한국   대만   중국   일본 
Yevgeniy Sklyarevskiy - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Yevgeniy Sklyarevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiy
ruscha : Евгений Семенович Скляревский
Tavalludi 20-oktyabr 1956-yil ( 1956-10-20 ) (67 yosh)
Fuqaroligi   O?zbekiston

Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiy ( ruscha : Евгений Семенович Скляревский ; 20-oktabr , 1956-yil ; Toshkent , O?zbekiston SSR , SSSR ) ? o?zbekistonlik taniqli jurnalist va bloger . O?zbekistonning eng taniqli blogerlaridan biri. Qator internet loyihalar muallifi.

Yevgeniy Sklyarevskiy 1973-1978-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 20 yil davomida aviatsiya zavodida murakkab detallar ishlash bo?yicha texnolog-hisobchi bo?lib faoliyat yuritgan. Keyinroq 5 yil davomida O?zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining ?Maxsus avariya ? tiklash boshqarmasida“ (MATB) buxgalteriya, mulk hisobchisi va saytida faoliyat yuritdi. 2003-yilning oktabr oyidan Uzdunrobitada sistema va informatsion texnologiyalar xizmatida mutaxassis lavozimida, 2004-yilning avgustidan ?Infocom.uz“ jurnalida faoliyat yuritishni boshlagan [1] .

1998-yildan kompyuterlar haqidagi turli jurnallarda, jumladan O?zbekistonning ?Kompyutel“, ?Infocom.uz“, Rossiyaning ?Hard’n?Soft“, ?Kompyuterra“ va ?Domashniy kompyuter“ jurnallarida maqolalari chop etila boshlagan [1] .

2000-yildan ?Arbuz ? zanimatelniy mir“ loyihasini olib boradi. 2005-yilda ?Domen-uz“ loyihasi bilan ?ROTOR“da ?Yil tadqiqotchisi“ nominatsiyasida uchinchi o?rinni, 2006-yilda esa ikkinchi o?rinni egallagan [1] .

Yevgeniy Sklyarevskiy shuningdek qator internet loyihalar muallifi. Ushbu loyihalar: ?Provayderi Tashkenta“, ?Izumrudniy gorod“, ?Chistaya lenta novostey“, ?Barbaris“, Blog ?Arbuzniy“, ?Pisma o Tashkente“, ?Tsellofan Uzneta“, ?Domen-uz“, ?Informatsionniy bum“, Studiya ?ETYuD“, ?Moya sitoembriologiya“, ?Xlopkovodstvo“ [1] .

Sklyarevskiy Vikipediyada ishtirok etmasada, ushbu loyihaga katta qiziqish bilan qaraydi [2] . U Vikipediyani, xususan o?zbekcha Vikipediyani tahrir qilishga va uni to?ldiriga undab keladi. Ushbu fikrlarning birida U: "O?zbekcha Vikipediya hozir Vikipediya bo?limlari ichida 95-o?rinni band etib turibdi va bizdan yuqori o?rinlarni umuman hech kim bilmaydigan ?yovvoyi“ tillar egallagan" deb aytgan edi [3] [4] . Bir necha marotaba ba?zi O?zbekistonlik vikipediyachilardan radiointervyular olgan [5] [6] . Yevgeniy Sklyarevskiy 2007-yilda o?zbekcha Vikipediyaning ilk majlisida jurnalist sifatida qatnashgan edi [7] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 ezhe.ru: Sklyarevskiy Yevgeniy Semenovich
  2. Yevgeniy Sklyarevskiy: Vikipediya ? glavniy proekt Interneta, perevernuvshiy nashe predstavlenie ob informatsii
  3. Yevgeniy Sklyarevskiy: Uzbekskaya Vikipediya podrastaet
  4. Vchera russkoy Vikipedii ispolnilos 8 let. V svyazi s etim xotel eщe raz napomnit, chto uzbekskiy razdel zanimaet 95 mesto po kolichestvu statey i nas obgonyayut sovershenno ?dikie“ i neizvestnie nikomu narodi.
  5. Uradio: Александр Райков , 2016-04-25da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2016-04-15
  6. Uradio: Бехрузбек Очилов , 2016-04-25da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2016-04-15
  7. Vikimajlis 2007

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]