Xloroform

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xloroform , trixlormetan, CHCl 3 ? o?tkir hidli, shirin ta?mli, rangsiz suyuklik. Suyuqlanish temperaturasi ?63,5°, qaynash temperaturasi 61,2°, zichligi 1148 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar (spirt, efir va boshqalar) bilan aralashadi. Yorug?likda havo kislorodi ta?sirida astasekin parchalanib fosgen, xlor, vodorod xlorid va chumoli kislota hosil qiladi. Xloroformni barqarorlashtirish uchun unga 1% li etil spirta qo?shiladi. Xloroform metan , atseton yoki spirtni xlorlab olinadi. Freonlar sintezida boshlang?ich xom ashyo hisoblanadi. Narkotik moddalar guruhiga mansub. Tibbiyotda narkoz, sanoatda erituvchi sifatida qo?llanadi.