한국   대만   중국   일본 
Zulmi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Zulmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zulmi - hind jangari dramasi bo?lib , rejissyor Kuku Kohli tomonidan 1999-yil 16-aprelda chiqarilgan. Unda Akshay Kumar va Twinkle Khanna rol o?ynagan.

Syujeti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Balraj Dutt Baba Thakurning qo?riqchisi bo?ladi, Thakur vafot etayotgan paytda Balrajga nabirasi Niholga g?amxo?rlik qilishi va himoya qilishi haqida va?da beradi.

Yillar o?tib, Raj Malxotra va uning singlisi restoranda ovqatlanishadi, biroz vaqt o?tib ularga noma?lum odam hujum qiladi. Bu shaxs Rajning singlisiga zo?ravonlik qilmoqchi bo?ladi ammo qiz o?z joniga qasd qiladi.

Bu voqeadan azob chekayotgan Raj shunga o?xshash voqeaning guvohi bo?ladi va bu qizni zo?ravonlardan qutqaradi. Bu voqeaning tasodifan guvohi bo?lib qolgan Balraj Rajni qizi Komalga tansoqchi qilib yollaydi. Komal dastlab Rajni yoqtirmaydi va uni ishdan bo?shatishga qayta-qayta urinib ko?radi, lekin Raj uning hayotini hujumdan qutqarib qolgach, asta-sekin uni yoqtira boshlaydi. Raj ma?lum vaqt o?tib Niholni singlisini haqorat qilgan shaxsligini bilib qoladi va vaziyat murakkablashadi. Endi Raj Niholni o?ldirish harakatiga tushadi.

Film qahramonlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Akshay Kumar Raj Malxotra rolida
  • Twinkle Khanna Komal Dutt rolida
  • Amrish Puri Balraj Dutt rolida
  • Aruna Irani Sumitra Dutt rolida
  • Zoravar Dalip Tahil rolida
  • Deep Dhillon Baxtavar rolida
  • Arun Bakshi inspektor Vikram rolida
  • Dara Singx Baba Thakur rolida
  • Milind Gunaji Nihal Thakur rolida
  • Rakxi Malxotra Pooja Malxotra rolida
  • Ghanshyam Rohera uchuvchi rolida

Soundtrack [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Zulmi
Dilip Sen-Sameer Sen
R. D. Burman saundtreki
Chiqarilgan sanasi 1999-yil 20-yanvar
Janr soundtrack
Leybl T-Series

Musiqani Dilip Sen-Sameer Sen va RD Burman bastalagan, so?zlarini esa Gulshan Bawra yozgan.

  • 01 ? ?Teri Badmashiyan Aur Meri“ ? Asha Bhosle va Udit Narayan
  • 02 ? ?Bhool Se Humne Bhool Ki“ (Baxtli) ? Kumar Sanu va Asha Bhosle
  • 03 ? ?Shalu Ya Sheela“ ? Amit Kumar
  • 04 ? ?Mere Liye to Fit Hai Tu“ ? Amit Kumar va Asha Bhosle
  • 05 ? ?Sapne Mein Aake Loot Gaya“ ? Asha Bhosle * Musiqa: RD Burman
  • 06 ? ?Zulmi Toone Zulm Kiya“ ? Asha Bhosle
  • 07 ? ?Bhool Se Humne Bhool Ki“ (G?amgin) ? Asha Bhosle
  • 08 ? ?Bhool Se Humne Bhool Ki“ ? Instrumental

Tanqidlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Deccan Herald tanqidchisi shunday deb yozgan edi: ?Shov-shuv odatda sifatga teskari proportsionaldir. Bu film ushbu gapning yaqqol isboti. Hech qanday da?vo belgilari yo?q. Hech qanday makr, hiyla yo?q. Film oddiy va to?g?ridan-to?g?ri syujetga ega“ [1] [2] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Reviews“ . Deccan Herald (1999-yil 18-aprel). 2012-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  2. Verma. ?Hot jodis that fizzle!“ . Rediff.com (2004-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.

Tashqi havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]