Yozuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yozuv deb tilning matn orqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimi deb nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat bo?ladi. [1] Yozuv rasm yoki magnitli audioyozuv kabi matnmas ifodalovchi yoki til saqlovchi vositalardan farqlanadi.

Yozuv va peroli ruchka .

Yozuv ? muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o?rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yo.? kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom ma?nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yo. tildan ancha keyin paydo bo?lgan (tovush tili 400?500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yo.ning paydo bo?lganiga esa 4?5 ming yillar bo?lgan). Og?zaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati Yo.ning paydo bo?lishiga olib kelgan. Ogzaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to?lqinlari yetib borishi mumkin bo?lgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshka sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo?lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat Yo. dunyoga kelgan. Yo.ning paydo bo?lishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning o?zaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik harakterdagi axborotlarni qayd etish, sakdash zaruriyati bilan bevosita bog?liq. Xalklarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; i.ch. va savdo kengayadi; boshqa xalklar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va b. shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo bo?ladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli ko?rinishlari shakllanadi; xalqlarning o?z tarixini bilishga bo?lgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat og?zaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda Yo. zaruriyatga aylanadi. Yo. og?zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo?shimcha aloqa vositasi bo?lsada, unga qaraganda ko?p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi ? kishilar o?rtasidagi aloqani ta?minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi Yo. siz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham Yo.siz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo?lga kiritgan tajribabilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita Yo. orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so?z san?ati durdonalari va b. qimmatli axborotlarning barchabarchasi avlodlardan avlodlarga Yo. orqali yetib boradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bog?liq bo?lsa, Yo. ham shunchalik bog?liqdir. Dastlabki qarashlarda Yo.ning kelib chiqishini ilohiyotga bog?lash uchraydi. Bu aslida Yo.ning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sig?dira olmaslik, Yo. magiyasi ("Yozuv sehrli qudratga ega" degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan jo?n tasavvurlar mahsulidir. Yo. kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo bo?lib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzok va murakkab tadrijiy taraqqiyot yo?lini bosib o?tgan. Inson akli Yo.day mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qad. davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk ko?rinishlari edi. Mas, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chig?anoklardan foydalanilgan, tayoklar, daraxtlarga har xil iplar bog?lash, tugunlar tugib qo?yish va b. vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki bir xabarni uzok, masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va sh.k. qo?llangan. Xabarni uzok, vaqt saqlash uchun ramziy ma?no berilgan buyumlardan foydalanilgan: qo?rg?on ? marhum ko?milgan joy belgisi; slavyan qabilalarida nontuz ? do?stlik belgisi; trubka ? tinchlik, sulh belgisi va b. "Buyumli yozuv" nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlari hozirda ham ba?zan saqlangan. Mas, biror fikrni esdan chiqarib qo?ymaslik uchun ro?molchaning uchini tugib qo?yish odatini yodga olish mumkin. Rasmli Yo. (piktografiya) Yo. yaratish yo?lidagi birinchi qadam bo?lgan. Rasm bilan Yo. o?rtasida uzviy bog?liqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham ko?rish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san?at ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda ko?p ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi ma?lumotlari ma?lum. Toshlarga, suyaklarga, g?or devorlariga o?yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar ? bularning bari piktografik Yo.ning asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy san?at ikki yo?nalishda ? umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, ya?ni Yo. sifatida shakllana borgan. Buni dunyo tillarining juda ko?pchiligidagi "yozmoq" ma?nosidagi so?zlarning etimologiyasiga