한국   대만   중국   일본 
Yunonlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Yunonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yunonlar (o?zlarini hellenes deb ataydilar) ? xalq, Yunoniston va Kiprning asosiy aholisi. Umumiy soni 12,5 mln. kishi (1990-yillar o?rtalari). Jumladan Yunoninstanda 9,7 mln. kishi, Kiprda 570 ming kishi, AQShda 550 ming kishi, Olmoniyada 300 ming kishi, Kanadada 150 ming kishi, Rossiya Federatsiyasida 92 ming kishi va boshqa Yunon (yangi yunon) tilida so?zlashadi. Dindorlari ? asosan pravoslavlar. Yevropeoid irqiga mansub.

G. ko?p ayerlik tarixga ega xalq (qarang Yunoniston ). Qad. yunon elati mil. av. 2-ming yillikning boshlarida Bolqon yarim orolga qad. grek qabilalari ? axeylar va ioniylar, mil. av. 12-asrda esa ? doriylar ko?chib kelib, mahalliy tub aholi (pelasglar va boshqalar) bilan qo?shilib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Yunon kolonizatsiyasi davrida (mil. av. 8?6-asrlar) ular o?zlarini "ellinlar" deb atay boshlaganlar. O?rta asrlarda ellinlar negizida va valaxlar, slavyanlar (6?7-asrlar), albanlar (13?15-asrlar) ishtirokida yangi yunon xalqi shakllandi. G. dehqonchilikda asosan uzum, tamaki, zaytun, sitrus mevalari, g?allachilik, tog?lik tumanlarda chorvachilik, dengiz bo?ylarida baliqchilik bilan shug?ullanadilar. Kustar hunarmandchilik (gilam to?qish, zardo?zlik, yog?och o?ymakorligi, kulolchilik) rivojlangan. G.ning katta qismi sanoat, savdo va transportda band. G.ning tarixi, iqtisodi va madaniyati haqida Yunoninstan maqolasiga qarang.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil