한국   대만   중국   일본 
Yod - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Yod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yod / Iodum (I)
Atom raqami 53
Ko?rinishi Yod
Atom xossasi
Atom massasi
( molyar massasi )
126,90447 m. a. b. ( g / mol )
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1 008,3 (10,45) kJ / mol ( eV )
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d 10 5s 2 5p 5
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 133 pm
Ion radiusi (+7e) 50 (-1e) 220 pm
Elektrmanfiylik
(poling bo?yicha)
2,66
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 7, 5, 1, ?1
Termodinamik xossalari
Zichlik 4,93 g / sm ³
Solishtirma issiqlik sig?imi 0,427 (I-I) J /( K ·mol )
Issiqlik o?tkazuvchanlik (0,45) Vt /( m ·K )
Erish harorati 386,7 K
Erish issiqligi 15,52 (I-I) kJ / mol
Qaynash harorati 457,5 K
Qaynash issiqligi 41,95 (I-I) kJ / mol
Molyar hajm 25,7 sm ³/ mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi ortorombik
Panjara davri 7,720 A
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K
53
Yod
I
126,9045
4d 10 5s 2 5p 5

Yod , iod (lot. Iodum, yun. iodis ? binafsha rangli), I ? Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami ?53, atom massasi 126,9045. 1811 yilda fransuz kimyogari Yod Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod atom massasi 127 ga teng bo?lgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi ? ? 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi ?3,08 eV. Poling bo?yicha elektromanfiyligi 2,5; at. radiusi 0,136 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion soni keltirilgan) I-?0,206 nm (6), 15+?0,058 nm (3), 0,109 nm (6), G+-0,056 nm (4), 0,067 nm (6).

Yodtarqoq element, minerallaridan ? yodargarit Agl, lautarit Sa(YU3)2 lar tarkibida, magma va cho?kma tog? jinsida uchraydi. Yod tog? jinslaridan suv ta?sirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yig?iladi. Masalan, suv o?tlarida (ularning kulida) Yod miqdori 0,5% gacha bo?ladi. Yod ning asosiy manbai okean suvlaridir (1l suvda o?rtacha 5-10~5 g). Yod organik moddalarda oson yig?iladi. Sanoat miqyosida Yod neft va gaz konlaridan ular bilan birga chiqadigan yo?lakay suvlar va yer osti issiq sho?r suvlari (0,01?0,1 kg/m3), selitra qat-lamlaridan (1% gacha) olinadi. Suyuqlanish temperaturasi 113,5°, qaynash temperaturasi 184,35°; qattiq Yod ning zichligi 4,94 g/sm3, suyuq Yodniki 3,96 g/sm3.

Ammiakning suvdagi eritmasi bilan portlovchi modda ? azot yodid Nl3 hosil qiladi.

Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yo?lakay suvlar, yer osti issiq sho?r suvlari, dengiz suvo?tlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Yod, asosan, 3 usulda olinadi: 1) sorbent va ionitlarni boyitib; 2) yodli suv o?tlarini kuydirib; 3) havo yordamida ajratish va yutilish (Mas, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari.

O?zbekistonda Yod tarkibida 15?40"’/l Yod bo?lgan neft quduklari va yer osti sho?r suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qo?llab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yod li suvlarni kislotali (H2SO4 yoki NS1) sharoitda (rN=2,5+3,5) oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va b. ishtirokida Yod birikmalarining suv tomchilariga (60?75°da) bosim ostida xavo yuborib, Yod havoga erkin holda o?tkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kis-lotasi ham o?tadi.

Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (Mas, 20?25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi.

Yod ga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (Mas, Cl2, NaNO2, K2Crj07 va h.k.) ishtirokida elemen-tar Yod (Yod pastasi) ajratib olinadi.

Neft bilan birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq sho?r suvlaridan olingan Yod tarkibida qisman organik birikmalar ham bo?lganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125?140° da) konsentrlangan H2SO4 bilan tozalanadi.

Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar Yod? olish uchun eritmaga SO2 bilan ishlov beriladi.

Suv o?tlarida Yod juda oz miqdorda bo?lganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga o?tkazib, eritmaga oksidlovchilar ta?sir ettiriladi.

Yod va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qo?llaniladi. Yod eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega bo?lib, uni shi-kastlangan terini davolashda, Yod ning kaliy va natriyli tuzlari Yod yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda, Mas, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda qo?llaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini iste?mol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Farg?ona vodiysida yo?lga qo?yilgan. Kristall holdagi Yod dan kaliy yodid olinadi. Xo?jaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi.

Yod anorganik (YodI, KYU3 va h.k.) va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiatsion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), o?ta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilg?ilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega bo?lgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizatsiya markazini hosil qilishda qo?llaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% Yod bug?i qo?shilsa, portlash xossasi yo?qoladi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Potayenko Yod Yod, Eshonxo?jayev Yod, O?zbekiston Respublikasi fan va texnika komiteti byulleteni, 1999 y., №1.; Ksenzenko Yod Yod, Stasinevich Yod S, Ximiya i texnologiya broma, yoda i ix soyedineniy, Yod, 1979.

Said Eshonxo?jayev. [1]

Yod - unsurlar davriy jadvalining 53 unsuri, galogen .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil