik, qurilish materiallari sanoati, yengil, o?rmon, yog?ochsozlik va sellyulozaqog?oz, priborsozlik, oynashisha, kimyo va neft kimyosi sanoati yetakchi hisoblanadi. Terek daryosida GES kaskadi mavjud. Iiliga o?rtacha 0,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Vladikavkaz, Mozdok, Beslan.

Qishloq xo?jaligiga yaroqli 350,4 ming gektar yerning 198,6 ming gektari haydaladi. Qishloq xo?jaligida yetakchi tarmoq ? go?shtsut chorvachiligi; qoramol, qo?y, cho?chqa, parranda boqiladi. Dehqonchilikda bug?doy, arpa, makkajo?xori, kungaboqar yetishtiriladi; sabzavotchilik, bog?dorchilik, tokchilik, shuningdek, asalarichilik rivojlangan.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Avtomobil yo?llari uzunligi 2309 km. Respublika hududidan "Kavkaz" avtomobil yo?lining Rostov Don?Maxachqala shoxobchasi o?tgan. Harbiy Gruziya va Harbiy Osetiya yo?llari Shimoliy Osetiya Alaniya hududidan boshlanadi. Temir yo?li uzunligi ? 144 km. Shimoliy Kavkaz temir yolning Rostov Don?Boku, Proxladnaya?Mozdok?Gudermes magistrali kesib o?tadi. Stavropol?Grozniy?Vladikavkaz?Tbilisi gaz quvuri mavjud.

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shimoliy Osetiya Alaniyada har 10 ming aholiga 65 vrach to?g?ri keladi. Bir qancha sanatoriykurort va dam olish muassasalari, jumladan, Karmador, Tamisk balneologiya kurortlari mavjud.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Maorifi va hunar texnika ta?limi Rossiya Federatsiyasida qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan. 211 umumiy o?rta ta?lim maktabida 106 ming, 13 o?rta maxsus o?quv yurtida 11,7 ming o?quvchi, 4 oliy o?quv yurti (Shim. Osetiya universiteti, agrar, texnologiya untlari, tibbiyot instituti)da 17,8 ming talaba ta?lim oladi. Tarix, iqtisodiyot, til va adabiyot ilmiy tekshirish institutlari, 200 dan ortiq kutubxona, teatr va muzeylar bor. Osetin va rus tillarida gaz. va jur.lar nashr etiladi hamda radioeshittirish va teleko?rsatuvlar olib boriladi.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shimoliy Osetiya Alaniya hududida o?rta asr xristian (Nuzal qishlog?idagi butxona, 10?12-asrlar) va musulmon (Tatartup shahridagi masjid va minoralar, 14-asr) me?moriy yodgorliklari, shuningdek, mudofaa inshootlari saqlangan. Xalqturar joylari (18?19-asrlar) tog?larda toshdan ko?p xonali 2 qavatli qilib qurilgan, tomi loy bilan yopilgan; tekisliklarda somonli loydan to?g?riburchak shaklida, keyinchalik g?ishtli, tomi cherepitsa bilan yopiladigan chordoqli uylar qurilgan. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida Mozdok, Vladikavkaz shahrilarida eklektika va modern uslubida binolar yaratildi. 1920-yillardan keyin Vladikavkaz shahri qayta qurildi, Mozdok, Alagir, Beslan, Ardon, Digora shahrilarida ko?plab ma?muriy, jamoat, sport va kurort binolari qurildi. Shimoliy Osetiya Alaniya hududida topilgan qadimiy san?at yodgorliklari mil. av. 3-ming yillikka taallukli. Skiflar davridan (mil. av. 7-asr) jezdan ishlangan quyma buyumlar saqlanib qolgan. 19-asr oxirida birinchi osetin rassomi shoir K.Xetagurov, undan keyingi davrlarda grafik va rassomlar M.S.Tuganov, A.Xoxov, V.Lakisov, R.Xasiyeva, haykaltaroshlar akauka Dzantiyevlar, S.Tavasiyev samarali ijod qildilar. 1950?70 yillarda A.Janashev, Ch.Dzanatov. B.Totiyev, Z.Aboyev, Yu.Bigayev kabi rassomlar mashhur bo?lgan. Badiiy hunarmandchilikda zardo?zlik, naqshinkor bronza va kumush idishlar, naqshli qurollar tayyorlash, yog?och o?ymakorligi, gilam to?qish rivojlangan.

Musiqasi og?zaki an?anaviy san?at tariqasida rivojlanib keldi. Osetin xalq qo?shiqlari janr jihatdan xilmaxil (ayniqsa, erkaklarning 2 ovozli qahramonona qo?shiqlari keng tarqalgan). Milliy musiqa asboblari; duadastanon (12 torli arfa), dalafandir, kissin fandir (torlikamonli), fidiuag (buqa shoxidan ishlangan), uadindz, stili (puflama), gumsag (baraban), karsganan (urma soz) va boshqalar Shuningdek, iornkandaalfandir (diatonik va xromatik garmonikalar), balalayka, skripka ham ko?p ishlatiladi. Xalq musiqa ijodkorlari orasida kadaganat (dostonchi)lar faoliyati alohida ahamiyatga ega; 19-asr da Babo Dzugutov, 20-asrda A.Sopanov, D.Tautiyev, S.Sagarayev va boshqalarlar mashhur bo?lgan. Birinchi kompozitorlik musiqa asarlari 20-asrning 20-yillarida yaratildi (P.Mamulov, V.Dolidze). 1950?60 yillarda opera, operetta, balet, simfoniya, oratoriya, vokal musiqa (kompozitorlar X. Pliyev, D.Xaxanov, I.Gabarayev, T.Kokoyti, A.Kokoyti, R.Sarionti va boshqalar) rivojlandi.

Dirijyorlar ? I. Arkin, P.Yadix, xonandalar ? T.Togoyeva, M.Katoliyeva, F.Suanov, D.Bilaonova va boshqalar mashhur. Respublikada Musiqali teatr (1972-yildan), filarmoniya (1945), simfonik orkestr (1944), "Alan" raqs ansambli (1966), san?at, musiqaped. bilim yurtlari faoliyat yuritadi.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Professional osetin teatri raqs, ashula va qo?g?irchoq o?yinlar bilan birga o?tkaziladigan xalq o?yin va tomoshalaridan boshlangan. Osetin tilida havaskorlik spektakllari 1904-yildan Vladikavkaz va yirik qishloqlarda qo?yildi. 1930-yildan Vladikavkazda kichikjanrlarteatri ochildi. 1935-yil Shimoliy Osetiya drama teatri (1958?71 yillarda musiqali drama teatri) tashkil etildi. 1943-yil "Sabi" qo?g?irchoqteatri ochildi (rus va osetin truppalari). Mashhur teatr arboblari: V.Txapsayev, Z.Britayeva, N.Salamov, K.Slanov, V.Xugayeva, G.Xugayev, M.Salikov va boshqalar.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Shimoliy Osetiya Alaniya" O?zME . Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil