한국   대만   중국   일본 
Yalpi milliy mahsulot - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Yalpi milliy mahsulot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yalpi milliy mahsulot (YaMM)- millliy xo?jaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste?molchilarga borib tushishi mumkin bo?lgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo?ladi.

YaMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baholaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to?ldiradi. Ya?ni YAMM xajmini hisoblab topishda zaxiralarning xar qanday o?sishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.

GNI PPP Per Capita

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to?gri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko?p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xo?jaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qo?shilgan qiymatlar yig?indisini olinadi.

Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) ? (YAMM yoki YAMD) mamlakatning ma?lum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko?rsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qat?i nazar) jami yig?indisini ko?rsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.

Hoz. zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar o?rtasida kapital harakatchanligi darajasi g?oyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning ba?zi aktivlari (korxonalar, ko?chmas mulklar, qimmatli qog?ozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning egaligida bo?ladi. Norezidentlar o?z mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga o?tkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqdori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YAMM hajmini to?g?ri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi o?z fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari o?rtasidagi farqni qo?shish kerak. Chet eldagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy bo?lsa YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan ko?p, aksincha holatda kam bo?ladi (qarang Milliy daromad , Yalpi ichki mahsulot ).