한국   대만   중국   일본 
Yelena Vonsovskaya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Yelena Vonsovskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yelena Vonsovskaya
Tavalludi 8-oktyabr 1858-yil
Vafoti 14-yanvar 1942-yil
Toshkent , O?zSSR , SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi skripkachi, pedagog

Yelena Nikolayevna Vonsovskaya ( 8-oktyabr 1858-yil , Vilna , Rossiya imperiyasi  ? 1942-yil 14-yanvar , Toshkent , O?zbekiston ) ? sovet skripkachisi, pedagog . Nikolay Lisenko skripka asarlarining birinchi ijrochisi. Nikolay Lisenko nomidagi musiqa va drama maktabining direktori va o?qituvchisi. Bastakor Anatoliy Butskiyning onasi.

Biografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yelena Nikolayevna 8-oktyabr 1858-yilda Vilna shahrida tavallud topgan. Uning otasi M. I. Vonsovskiy bastakor va pianinochi bo?lgan. To?qqiz yoshidan boshlab konsertlarda qatnasha boshlagan [1] . 1877-yilda Moskva konservatoriyasida F. Laub va I. Grjimalining skripka sinfi hamda P. Chaykovskiyning garmoniya sinfi imtiyozli diplom bilan tugatgan [2] [3] .

Vonsovskaya 1880?1904-yillarda Penza , Voronej , Kursk shaharlarida skripkadan dars bergan. 1904-yilda N. V. Lisenkoning Kiyevga tashrif buyurish taklifini qabul qilgan. 1904-yildan 1918-yilgacha Kiyevda N. Lisenko nomidagi musiqa va drama maktabida o?qituvchi va direktor (1912?1915) lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1918?1923-yillar oralig?ida Kiyev musiqa va drama institutida dars bergan. Talabalari orasida M. B. Polyakin, I. A. Lukashevskiy kabi mashhur musiqachilar bo?lgan [4] .

Vonsovskaya 1878-yildan Kiyev , Xarkov , Odessa va boshqa shaharlarda konsertlar bergan. U Ukrainaning musiqiy va madaniy hayotida faol ishtirok etgan. Boyan va Prosvita jamiyatlari konsertlarida ishtirok etgan. Bundan tashqari, Yelena 1908-yilda Kiyevda tashkil etilgan adabiy-badiiy jamoat tashkiloti bo?lgan ?Ukraina klubi“ hamda ?Rodina“ klubining konsertlarida ham qatnashgan.

Yelena 1928-yildan Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburg ) istiqomat qilgan.

Skripkachi Vonsovskaya umrining so?nggi yillarini Toshkent shahrida o?tkazgan va 1942-yil 14-yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Literaturnaya progulka po Voroneju / Oleg Lasunskiy. ? 2006. ? s. 82 (rus.)
  2. Ukrainske muzikoznavstvo, tom 19. ? Muzichna Ukra?na, 1984. ? s. 38
  3. ?https://www.musenc.ru/html/v/vonsovska8.html“ . Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
  4. ?Елена Вонсовская“ . Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.