한국   대만   중국   일본 
O?zini o?ldirish - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

O?zini o?ldirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Xudkushlik dan yo?naltirildi)
Edouard Manet : O?zini o?ldirish , 1877

O?zini o?ldirish , xudkushlik yoki suitsid ( lotincha : sui caedere ) o?z hayotiga o?z ixtiyori bilan chek qo?yishdir.

O?zini o?ldirishlikka jamiyatning munosabati din , sha?n hamda hayot ma?nosi mavzulariga aloqador bo?lib kelgan. Aksar dinlar, masalan, Yahudiylik , Xristianlik , Islom , Buddizm , Hinduizm kabilar o?zini o?ldirishi qoralashadi va gunoh deb baholashadi; biroq ba?zi islomiy va xristian sektalar xudkush bomba hujumlarini oqlashadi, ularni bajarganlarga shahid statusini va?da etishadi. Yaponiyadagi samuraylar davrida esa o?zini o?ldirish o?z sha?nini himoya qilish maqsadida bajarilgan va ijobiy baholangan. Shuningdek urush vaqtida kamikazelik harbiy qahramonlik deya ko?rilgan.

O?zini o?ldirish jamiyatda hamon qattiq qoralanadi; biroq bedavo kasallikka chalingan bemorlarning tibbiy yordamni qabul qilmay qo?yish yoki evtanaziyani tanlash huquqi bahs ostidadir.

Zamonaviy tibbiyot odatda o?zini o?ldirishni ruhiy nosog?lomlikka yo?yadi va bunday kishilarga ruhiy yordam ko?rsatilishi zarur, deb hisoblaydi.

Dunyoda har yili millionga yaqin odam o?zini o?ldiradi, 10-20 millionta xudkushlikka omadsiz harakat bo?ladi. [1] Rossiyada har yili 60,000 [2] , AQShda taxminan 30,000 [3] , Yaponiyada 30,000 dan ziyod [4] va Xitoyda 250,000 nafar kishi xudkushlik oqibatida vafot etadi. [5]

Bir yilda bo?ladigan xudkushliklar miqdori (har 100,000 kishiga): [6]
O?rin Mamlakat Yil Erkaklar Ayollar Jami
1. Litva 2003 74.3 13.9 42.1
2. Rossiya 2002 69.3 11.9 38.7
3. Belarus 2003 63.3 10.3 35.1
4. Qozog?iston 2002 50.2 8.8 28.8
5. Sloveniya 2003 45.0 12.0 28.1
6. Vengriya 2003 44.9 12.0 27.7
7. Estoniya 2002 47.7 9.8 27.3
8. Ukraina 2002 46.7 8.4 26.1
9. Latviya 2003 45.0 9.7 26.0
10. Yaponiya 2002 35.2 12.8 23.8

Soxta o?zini o?ldirish [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ko?pincha o?zini o?ldirish qilmoqchi bo?lganlar o?lishni istashmaydi, ular faqatgina atrofdagilarning e?tiborini o?ziga qaratmoqchi, yoxud shantaj qilmoqchi bo?lishadi. Bunday kishilar odatda o?limga olib bormaydigan jarohatlar bilan o?zlariga shikast yetkazadilar (masalan, sirka kislotasi , uyqu dori ichish, ustara bilan bilak tomirlarini kesish) yoki namoyishkorona harakatlar qiladilir (masalan, baland inshootlar tomiga chiqib, odam yig?ilishini kutib, o?zini pastga tashlamoqchidek bo?lish). Lekin ba?zan bu harakatlar ehtiyotsizlik tufayli o?limga olib kelishi mumkin.

Boshqa tomondan, jiddiylikcha o?lmoqchi bo?lib, lekin tibbiyot va anatomiyadan bexabarligi tufayli o?lmay qoladigan odamlar ham bor; ularni soxta xudkushlikda ayblab bo?lmaydi.

O?zini o?ldirish sabablari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sabablar turlicha bo?lishi mumkin. Quyida ularga misollar keltirilgan:

O?zini o?ldirish usullari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Otashli qurollar qonuniy sotiladigan mamlakatlarda o?zini o?ldirishlar asosan shunday qurollar yordamida amalga oshiriladi. AQShdagi jami xudkushliklarning 55%'i shunday usul bilan sodir bo?lgan ( 2001 yilga ko?ra). [7] Shuningdek asfiksiya (o?zini osish, tabiiy gaz bilan bo?g?ilish) va zaharlanish ham ko?p qo?llaniladi. Boshqa usullar (baland imorat tomidan, derazalaridan sakrash, avtomobil ostiga yotish, ustara bilan kesish, cho?kish kabilar) nisbatan kam ishlatiladi.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. CIS: UN Body Takes On Rising Suicide Rates
  2. 60,000 people commit suicide in Russia annually , 2013-07-31da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2013-04-01
  3. Suicide, Facts
  4. Suicides in Japan top 30,000 for 9th straight year , 2007-06-09da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2007-06-09
  5. 250,000 Chinese Kill Themselves Annually: Official
  6. Jahon Sog?liqni Saqlash Tashkiloti, 2005 .
  7. http://www.preventsuicidenow.com/suicide-statistics.html
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda O?zini o?ldirish haqida sahifa mavjud.