e?tibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday so?zlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan boglits holda namoyon bo?ladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda "yozmok," tushunchasi "bit(i)moq" fe?li ("bitik" ? yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu fe?lning o?zagi xitoycha "bi" (mo?yqalam) so?zi bilan aloqador bo?lib, dastlabki ma?nosi "o?ymoq, o?yib bezamoq", undan keyin "yozmoq" demakdir. Slavyan tillardagi "pisati" (rus. "pisat" ? "yozmok,") fe?lining ma?nosi ham dastlab mo?yqalamda rasm chizish bilan bog?liq bo?lgan (rus. "jivopis" ? rangtasvir so?zi bilan qiyoslang). Bu fe?lning o?zagi lot. "pingere" (rasm solmoq) so?zi bilan aloqadordir, "pisati" fe?lining dastlabki ma?nosi, ko?rinadiki, "rasm solmoq", "bezamok,"dan iborat bo?lgan. Gotcha "melian" (yozmoq) fe?lining dastlabki ma?nosi ham mo?yqalamda "rasm solmoq" bo?lib, bu fe?l hoz. nemis tilida "malen" shaklida va "rasm solmoq" ma?nosida qo?llanadi. Yunon tilidan ko?pgina tillarga o?tgan "grafika" so?zi ham etimologik jihatdan o?yish, tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Bu misollar Yo.ning rasm bilan benihoya bog?liq ekanligini yaqqol ko?rsatadi, Yo. jarayoni mexanikasini ham ochib beradi. Rasmlar yordamida muayyan fikraxborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qad. davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun qam rasmli Yo. (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha Yo.larning kelib chiqishi uchun asos bo?lgan deyish mumkin. Piktografiyaning og?zaki til bilan bog?liq bo?lmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini ta?min etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yo?l qo?ygan, abstrakt tushunchalarni bunday Yo. orqali ifodalash deyarli mumkin bo?lmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga bo?lgan ehtiyoj kuchayib borgan sari piktografik Yo.ning ojiz tomonlari ko?proq ko?zga tashlana boshlagan. Bu hol piktografik Yo.ning taraqqiyotiga, ideografik va iyeroglifik Yo.ning shakllanishiga olib kelgan. Rasmlarning soddalashuvi, ularning o?zlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va astasekin bu ramzlarning og?zaki til bilan doimiy bog?lanishi Yo.ning takomillashib borishini belgilab beradi. Yo. belgilari ideografik, iyeroglifik belgilar sifatida muayyan so?zlarning ifodachilariga aylanadi, bu Yo. "so?z yozuvi" yoki "logografik yozuv" nomi bilan umumlashtiriladi. Eng qad. logografik Yo. tizimlari (misr iyeroglifikasi, shumer mixxatlari, xitoy iyeroglifikasi va b.) mil. av. 4ming yillikning oxiridan mil. av. 2ming yilliklarning boshlarigacha bo?lgan davrda shakllangan. Haqiqiy ma?nodagi Yo. tizimlari dastlab Qad. Sharkda vujudga kelgan. Yo.ning keyingi taraqqiyot bosqichi bo?g?in Yo.i bo?lib, u mil. av. 2ming yilliklarning o?rtalarida paydo bo?lgan. Tildagi suzlar soniga qaraganda bo?g?inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo?g?in Yo.i logografik Yo.ga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish kuradi. Masalan, devanagari (xind) Yo. bo?g?in Yo.idir. Harftovush Yo.ining shakllanishi butun Yo. taraqqiyoti tarixida inqilob bo?lgan. Bu yo?nalishdagi ilk Yo. finikiy yezuvadir. Finikiy alifbosining paydo bo?lishi insoniyat uchun Yo.ni takomillashtirish borasida olg?a qo?yilgan qadam bo?lgan. Birinchi marta sof tovush Yo.i, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi Yo.ni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon mil. av. 9-asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo?lgan qo?shni xalklar mazkur Yo. bilan tanishib, tez orada uni o?z tillariga moslashtirib olganlar. Hoz. kunda bizga ma?lum bo?lgan harftovush tizimidagi Yo.larning 4/5 qismidan ko?prog?i finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Nutqni eng kichik bo?laklarga ? tovushlarga ajratib tasavvur qilish, idrok etish dastlabki paytlarda u qadar oson ish bo?lmaganligi sababli harf-tovush Yo. i yoki alifboli Yo.ning paydo bo?lishi jarayoni uzoqdavom etdi. Bunda inson dastlab nutqni so?zlarga, keyin bo?g?inlarga, undan keyin esa tovushlarga ajratib tasavvur qila olishday behad murakkab va uzoq yo?lni bosib o?tgan. Tildagi tovushlarni alohidaalohida idrok qilish tovush Yo.ning ibtidosidir. Harftovush Yo.ning muhim afzalligi uning kam miqdordagi, ya?ni 20?30 atrofidagi belgilar bngina ish ko?ra olishidir. Harf-tovush Yo.i dunyo xalklari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon, asosan, o?zlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda moslashtirish yuli bilan bo?lgan. O?rta Osiyodagi xalklar, jumladan, o?zbek xalqi turli Yo.lardan foydalanib kelgan. Bu Yo.lar avesto, paxlaviy, urxunenisey (runik), turkiy (uyg?ur), so?g?d, arab, Kirill, lotin Yo.laridir. Yo. bilan til o?zaro chambarchas bog?liq. Biror