Yakov Zeldovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yakov Borisovich Zeldovich (1914.8. 3, Minsk  ? 1987) ? rus nazariyotchi fizigi, akademik (1958). Sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasigga qarashli Kimyo fizikasi institutida (1931?64), Amaliy matematika institutida (1964-yildan) ishlagan. Fizikaviy kimyo , yonish, detonatsiya va zarba to?lqinlarining zamonaviy nazariyasi yaratuvchilaridan biri. Yadro fizikasi , elementar zarralar fizikasi, astrofizika, hozirgi zamon relyativistik kosmologiyasiga oid asarlar muallifi. 1939-yilda uranning bo?linishidagi zanjir reaksiyasini birinchi bo?lib hisoblab chiqdi (Yu. B. Hariton bilan hamkorlikda). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil