Zaharlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zaharlar ? organizmga ta?sir etganda uning hayot faoliyatini buzib, hayotni xavf ostida qoldiradigan moddalar. Tirik organizmga ta?sir ko?rsatadigan barcha moddalar, jumladan dorilar ham yuqori konsentratsiya va dozada ma?lum darajada uni zaharlaydi (qarang Zaharlanish ). Z.ning organizmga ta?sir etish kuchi ularning kimyoviy tuzilishi va fizikkimyoviy xossalariga bog?liq bo?lishidan tashqari, shu tirik organizm to?qimalari va hujayralarining xususiyatlariga ham bogliq. 3. organizm hujayralari bilan to?qimalarining tarkibiga kirgan va to?qimalardagi almashinuvda qatnashadigan moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ta?sir etadi. Hujayra protoplazmasining oqsil strukturasini yemiradigan moddalar (mas, kuchli kislota va ishqorlar, yuqori konsentratsiyali tuzlar) hech istisnosiz barcha tirik hujayralarni harob qiladi. Moddalar almashinuvini bir maromda ta?minlovchi ferment sistemalarni bog?laydigan yoki yemiradigan 3. xavfliroqdir. 3. o?simlik, hayvon, mineral va kimyoviy sintez mahsulotlariga bo?linadi. Ba?zan jonivorlar (ilonlar va bo?g?imoyoqlilar?ari, asalari, qoraqurt, chayon va h. k.) Z.ning aksarisi oqsil strukturalidir. O?simlik Z.iga, asosan, alkaloidlar kiradi, ulardan akonitin (parpi), muskarin (muxomor), nikotin (tamaki barglari), anabazin (itsigek), atropin (belladonna), fizostigmin (kalabar dukkagi) ko?proq zaharli. Ba?zi o?simlik glikozidlari, ayniqsa yurakka ta?sir etadigan glikozidlar, mas, digitoksin (digitalis glikozidi), strofantin va b. ham yuqori konsentratsiyada zaharlidir. Patogen mikroorganizmlar chiqaradigan va kasallikka sabab bo?ladigan toksinlar ham 3. hisoblanadi. 3. odam va hayvon organizmiga turli yo?llar bilan, asosan, hazm va nafas a?zolari, qisman teri orqali kiradi. Turmushda zaharlanishga sabab bo?ladigan Z.ning aksarisi organizmga ovqat bilan kiradi. Bunday Z.ga mikroblarning faoliyati natijasida hosil bo?ladigan botulotoksinkolbasa zahari (qarang Botulizm ), zaharli zamburug?lar, zaharli o?simliklar (bangidevona, belladonna) mevalari va tugunaklarida uchraydigan moddalar kiradi, Zaharli o?simliklar goho yaylovdagi mollarning zaharlanishiga sabab bo?ladi. Yonilg?i gazlarning chala yonish jarayonida hosil bo?ladigan is gazi xavfli zaharli gaz hisoblanadi. Kasbga alokador 3., ya?ni sanoatda va qishloq xo?jaligida ishlatiladigan zararli kimyoviy moddalar ham bor. Sanoatdagi zaharli moddalarga qo?rg?oshin, simob, mis, margumush birikmalari, anilin, benzol, vodorod sulfid va b. ko?pgina uchuvchan organik moddalar; qishloq xo?jaligida ishlatiladigan zaharli moddalarga gerbitsidlar, defoliantlar, pestitsidlar va b. kiradi. Organizmning hayot faoliyatida ishlanib chiqadigan, ammo kasallik natijasida organizmdan chiqib ketmaydigan moddalar (mas, uremiyada azotli tashlandilar) ham Z.dir. 3. organizmdan buyraklar, ichak, o?pka orqali, ba?zilari esa qisman ter, sut bilan chiqib ketadi.

Aziza Erkaxo?jayeva. [1]

Zaharlarni o?rganuvchi fanlar qatoriga toksikologiya va toksikologik kimyo fanlarini kiritish mumkin.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil