Xarbin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarbin ? Xitoyning shim.sharqiy qismidagi shahar. Xeylunszyan provinsiyasining ma?muriy markazi. Aholisi 9,2 mln. kishi (1998). Sungari daryosining o?ng sohilida. Yirik temir yo?l chorrahasi, daryo porti. Aeroport bor. Mamlakatning muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Yetakchi sanoat tarmog?i ? mashinasozlik, xususan, elektrotexnika, elektroenergetika, transport, stanoksozlik, priborsozlik va boshqa Yog?ochsozlik, oziq-ovqat va to?qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. X.da 15 dan ortiq oliy o?quv yurti, muzey va teatrlar bor. Shaharga 1898-yilda Xitoy Sharqiy temir yo?lning qurilishi bilan asos solingan.