한국   대만   중국   일본 
Ziyoriylar sulolasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ziyoriylar sulolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ziyoriylar ? Eronda hukmronlik qilgan sulola ( 928 ? 1042 ). Asoschisi qad. aslzodalar avlodidan bo?lgan Mardovij ibn Ziyor (928? 935 ). U somoniylar lashkar boshisi Asfar isyonidan foydalanib, Tabariston , Jurjonni ishg?ol qilgan va mustaqil Z. davlatini tuzgan. Keyinchalik Isfahon , Hamadonni egallagan, 928? 931 yillarda Z. davlatining chegarasi Mesopotamiyadagi Xulvon sh.gacha kengaygan. Mardovij abbosiylar vassal i hisoblanardi. Uning vafotidan so?ng Z.ga qarashli hudud bo?linib ketgan. Mardovijning ukasi Vashmgir (Vushmgir) davrida (935? 967 ) Z. ixtiyorida faqat Kaspiy bo?yi yerlarigina qolgan, bu vaqtda ular somoniylarga tobe bo?lgan. Z. buvayhiylar bilan somoniylar o?rtasidagi Shim. Eron uchun bo?lgan kurashda muhim rol o?ynagan. 11-asr boshlarida Z. g?aznaviylarga bo?ysungan. 1041 y. saljuklar Jurjon va Tabaristonni bosib olgach, Z.ning so?nggi shohi Kaykovus G?aznaga qochgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil