한국   대만   중국   일본 
Xusrav II Parviz - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Xusrav II Parviz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xusrav II Parviz (aynan ? muzaffar, g?olib)(? ? 628) ? sosoniylar shahanshoxi ( 591 yildan). Hurmuzd IV ning o?g?li. Bahrom Cho?bin boshchiligidagi isyonkor zodagonlar 590 yil Hurmuzd IV ni taxtdan ag?darishgan. Biroq zodagonlarning boshqa bir guruhi X. II ni shahanshoh deb e?lon qilgan. X. II Bahromdan xavfsirab Vizantiyaga , imperator Mavrikiy huzuriga qochgan va 591 yil vizantiyalik va arman qo?shinlari yordamida Baxromni yenggan va taxtga chiqqan. 7-asr boshida Eronga Vizantiya imperiyasining sharqiy va jan. viloyatlarini qo?shib olgan. X. II ning harbiy yutuqlari bilan bir qatorda bosib olingan viloyatlar talontoroj etilgan, mamlakatda soliqdar miqsori ko?paygan, podsho saroyi uchun sarfxarajatlar oshgan. Shu bilan birga yangi saroylar qad. ko?targan.

X.P shoirlar , mashshoqlar, olimlarga homiylik qilgan. 7-asrning 20-yillarida Vizantiya xazarlar va turklar bilan ittifoq tuzib X. II ga qarshi chiqqan. Imperator Irakliyning Ktesifonga yurishidan so?ng X. II. zodagonlar tomonidan taxtdan tushirilib, qatl etilgan. Sharq xalklari og?zaki ijodi va yozma adabiyotida uning obrazi keng tarqalgan (qarang Xusrav ).