tilni shu tilning Yo.ini o?rganmasdan, yoki aksincha, biror Yo.ni shu Yo. tegishli bo?lgan tilni bilmasdan o?rganish mumkin emas. Ammo Yo. og?zaki til (nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Zotan, Yo. shunday xususiyatga ega bo?lganda, imlo kridalariga, talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan bo?lardi. Yuksak takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni ifodalashi, bir tovush muayyan bir harf bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda bunday alifbo yo?q. Ana shunday ma?nodagi alifboga fin alifbosi birmuncha yaqinlashadi, lekin baribir to?liq emas. Hoz. ingliz, fransuz va b. tillar alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shu holat dunyo tillarining barchasida xilma-xil va juda ko?plab grafik va imlo qoidalarining ishlab chiqilishiga sabab bo?lgan. Yo. bilan til o?rtasida, alifbo va tilning tovush tizimi o?rtasida bunday farqli holatlarni yuzaga keltirgan sabablar xilma-xil. Avvalo, dunyodagi hozirda mavjud alifbolarning deyarli hammasi ham mustaqil va tegishli til xususiyatlarini to?liq hisobga olgan holda yaratilgan emas. Ko?pchilik xalklar o?z Yo.larini boshqa til Yo.ini o?z tillariga imkoniyat darajasida moslashtirish yo?li bilan yaratganlar. Bu hol Yo. va til munosabatlarida o?z izini qoldirgan. Ayni paytda Yo. va tilning taraqqiyoti bir xil, birbiri bilan to?la moye keladigan jarayon emas. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir o?zgartirish kirita olmaydilar. Tildagi u yoki bu o?zgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yo. haqida esa bunday deb bo?lmaydi. Odamlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun Yo.ga turli uzgartishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir Yo. tizimini boshqasi bilan almashtiradilar va h.k. Masalan, o?zbek xalqi necha yillar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan, 1923?26-yillarda bu Yo.ni o?zbek tili tovush qurilishini to?laroq ifodalashga moslashtirish maqsadida bir qator harfiy o?zgartirishlar kiritilgan. O?zbekistonda 1929-yildan lotin Yo.i asosidagi o?zbek alifbosiga utilgan, 1940-yildan esa Kirill Yo.i joriy etilgan. O?zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2 sentabrda "Lotin yozuviga asoslangan o?zbek alifbosini joriy etish tug?risida"gi qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi xaqidagi O?zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga O?zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6 mayda o?zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko?ra lotin Yo.iga asoslangan yangi o?zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qo?shilmasidan iborat. Yangi alifboga to?la o?tish 1996-yildan boshlanib, 2005-yilda tugallanishi belgilangan. Yo. taraqqiyoti tilning tabiiy tarak,qiyotidan ancha orqada yurganligi uchun muayyan so?z yoki so?z shaklining yozilishi bilan talaffuzi aynan moye kelavermaydi. Bu tabiiy va qonuniy hol bo?lib, Yo. va og?zaki nutq o?rtasidagi bunday nomuvofiqliklarni imlo qoidalari tartibga solib turadi. Dunyodagi alifbolarning hammasida ham harflar soni tegishli tildagi tovushlar (fonemalar) sonidan sezilarli darajada kam. Tabiiyki, bu hol Yo.ni o?zlashtirishni osonlashtiradi. Shuning uchun ham alifbolardagi asosiy tamoyil undagi harflar sonini kupaytirish emas. Alifbo Yo.ning asosini tashkil etadi. Tinish belgilari va b. yozma belgilar ham Yo.ning unsurlari hisoblanadi.

Yozuv qadimgi madaniyatlarning siyosiy kengayishi natijasida kelib chiqqan axborot uzatish, moliyaviy hisob-kitob va tarixiy qaydlar olib borishga ehtiyoj tug?ilganida paydo bo?lgan, deb taxmin etiladi. Eramizdan avvalgi 4-ming yillikka kelib Mesopotamiyada savdo va ma?muriyat murakkabligi odam xotirasi uchun haddan tashqari kattalashdi va yozuv qaydlar olib borish va saqlash uchun ishonchli usulga aylandi. [2] Qadimgi Misr va Mezoamerikada yozuv ehtimol taqvimlash va tarixiy hamda ekologik hodisalar qaydini olib borish orqali rivojlangan. Xitoyda topilgan eng qadimgi yozuv namunasi esa qirollik mahkamasidagi folbinlik amaliyotini ta?riflaydi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Fridrix I., Istoriya pisma, M., 1979; Gelb I. Ye., Opit izucheniya pisma. Osnovi grammatologii, M., 1982; Istrin V. A., Vozniknoveniye i razvitiye pisma, M., 1965; Maxmudov N., Yozuv tarixidan qisqacha lug?atma?lumotnoma, T., 1990. Nizomiddin Mahmudov. [3]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Peter T. Daniels, "The Study of Writing Systems", in The World?s Writing Systems , ed. Bright and Daniels, p. 3
  2. Robinson, Andrew "The Origins of Writing" in David Crowley and Paul Heyer (eds) Communication in History: Technology, Culture, Society (Allyn and Bacon, 2003).
  3. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil